4- mavzu: polimerlar va ular asosida olinadigan issiqlik izolyasiyasi ashyolari


-rasm. Penopolivinilxlorid plitalar


Download 369.55 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi369.55 Kb.
#1529324
1   2   3   4
Bog'liq
4.Maruza (3)

23-rasm. Penopolivinilxlorid plitalar
Penopoliuretanlar – polimefir va diizotsianatlar asosida olinadigan havo yoki gaz (aeot va x.k.) bilan to‘lgan mayda g‘ovakdor tuzilishdagi penoplastlardir. Ular o‘lchamlari 500x500x50 mm bo‘lgan plita shaklida ishlab chiqariladi (24-rasm).





24-rasm. Penopoliuretan plitalar
Bunday plitalardan – 60 dan + 170 0S gacha haroratda foydalanish mumkin.
Penopoliuretan plitalarning o‘rtacha zichligi 100-200 kg/m3, siqilishdagi mustahkamligi 0,55 - 2,2 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,06 Vt/(m·0S) ga teng.
Bikr penopoliuretanlarga tokarlik dastgohlarida ishlov berish, osonlik bilan qirqish, parmalash, mixlash mumkin. Penopoliuretanlar issiqlik saqlovchi va Shovqindan himoyalovchi ashyo sifatida hamda issiq va sovuq suv taramoqlaridagi quvurlarni izolyasiya qilishda qo‘llaniladi.
Sotoplastlar – rezol fenoloformalьdegid polimeri bilan shimdirilgan gofrirlangan (to‘lqinsimon buklangan) qog‘oz, gazlama yoki yog‘och qatlamini issiqlayin presslash natijasida tayyorlangan serkatak, issiqlik va tovush izolyasiyasi ashyoidir (25-rasm).
Sotoplastlarning fizik-mexanik xossalari kovaklarning o‘lchamlari va shakliga bog‘liq. Nisbatan arzonligi va issiqlikni kam o‘tkazish xususiyatiga egaligi tufayli paxta va qog‘oz asosli sotoplastlar qurilishda keng misiyosda qo‘llanilmoqda.
Ashyoni issiqlik saqlash qobiliyatini oshirish maqsadida kovaklari maydalangan penoplast yoki Shisha paxtasi bilan to‘ldiriladi.
Sotoplastlar ko‘pincha yuqori mustahkam panellar tayyorlashda oraliq qatlam sifatida ishlatiladi.

25-rasm. Sotoplastlar

Moskvadagi «Eteka» firmasi -60 dan +100°Sgacha haroratda ishlovchi pol va


quvurlarni izolyasiyasiga mo‘ljallanilgan list va o‘rama shakldagi Vilaterm penopolietilenini ishlab chiqarmoqda (26-rasm).


Download 369.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling