4 – Mavzu. Zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi. Reja
Download 205.61 Kb.
|
5-ma\'ruza
1.Agrotexnik kurash chorasi.
O’simliklarni zararkunanda kasallik va begona o’tlardan himoya qilishda agrotexnik usul va tashkiliy xo’jalik tadbirlarining ahamiyati nihoyatda katta hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ekinlarining rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatib zararkunanda kasallik va begona o’tlarni rivojlanishiga to’siq bo’luvchi barcha agrotexnik tadbirlar bu usulni tarkibini tashkil etadi. Bunday tadbirlarga quyidagilar misol bo’ladi: 1.Dambalarni kengaytirish va yangi sug’orish sistemalarini joriy etish. 2.Ekinlarni almashlab ekish sxemasini tuzishda entomalog yoki fitopotolog yo’riqlarga amal qilish. 3.Ekinlardagi bo’shagan yerlarni chuqur ag’darib haydash. . 3.Imkoniyati ko’targan dalalarga qishki yaxob suvlarni berish. 4.Kuzda ekindan bo’shagan barcha maydonlarni bahorgacha o’simlik qoldiqlaridan tozalash. 5.Erta bahorda ekish muddatini to’g’ri aniqlash imkokiyati boritsa ertaroq ekish. 6.Zarakunanda va kasalliklarga chidamli navlarni tanlab ekish. 7.Ekinlar qator orasiga ishlov berish sug’orish va oziqlantirishni tavsiya etilgan normalari va muddatlariga amal qilib o’tkazish. 8.G’o’zani chekanka kilishda o’sish nuqtalarini daladan olib chiqarib tashlash. (G’o’za tunlami tuxumini yo’qotish maqsadida). Agrotexnik va tashkiliy xo’jalik usulini qo’llashni ekin turlari bo’yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Agrotexnik tadbirlarni noto’g’ri qo’llash zararli organizmlarning miqdorini ko’payishiga ham olib kelishi mumkin. Agrotexnik tadbirlar tashkiliy xo’jalik tadbirlarni to’g’ri tashkillashtirish zararli organizmlarni yoppasiga ko’payishini oldini olish asosini tashkil etadi. O’zbekiston hududida, MDH davlatlarida, umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida e’tibor qaratiladi. Selektsioner olimlar oldiga qo’yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat. CHidamli navlar o’zlarini boshqa qimmatli xususiyatlari, (oqsil, yog’ miqdori, qand miqdori)ni ham yo’qotmasligi zarur. Hozirgi paytda ayniqsa g’o’zani viltga, sho’rga, g’alla ekinlarini zang, qora kuya kasalliklariga, g’o’zani o’rgimchak kana, bitlar (shira)ga chidamli navlarni yaratish bo’yicha katta ishlarni olib borilmoqda. Germaniyada ham bu kassaliklariga qarshi ularning Antogeneslari laborato’ryada ko’paytriladi1. Download 205.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling