Tomlar. Tom qoplamalarini loyihalash Reja
Download 51,14 Kb.
|
13-amaliy
Tomlar. Tom qoplamalarini loyihalashReja:
Tayanch iboralar:Tom, chordoq, “birlashtirilgan tom”, nishablik, qiyalik, stropila sistemasi, tayangan stropila, osma stropila, kombinatsiyalangan stropila, mauerlat. Binoning tomi murakkab, tashqi kuch ostidagi va kuch ostida bo‘lmagan ta’sirlar kompleksiga duch keladi (1-rasm). 1-rasm. Tomga ta’sir qiluvchi tashqi faktorlar: 1-doimiy yuklar(o‘z vazni);2-vaqtinchalik yuklar (qor,foydalanish yuklari); 3-shamol bosimi;4-shamol surishi; 5-,9-atrof muxitning xarorat ta’siri; 6-atmosfera namligi (yog‘inlar xavo namligi); 7havodagi ximik-agressiv moddalar; 8-quyosh radiatsiyasi; 10-chordoq bo‘shlig‘idagi havoning namligi
Nishabli tomlar bir, ikki,to‘rt nishabli yoki valmali va ko‘p nishabli bo‘ladi. Unday tomlarning konstruksiyasi mustaxkam va unga ta’sir qiluvchi kuchlarga nisbatan bikr xolatida bo‘lmog‘i, germetik xolatda (suvni o‘tkazmasligi), suvga chidamli, (vaqt-vaqti bilan namlanishdan buzilmasligi), korroziyaga va quyosh radiatsiya ta’siriga chidamli (issiqdan yorilmasligi va shakli buzilmasligi) bo‘lmog‘i lozim. Nishabli bostirmalar tom konstruksiyasidan, chordoq orayopmasidan tashkil topgan bo‘ladi. Industrial qurilishda ko‘pincha tom va chordoq orayopmasi birlashgan bo‘ladi. Bunday konstruksiyalarni birlashgan tom yoki chordoqsiz tom deb atashadi. Tomlarning qiyalik ko‘rinishlariga qarab ular turlarga bo‘linadi . Tomlarning nishabligi konstruksiyalar imkoniyatlari va iqlimiy shart- sharoitlarini xisobga olib, aniqlanadi. YAssi tomlarning nishabligi 2%gacha qilib loyixalanadi. O‘ta qiya tomlarning chordoq bo‘shlig‘ini xonalar (mansarda yoki boloxona) sifatida foydalanish mumkin. Download 51,14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling