26-rasm. Vilaterm ashyolari
Ashyoning o‘rtacha zichligi 35 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,035 Vt/(mK)ga teng. Unda elastiklik, bioturg‘unlik, ekologik tozalik, barcha qurilish ashyolari bilan birikuvchanlik, issiqlikka chidamlilik va zaharli moddalar ajratib chiqarmaslik kabi ijobiy xususiyatlar mujassamlangan. Vilaterm maxsulotlarini kesish, Shtamplash, payvandlash, yelimlash oson. Undan binolarning yig‘ma va yaxlit konstruksiyalari choklarini zichlashda, issiq va sovuq suv ta’minoti tarmoq quvurlarini issiqlik izolyasiyasida foydalaniladi.
OOO «Strom-S» (Moskva) firmasi bir va ikkala tomoni alyumin folgasi qoplangan penopolietilendan, 97% gagacha nur energiyasini aks qaytaruvchi issiqlik, bug‘ va tovuSh izolyasiyasi uchun quyidagi ashyolarini tavsiya etmoqda;
Folgoizolon – issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,037 Vt/m°S, biologik chidamli-
lik xususiyatiga ega, -60 dan +100°S haroratgacha uy-joy, sanoat va fuqaro qurilishidagi orayopmalar, devorlar, pollar, chordoq va yerto‘la xonalarini izolyasiyalashda foydalaniladi (27-rasm).
.
27-rasm. Folgoizolon
Folga-tkan va Folga-xolst – mos ravishda shisha gazlamasi va shisha matosi, penopolietilen va 5 mm qalinliqdagi alyumin folgasi qatlamlaridan iborat, 0,8240m yoki 1,1726 m li o‘ramlarda ishlab chiqariladi (28-rasm). Ular issiqlik, bug‘ va gidroizolyasiya xossalarini yuqoriligi, ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi,
korroziyaga uchramasligi, bioturg‘unligi va -60 dan +100°S gacha haroratga chidamliligi bilan boshqa ashyolardan ajralib turadi hamda devorlar, shiftlar, mansard va pollar, turli sig‘imlar, quvurlar va x.k.larni izolyasiyalashda qo‘llaniladi.
Aks qaytaruvchi folgoplast – bir yoki ikki tomoni alyuminiy folgasi
qoplangan tollai to‘rdan iborat (29-rasm), 0,8420 m o‘lchamdagi o‘rama material. U 97%.
a b
Do'stlaringiz bilan baham: |