4- mavzu: O`simliklar morfologiyasining qonuniyatlari va ularni qishloq xo`jalikdagi ahamiyati


Download 339.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi339.52 Kb.
#1109218
  1   2   3   4
Bog'liq
4-MA`RUZA



4- MAVZU: 
O`SIMLIKLAR MORFOLOGIYASINING QONUNIYATLARI VA ULARNI
QISHLOQ XO`JALIKDAGI AHAMIYATI

ILDIZ VAZIFASI VA TUZILISHI
 
Ma’ruza rejasi: 
 
1. O`simliklar morfologiyasining qonuniyatlari. 
2. Ildiz sistemasi va uning vazifalari. 
3. Ildizning birlamchi va ikkilamchi ichki tuzilishi. 
4. Shakli o‘zgargan ildizlar, ularning inson va o‘simlik hayotidagi ahamiyati. 
5. Ildiz sistemasining tiplari. 
 
1O`simliklar morfologiyasining qonuniyatlari. 
Vegetativ organlarning morfologik tuzilish konuniyatlari. O‘simlikning individual 
tarakkiyotini dastlabki davridayok uning morfologik tuzilishida ma’lum konuniyatlar borligi 
seziladi. Bu konuniyatlar tashqi muhit omillari bilan chambarchas boglik bo‘lib, bu xildagi 
omillarning asosiylari yoruglik, xavo va tuprok namligi, xavo va tuprok xarorati xisoblanadi. 
Vegetativ organlarining shakllanish va usish jarayonida ko‘tblilik va simmetriya singari 
ikki xil bo‘tun yerqurrasida tarqalgan o‘simliklar olami uchun xos bo‘lgan konuniyat kuzatiladi. 
Qutblilik. Qutblilik qonuniyati shundan iboratki, xar qanday o‘simlikni u tuban yoki 
yuksak o‘simlik bo‘lishidan qat’iy nazar tanasi morfo-fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladigan 
yukori va pastki qismlarga bulinadi. Morfologik jihatdan yuqori qism apikal, pastki qism esa bazal 
qism deb yurtiladi. Bu qonuniyat o‘simlik tanasining xar qanday qismi uchun taalluqlidir. 
Ko‘pchilik suv o‘tlarining vegetativ tolasini substrastga yopishib turgan qismi bazal, bulinayotgan
va shu tufayli usayotgan qismi esa apikal kism xisoblanadi. Botridium, kaulerpa singari xo‘jayrasiz 
suv o‘tining bazal qismi suv va unda yerigan moddalarni surishga, apikal qismi esa fotosintez va 
nafas olishga moslashgan.
Qutblilik faqat morfologik jihatdan, emas balki fiziologik jihatdan ham apikal va bazal 
qismlarida o`z aksini topgan. Bazal va apekal qismlarining fiziologik jihatidan uzaro farq qilishi 
o‘simlikshunoslik tajribalaridan ma’lum. O‘simlik navdasidan qalamcha tayyorlanganda uni 
qanday ekmang, navdaning uch tomonidan yangi navda va barg, past qismidan esa ildiz hosil 
bo‘ladi. (rasm-27) Bazal va apekal qismlarning fiziologik jihatdan uzaro farqi tropizmlarda uz 
aksini topadi. 
Tropizm (tortish kuchi) yoruglik va yerning poya va ildizning usishiga bir tomonlama 
ta’sir qilishi bilan boglik bo‘lib, bu organlarning biri usish jarayonida yoruglik yoki quyosh 
tomon, biri esa yer tomon tortilish xususiyatiga ega. Poya va ildizning usish jarayonida musbat 
yoki manfiy fototropizm va geotropizm kuzatiladi. Poya xar doim yuqoriga karab o‘sadi, shunday 
ekan u musbat fototropizm xususiyatiga va manfiy geotropizm xususiyatiga ega, ildiz esa hamma 
vaqt yer bagriga qarab usganligi sababli musbat geotropizm va manfiy fototropizm xususiyatiga
ega bo‘ladi.
O‘simlik organlari uchun taallukli konuniyatlardan yana biri simmetriya xususiyatidir. 
Silindrik tuzilishli o‘simlikning poya, ildiz, ayrim olma, tarvuz, o‘simliklarining mevasi, paxta va 
kuknor kusagi radial yoki polisimmetriya xususiyatiga ega. Ayiqtovon usimligining guli, 
kungabokarning savatcha shaklidagi gul tuplami, nastursiya bargi ham radial simmetriya 
xususiyatiga ega. 
Ayrim organlarda bisimmetriya xususiyatlari kuzatiladi. O‘simlikning ma’lum organi 
orkali bir-biriga perpendikulyar ravishda joylashgan ikki chizik o‘tkazish mumkin bo‘lsa, bunday 
organ bisimmetriya tuzilishdagi organ xisoblanadi. YOngok magzi bisimmetriya tuzilishiga ega. 
Ko‘pchilik o‘simliklar bargi orkali bir simmetriya chizigini o‘tkazish va uni teng ikki kismga 
bo‘lish mumkin (olma, gilos, urik, juxori va boshqa o‘simliklarni markazidan bitta tugri chizik 
o‘tkazib uni teng ikki bulakka bo‘lish mumkin.) Bunday organlar monosimmetrik tuzilishli organ 
deyiladi. Ayrim o‘simlik barglaridan birorta ham tugri chizik o‘tkazib bulmaydi. B uxildagi 
barglar asimmetrik barglar deyiladi. (rasm-28) Ayrim o‘simliklar organlari uchun dorzoventral 


tuzilish xarakterli. Bunday tuzilish ko‘pincha dumalok shakldagi organlar uchun xos bo‘lib, bunga 
ost va ust kismlari xar xil kurinish va tuzilishga ega bo‘lgan Marshatsiya, yungermaniya va 
antotseroslarni kursatish mumkin. Derzoventral tuzilishli o‘simliklarga yerbagirlab usuvchi
tarvuz, kovok, kovun palaklarini ham misol tarikasida keltirish mumkin. Ammo bunday tuzilishli 
poyalarning uz atamasi bor. Yer bag`irlab usuvchi poyalar plageotrop o‘simliklar, tik usuvchi 
o‘simliklar esa ortotrof o‘simliklar deb yuritiladi. 

Download 339.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling