4- mavzu: Masofaviy ochiq ta’lim tizim reja


O’zbekistonda masofaviy ta’limni rivojlanishi


Download 49.97 Kb.
bet5/8
Sana14.04.2023
Hajmi49.97 Kb.
#1356983
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-amaliyot

O’zbekistonda masofaviy ta’limni rivojlanishi.
O ‘zbekiston boshka mustakil davlat xamdustligi mamlakatlariga uxshab uzining ta’lim soxasini jaxon standarlariga olib kelishda kup xarakatlar kilmokda. Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoklashgan regionlar mavjudligi elektron ta’limni rivojlanishiga asosiy sabab bulib, unga katta axamiyat berilishiga olib kelmokda. Xozirgi moliyaviy tankislik davrida, ta’limning bu turidan keng mikyosda foydalanish lozim. Mazkur ta’lim turini joriy kilish bilan boglik ayrim muammolarning kelib chikishi tabiiy. Bular asosan mablaglar, texnika ta’minoti va shu soxada malakali muxandis xamda pedagog kadrlar yetishmovchiligi, lekin biz shu muammolarni imkoniyat darajasida xal kilishimiz zarur chunki, Uzbekiston sharoitida masofaviy ta’limni tashkil kilinish katta samara berishi anik.
Xozirgi kunda ta’lim va ishlab chikarish soxasini kompterlashtirish va shu soxalarda informasion texnologiyalarni rivojlantirish xakida kuplab prezidentimiz farmonlari va Oliy majlis karorlari chikarilgan. Natijada oxirgi besh yil ichida Respublikasizda kuplab ibratli ishlar kilindi. Masalan 2002 yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti tashkil kilinib, shu yildan boshlab bu universitet kompyuter va kommunikasiyalar, radiotelefon va axborot tarmoklari, dasturiy ta’minot va elektron kommersiya soxasiga zarur bulgan mutaxasislarni tayyorlanmokda. Ushbu va boshka oliy ta’lim muassasalari tomonidan kuplab ta’lim soxasiga tegishli yangi dasturlar va elektron kitoblar yaratilmokda.
Shu bilan birga uzbek tilidagi Internetni rivojlanishi va undagi ta’lim soxasiga tegishli maxsus saytlarini paydo bulishini xam aytish lozim deb xisoblaymiz. 2004 yilning birinchi kvartalning uzida Internet foydalanuvchilar soni taxminan 511 000 ga yetdi (2003 yil boshida 275 000 ta). Shu bilan birga 2003 yil boshiga nisbatdan internet provayder va operatorlar soni 263 (usish 94,8%), UZ zonadagi vebsaytlar soni esa 2600 dan oshdi (usish 188,4%), Internetga boglangan davlat korxonalar soni 470 (usish 63,6%), xujalik subyetlar soni 8600 (usish 68,9%), internetdan ommaviy foydalanish punktlar soni 228 (usish 115,1%) ga teng buldi.
IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil kilingan va 2002 yildan faoliyat kursatib kelgan "Masofaviy ta’lim portali" (http://dl.freenet.uz) yoki kuplab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan uzlarining veb saxifalarida tashkil kilingan "Masofaviy ta’lim kurslari"ni xam aloxida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz Uzbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil kilingan kurslar). Ta’lim soxasiga tegishli kuplab foydali va kizikarli veb saytlar yaratilmokda, (http://www.bilim.uz , http://www.bilimdon.uz , http://www.ilm.uz , http://www.student.uz , http://www.study.uz va boshkalar). Eng kuvonarli esa internetda nafakat universitet, institut, kolledj va akademik liseylar balki maktablar xam uzlarining veb saxifalariga ega bulishmokdalar.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish (MO‘) keng qo‘llanilayotgatligi ham quvonchli hol. Ko`pchilik Intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elеktron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Intеrnеtdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni Intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Intеrnеt tеxnologiyalar: masofadan o`qitish, elеktron kutubxonalar, tеlеmеditsina, tеlеmеtrologiya, elеktron tadbirkorlik, elеktron magazinlar va boshqalar. Quyida bu tеxnologiyalarning qisqacha, lеkin asosiy tavsiflarini kеltiramiz.

Download 49.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling