4 – Mavzu. Zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi. Reja
Fizik-mexanik va genetik kurash usullari
Download 205.61 Kb.
|
5-ma\'ruza
4.Fizik-mexanik va genetik kurash usullari
Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o’rin tutadi. 1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo’llash tushuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug’lik nuri, harorat o’zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi. Fizikaviy harorat o’zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug’larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug’doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo’llaniladi. Begona o’glarga qarshi kurashda olovli kultivatorlardan ham foydalaniladi. 2.Zararli hasharotlarni o’ldirishda elektr tokidan foydalanish to’g’risida juda ko’plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o’simlikka tasiri bo’yicha tadqiqotlar xali oxiriga yetkazilmagan. 3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug’likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga eri. shildi. CHunki, hasharotlarning ko’pchiligi tunda yorug’likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug’ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko’plab foydali hasharotlar ham nobud bo’ladi. 4. Mexanik kurash chorasidan ham o’simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo’qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo’qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog’lar qo’llash va boshqalar tushuniladi. 5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik omillarni ta’sir etgirish orqali ularni boshqarish hamda chidamli navlar yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tushuniladi. Download 205.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling