4- mavzu: polimerlar va ular asosida olinadigan issiqlik izolyasiyasi ashyolari


Download 369.55 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi369.55 Kb.
#1529324
  1   2   3   4
Bog'liq
4.Maruza (3)


4- MAVZU: POLIMERLAR VA ULAR ASOSIDA OLINADIGAN ISSIQLIK IZOLYASIYASI ASHYOLARI.

Organik polimerlar asosida olinadigan issiqlik izolyasiyasi ashyolari yengilligi, kam issiqlik o‘tkazishi va yetarli darajadagi mustahkamligi bilan boshqa ashyolardan farq qiladi. Ayniqsa, fenoloformaldegid, penopolistirol, penopolivinilxlorid va poliuretan polimerlari asosida tayyorlanadigan “quyma” poroplast va penoplastlar diqqatga sazovordir. Devorbop panellar tayyorlashda bevosita poroplast yoki penoplast qatlamlarini hosil qilish ishlab chiqarish ishlarini qisqartirishga va arzonlashtirishga imkon beradi.


Penopolistirol havo yoki gaz (aeot va x.k.) bilan to‘lgan mayda g‘ovak tuzilishga ega. Penopolistirol tayyorlashda xom ashyo sifatida suspenzion polistirol va ko‘piklashtiruvchi komponent (porofor) lar ishlatiladi.
Penoplastlarning bu turidan PS-S (antipirenli) va PSB, PS-1, PS-4, PS-6 markalardagi plitalar ishlab chiqariladi. Plitalarning o‘rtacha zichligi - 20-40 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi - 0,035-0,4 Vt/(m·0S), egilishga mustah-kamligi - 0,18 MPa, hajmiy suv Shimuvchanligi 2 -5% dan oshmaydi. Penopolistirol chirimaydi, boshqa qurilish ashyolariga oson yelimlanadi va mixlanadi. U chordoqli tom konstruksiyalarida, ichki parda devorlar, qavatlararo to‘siqlar, shamollatish kanallari va devorlarda issiqlik saqlovchi ashyo sifatida qo‘llaniladi.
Eng samarador ashyolar jumlasiga ekstruderda ko‘piklashtiriluvchi “Ursa foam” ekstrudirlangan penopolistirolni kiritish mumkin (22-rasm).
U issiqlik texnik va fizik-mexanik xossalarining uzoq muddat o‘zgartirmasligi bilan xarakterlidir. Uning mayda g‘ovakli tuzilishi, mustahkamlikni pasaytirmagan holda kam suv shimuvchanlikni ta’minlaydi. Bunday ashyolar tom konstruksiyalarida, binolarning yer osti qismlarida uzoq muddatga chidamli issiq saqlovchi ashyo sifatida qo‘llaniladi.

22-rasm. “Ursa foam” ekstrudirlangan polistiroli


Penopolivinilxlorid – bir tekisda tarqalgan berk g‘ovakli tuzilishga ega bikr, elastik yoki yarimelastik penoplast bo‘lib, uzunligi va eni 500 mm qalinligi 45mm dan kam bo‘lmagan plita shaklidagi ashyo (23-rasm).




Download 369.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling