4- mаvzu. Iqtisodiy rivojlаnishning mezon vа koʼrsаtkichlаri reja: Iqtisodiy rivojlanishning mezon va koʼrsatkichlari Аholi turmush darajasi koʼrsatkichlari
Аholi turmush darajasi koʼrsatkichlari
Download 21.79 Kb.
|
2. Аholi turmush darajasi koʼrsatkichlari
Yuqorida keltirilgan turmush darajasi kontseptsiyasi inson faoliyatining alohida qirralarini harakterlaydi. Taʼkidlab oʼtilganidek, barcha klassifikatsiyalar oʼrtasida uzviyaloqa mavjud. Ular bir-birini toʼldiradi, ammo kompleks baholash uchun integral koʼrsatkichlar tizimi zarur. Xozirda asosi turlicha boʼlgan turmush darajasi kontseptsiyalarini aholining turmush darajasini (sifatini) har tomonlama harakterlab beradigan yagona koʼrsatkichga keltirish buyicha samarali usul yuq, biroq olimlar shunday usullarni ishlab chikish buyicha jiddiy ish olib bormokdalar. Аholining turmush darajasini ifodalash uchun jahondagi turli mamlakatlarda turlicha mezonlar qoʼllaniladi. Ular orasida minimal isteʼmol byudjeti, kambagʼalchilik, mutloq va nisbiy kambagʼalchilik koʼrsatkichlari keng foydalaniladi. Minimal isteʼmol byudjeti - shaxsning rivojlanishi uchun zarur boʼlgan maʼnaviy extiyojlar isteʼmolining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini taʼminlaydigan isteʼmol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymati. Kambagʼallik koʼrsatkichi aholining turmush darajasini baholash uchun foydalaniladigan mezonlardan biridir. Jahon amaliyotida kambagʼallik darajasini taʼriflashga yondashishda uchta asosiy kontseptsiya: mutloq, nisbiy va subʼektiv kambagʼallik kontseptsiyasidan foydalaniladi. Mutloqkambagʼallik kontseptsiyasi shaxs yoki oqilona minimal hayotiy extiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʼlgan daromadni taʼriflashga asoslanadi. Oʼzbekistonda insonning minimal extiyojlarini taʼriflash uchun shunday tirikchilik minimumi belgilanganki, uni hisoblab chikishda kaloriyalar, oksillar, yogʼlar va uglevodlar zaruriy isteʼmolining fiziologik meʼyorlaridan foydalaniladi. Nisbiy kambagʼallik kontseptsiyasi asosiy mezon sifatida insonning minimal extiyojlaridan emas, balki uning farovonligi koʼrsatkichlarining u yoki bu mamlakatda ustunroq keluvchi moddiy taʼminlanganlik darajasi bilan boʼladigannisbatidan foydalanadi. Bunday yondashishda daromadlari mamlakat buyicha oʼrtacha daromadning muayyan ulushidan oshmaydiganlar kambagʼalhisoblanadi. 11. Daromadlar va sarf- harajatlar Keyingi vaqtlarda chet eldagi tadqiqotlarda nisbiy kambagʼallikni taʼriflashning boshqa uslubiyatidan xam keng foydalanilmokda, u insonning boshdan kechirayotgan, umumqabul qilingan turmush tarzi olib borish imkonini bermaydigan yetishmovchiliklar ruyxatini oʼz ichiga oladi. Kambagʼallikning subʼektiv kontseptsiyasi ijtimoiy maqbul turmush darajasi uchun zarur boʼlgan resurslarni subʼektiv taʼriflashga asoslangan. Turmush darajasini ifodalash uchun mutloq va nisbiy qashshoklikkoʼrsatkichlaridan xam foydalaniladi. Mutloqqashshoklik- daromadlarning umuman yuqligi yoki shaxsning (oilaning) minimal turmush extiyojlarini kondirish uchun zarur daromadning yuqligidir. Mutloqqashshoklikkoʼprok daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi. Nisbiy qashshoklikni Oʼzbekiston sharoitida yashash minimumi byudjetidan kam boʼlgan daromadlar mikdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu koʼrsatkich mamlakat buyicha oʼrtacha daromadlarning 40-60 foizidan kam boʼlgan daromadlarga nisbatan qoʼllaniladi. Аholining quyidagitoʼrtta turmush darajasini ajratib koʼrsatish mumkin: -toʼq turmush darajasi - insonning har tomonlama kamol topishini taʼminlaydigan neʼmatlardan foydalanish; -normal daraja - insonning jismoniy va aqliy kuch-kuvvatini toʼla tiklash uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydigan ilmiy asoslangan meʼyorlar buyicha oqilona isteʼmol qilish; -kambagʼallik - mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning kuyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida neʼmatlarni isteʼmol qilish; -Qashshoqlik - isteʼmol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan neʼmatlar va xizmatlarning biologik mezonlar buyicha yoʼl kuyiladigan minimal turlarini isteʼmol qilish. Isteʼmol byudjetlari turmush darajasi indeksi va dinamikasini meʼyoriy tahliliy baholash, bashoratlash va tartibga solish hamda daromadlar sohasida asoslangan siyosat ishlab chikishning muhim vositasidir. 4.3. Oʼzbekistonda oʼtgan yildagi asosiy makroIqtisodiykoʼrsatkichlar buyicha yuqorioʼsish surʼatlarining taʼminlanishi. Iqtisodiyimiz tarkibidagi chuquroʼzgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport xajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy oʼzgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi. Maʼlumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish buyicha oʼz oldimizga katta maqsadlar kuyganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega boʼlgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yoʼlida oxirgi yillarda biz koʼpgina tajribalarga ega boʼlmoqdamiz. Buning amaliy tasdigʼini «Navoiy» va «Аngren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida koʼrish mumkin. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiyzonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod boʼlgan 19 ta investitsiya loyixasi buyicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, Yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suvisitish qozonlari, mobilь va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishyoʼlga quyildi. «Аngren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar boʼlgan 5 ta loyixa asosida energiyani tejaydigan diodli yorugʼlik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, koʼmir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarishyoʼlga quyildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish buyicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi. Аini shu yoʼnalishda tuplangan tajribani hisobga olib, oʼtgan yilning mart oyida Jizzax viloyatida «Jizzax» maxsus industrial zonasi tashkil etilgani sizlarga yaxshi maʼlum. Sirdaryo viloyatida bu zonaning filiali faoliyat koʼrsatishi koʼzda toʼtilgan. Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish buyicha faol ishlar olib borilmoqda. Download 21.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling