4-§. Paxta xomashyosini yig‘ish, tashish, quritish, saqlash va birlamchi qayta ishlashga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
-§. Yengil sanoat korxonalariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
Download 30.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqёнгин конун
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
- 41-bob. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
2-§. Yengil sanoat korxonalariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
709. Yengil sanoat korxonalarida quyidagilarni: a) moslama ichiga metall, qattiq jismlar (boltlar, gaykalar, sim bo‘laklari, toshlar, shlak va boshqalar) tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikni; b) uskunalarda yuzaga kelgan ortiqcha yuklanishni tezkorlik bilan bartaraf etishni; v) uskunalardagi ochiq joylar, aylanali uzatmalar yuzasiga tolalar tushib qolishining oldi olinishni; g) chang havoni reglament asosida so‘rib olinishini va germetiklikni ta’minlash zarur. 4-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari 806. Texnik xomashyo mahsulotlarini (paxta, kanop, raps, xmel va boshqalarni) saqlash uyumlarda, shtabellarda, g‘aramlarda, bostirma ostida, yopiq omborlarda amalga oshiriladi, tolalar va kanop loslari (paklya) faqat yopiq omborlarda saqlanadi. 807. Yonuvchi tolali materiallarni ochiq maydonlarda shtabellarda va bostirma ostida saqlashda quyidagilarga rioya etish zarur: a) shtabelning og‘irligi 300 t dan oshmasligi kerak; b) shtabellarning o‘lchami 22 x 11 m dan va balandligi 8 m dan oshmasligi kerak; v) bitta bo‘lmada shtabellar yoki bostirmalar soni 6 ta dan oshmasligi kerak, bunda shtabellar orasidagi masofa 15 m dan kam bo‘lmasligi, bostirmalar orasidagi barcha yo‘nalishlarda 20 m dan kam bo‘lmasligi kerak; g) bitta guruhda 4 tagacha bo‘lma bo‘lishi mumkin (24 ta shtabel yoki bostirma), bo‘lmalar orasidagi oraliq barcha yo‘nalishlarda 30 m dan kam bo‘lmasligi kerak; d) bitta sektorda 4 tagacha guruh bo‘lishi mumkin (96 ta shtabel yoki bostirma), guruhlar orasidagi oraliq barcha yo‘nalishlarda 50 m dan kam bo‘lmasligi kerak; e) sektorlar oralig‘idagi masofa 100 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 808. Yonuvchi tolali materiallarni saqlash uchun mo‘ljallangan ochiq maydonlar, bostirmalar va omborlar uchastkalari to‘silgan bo‘lishi lozim, ulardan to‘siqlargacha bo‘lgan masofa 5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. To‘siq atrofidagi maydon o‘simliklardan tozalangan bo‘lishi kerak. 809. Yengil yonuvchi tolali materiallar faqat toylarda saqlanishiga ruxsat etiladi. Ochiq (bog‘lanmagan) toylar alohida uchastkalarda yoki maxsus ajratilgan maydonlarda yong‘inga qarshi oraliq masofalarga rioya qilgan holda saqlanadi. 810. Uchqun so‘ndirgichlarsiz bostirma va shtabellarga temir yo‘l va avtomobil transportini 5 m dan yaqin, traktorlarni esa 10 m dan yaqin masofada harakatlanishi taqiqlanadi. Bu yerlarda cheklovchi to‘siqlar (bruslar) o‘rnatilishi lozim. Yopiq omborxonalar, bostirma va shtabellarga avtotransport vositalarining kirishi gaz chiqish quvurining teskari tomonidan amalga oshirilishi kerak, bunda gaz chiqish quvuri normativ talablarga javob beradigan va soz bo‘lgan uchqun so‘ndirgich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 41-bob. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Oldingi tahrirga qarang. 846. Ushbu Qoidalar talablarini buzganligi va (yoki) bajarmaganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling