6-amaliy mashg‘ulot: ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida ta’lim tamoyillari maqsad
Download 28.48 Kb.
|
6-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotning tashkiliy tuzilishi
- 1-topshiriq . 2-topshiriq
- 4-topshiriq
- BILAMAN BILIB OLDIM BILMOQCHIMAN
- Talabani baholash mezonlari
- Foydalanilgan adabiyotlar
6-AMALIY MASHG‘ULOT: TA’LIM JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA. TA’LIM TAMOYILLARI Maqsad: talabalarning ta’lim tamoyillari haqidagi bilimlarini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish. Kerakli jihoz va materiallar: noutbook, proyektor, taqdimot materiallari, o‘quv qo‘llanmalar, test varaqalari, daftar konspekt. Glossary: Ta’lim – ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon. Ta’lim jarayoni – o‘quvchi(talaba)larning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha to‘liq bo‘lmagan bilimdan ancha to‘liq, aniqroq va chuqurroq bo‘lgan bilim tomon sodir bo‘ladigan jarayondir. Bu o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Ta’lim tamoyillari – ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, qoidalar. Amaliy mashg‘ulotning tashkiliy tuzilishi: talabalarning davomati va darsga tayyorlanish darajasini aniqlash; o‘qituvchi tomonidan mavzu bo‘yicha bajariladigan ishlarni tushuntirish; mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil shug‘ullanishi; bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati; mazkur mavzu bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish darajasini yakuniy nazoratdan o‘tkazish; keyingi amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq berish. 1-topshiriq. 2-topshiriq. Ta’lim jarayoni boshqarish bosqichlarini tahlil qiling. Ta'lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat: 1) rejalashtirish; 2) tashkil etish; 3) boshqarish (rag‘batlantirish); 4) nazorat; 5) natijalarni baholash va tahlil qilish. 3-topshiriq. Izohlang
4-topshiriq. Tahlil qiling. 5-topshiriq. O‘zingizni tahlil qiling. “BBB” texnologiyasi asosida
Keyingi amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq: hemis.guldu.uz portalidan 10-amaliy mashg‘ulot ishlanmasini yuklab oling va topshiriqlarga tayyorlaning. Talabani baholash mezonlari: 1.Talabaning mimikasi va pontomimikasiga -1 2. Mantiqan bog‘langanligi va izchilligi, nutqning ravonligi – 2 3. Ko‘rgazmalilik va reglament – 2 Jami: eng yuqori baho: 5 ball Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Ta’lim jarayonining mazmuni nimalardan iborat? 2. Ta’lim jarayonining bosqichlarini izohlang. 3. Ta’lim tamoyillari qaysilar? 4. Ta’lim va tarbiya tamoyillarining farqi nimada? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev. Pedagogika. DarsIik T:.O‘qituvchi 2008-yil. 2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil 3. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Т.: Noshir 2009-yil. 4. R.Mavlonova, N.Rahmonqulova. Boshlang‘ich ta’lim pedaogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: G‘afur Gulom. 2013-yil. 5. R.Mavlonova, N.Rahmoqnulova. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: Ilm ziyo. 2009-yil. Download 28.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling