4- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari. O’quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash


O‘quvchilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifasi


Download 328.5 Kb.
bet25/44
Sana02.01.2022
Hajmi328.5 Kb.
#199373
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
2- mavzu tim

O‘quvchilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifasi

  • O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lish va unga mas’uliyat bilan yondoshish hissini tarbiyalash.
  • Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uyg‘otish.
  • O‘quv mehnati madaniyatini oshirish.
  • O‘quvchilarni o‘quv mehnatida muayyan rejaga amal qilishga o‘rgatish.
  • Sinfda o‘qish jarayonida o‘rtoqlariga yordam uyushtirish.
  • Sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlik va yaqindan aloqada bo‘lish.

O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlar majmuasi quyidagilardan iborat:

  • O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlar majmuasi quyidagilardan iborat:
  • O‘quvchilarning o‘quv mehnati ustidan tizimli nazorat olib borish. Sinf rahbari bolalarning olgan ballarini tartibli ravishda sinf jurnalida va kundaliklarda tekshirib turadi. Xulqi uchun baho qo‘yadi, darsga kechikib kelish va butunlay kelmay qo‘yish sabablarini o‘ziga belgilab oladi. Sinf rahbari o‘quvchi bilan suhbat o‘tkazib, olgan yaxshi baholari uchun uni rag‘batlantiradi, kamchiliklarini ko‘rsatadi, tushuntiradi, tegishli maslahatlar beradi.
  • Maktab o‘quvchilariga o‘quv mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o‘qish har kimning shaxsiy ishi emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ish ekanligi o‘quvchilarga tushuntirib beriladi. Mus­taqil O‘zbekiston davlati va uning fuqarolari maktab dargohida chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini istaydi.
  • Maktab o‘quvchilarining bilimga qiziqishini oshirish. Bo­lalarning bilimga va o‘quv mehnatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishning turli shakl va metodlaridan muvaffaqiyatli foydalanish hozirgi kunda maktablarimizda odat tusiga kirib qolgan bir holdir. Chunki o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishda har bir fandan o‘tiladigan dars samarali, qiziqarli, imkoni boricha muammoli va qolaversa, sermazmun bo‘lsa, shak-shubhasizki, bu o‘zining yaxshi natijasini beradi.

Download 328.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling