4- mavzu. Pedagogik diagnostikaning umumiy metodlari Reja: Diagnostikada metodlarni tanlash talablari


Download 79.5 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1475887
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu


4- mavzu. Pedagogik diagnostikaning umumiy metodlari


Reja:
1.Diagnostikada metodlarni tanlash talablari.
2.Pedagogik diagnostikada ilmiy tadqiqot metodlari.


Asosiy tushunchalar: ilmiy-tadqiqot metodlari, kuzatuv, imkoniyat, o‘quvchi-talabaning fikrlash ketma-ketligi, asosiy ko‘rsatkich, so‘roqlash, suhbat, anketa, intervyu, pedagogik tahlil, test, pedagogik tajriba.

Pedagogik diagnostika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik diagnostikaning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish hamda bilish usullaridir. Demak, ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik diagnostikada ham muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondoshuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashda bunday yondoshuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji, uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik diagnostikada ilmiy tadqiqot metodlarini amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va masadning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning diagnostika maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;
4) diagnostika metodlari tizimiga nisbatan ob’ektiv yondoshuv;
5) pedagogik diagnostika ishlari jarayoniga jalb etiluvchi o‘quvchi-talabalarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari hamda shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;
6) diagnostika natijalarini oldindan tashxislash va bashoratlash;
7) diagnostika natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostikani olib borishda quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanilmoqda:

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling