4- sinf Ona tili i-chorak uchun nazorat ishlari 1-ni mavzu: Gap. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari. His- hayajon gaplar. O’quv materiali
Download 300 Kb.
|
2 5190441786505430917
4- sinf Ona tili I-chorak uchun nazorat ishlari 1-NI Mavzu: Gap . Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari. His- hayajon gaplar. O’quv materiali: . Maqsad: O’quvchilarning gap va uning turlari yuzasidan bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Diktant 2 – NI Mavzu: Gap. Gap bo`laklari. Gapda so`zlarning bog`lanishi. O`quv materiali: 33-mashq. Maqsad: O’quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalash bilim, ko`nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Insho Qovun sayli Reja namunasi: 1. Tog`amning taklifi 2. Chaylada 3. Rais bilan musobaqa
Hanifa opa qizlariga guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Sochlariga qip-qizil lenta bog`lab qo`yadi. Maktabga qo`g`irchoqdek qilib jo`natadi. Fotima bilan Zuhraga hammaning havasi keladi. Hanifa opa bexosdan zinadan yiqilib tushdi. U oyog`ini ushlagancha o`tirib qoldi. Tez yordam mashinasini chaqirishdi. Shifokor qizlarning opasini kasalxonaga olib ketdi. U ancha kun davolandi. So`ngra uyiga qaytib keldi. Onaning oyog`i gipslangan. Hanifa opa o`rnidan zo`rg`a turardi, zo`rg`a o`tirardi, zo`rg`a yurardi. Fotima bilan Zuhra onasiga mehribon. Ular onasiga navbat bilan qarashadi. Ona qizlarining yordami bilan tezda tuzalib ketdi. U qizlaridan juda mamnun. (90 so`z) (Reja sinf jamoasi bilan birga tuziladi) Reja namunasi: Hanifa opaning mehribonligi. Hanifa opaning jarohati. Opa qizlaridan mamnun. 4-NI Mavzu: Nutq. Matn. O`quv materiali: Darslik (90-mashq) Maqsad: O’quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalay olish bilim, ko`nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Bayon Reja: Kuz keldi. Kuz ob-havosi Kuz noz-ne’matlari 5-NI Mavzu: Tovushlar va harflar. O`quv materiali: Kitob-oftob. Maqsad: O`quvchilarning tovushlar va harflar bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash. Nazorat shakli: Izohli diktant Kitob- bilim manbai Biz kitobni juda sevamiz. Bo‘sh vaqtimizda har xil ertak va hikoyalar o‘qiymiz. Maktabimizda “Kitob–bilim manbai” mavzusida kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechamiz ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlandi. Kutubxonachi Sevara Karimova Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma’ruza qildi. O‘quvchilardan Gulcherhra Nizomova, Nodir To’laganov, Ma’mura Bo‘tayeva va Jasur Yo‘ldoshevlar Navoiy asarlaridan, she’r va rivoyatlar o‘qib berdilar. She’rni ayniqsa, Ma’mura Bo’tayeva juda ta’sirli o‘qidi. Kecha bizda juda katta taassurot qoldirdi. (72 so‘z) Topshiriq: Birinchi gap nechta so`zdan iborat? “Kitob” so`zida nechta harf va tovush bor? Ona tili 4-sinf II-chorak 5-NI Mavzu:So’z turkumlari Maqsad: O’quvchilar o’qigsn matn mazmunini to’liq qayta hikoyalash asosida yozma ifodalay olish ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash Nazorat shakli: Bayon Reja: Hovlimiz gullari Dam olish kuni Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan 6-NI Mavzu: Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanilishi Maqsad: O’quvchilarning otlarning birlik va ko’plik, egalik qo’shimchalari bilan qo’llanilishi yuzasidan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash Nazorat shakli: Eshituv diktanti Ziyrak Komiljon anhor bo’ylab ketayotgan edi. Suvdan shipillagan ovoz eshitildi. Komiljon yaqinlashib unga qaradi. U kichkina kuchukcha ekan. Kuchukcha harakat qilib, suvdan chiqayotgan edi. Komiljonning unga rahmi keldi. Kuchukcha titrar edi. Komiljon uni uyga olib bordi. So’ng issiq qilib o’rab qo’ydi. Unga sut va non berdi. Kuchukchaning ko’zlari ochildi. Komiljon o’z ishidan xursand boldi. Unga ziyrak deb nom qo’ydi. 7-NI Mavzu: Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanilishi Maqsad: O’quvchilar o’qigsn matn mazmunini to’liq qayta hikoyalash asosida yozma ifodalay olish ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash Nazorat shakli: Bayon Reja; Ibn Sino saroyga keldi Ibn Sino kutubxonada Boylikdan ilm izlab Ona tili fanidan nazorat ishi III chorak 4-sinf 8-NI Mavzu:Ot yuzasidan takrorlash O`quv materiali: Ahillik Maqsad: O`quvchilarning otlarning birlik va ko`plik, egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishi, ot yasovchi qo`shimchalar yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalarini va kompetensiyalarini aniqlash. Nazorat shakli: Izohli diktant Ahillik
Irodaning ko‘nglidagi g‘ashlik tarqaldi. Nuqul jamoani orqaga tortib yuradigan Ergashyev Abror o‘z saflariga qaytdi. Iroda bunga osonlikcha erishgani yo‘q. Xatto Irodani chaqimchi deb atashdi. Voqea bunday bo‘lgan edi. Ergashyev Abror odatdagidek matematikadan “Ikki” oldi. Jamoa raisi bo‘la turib Choriyeva Iroda bu holga befarq qaray olarmidi? O‘sha kuni Abrorlanikiga bordi. Dilidagi gaplarni onasiga to‘kib soldi. Onasi Gulshod opa o‘g‘lining bu mehribon do‘stiga rahmat aytib, Abrorni qattiq yalintirdi. Mana matematika o‘qituvchisi Zulfiya opa Abrorning kundalik daftariga birinchi marotaba “besh” baho qo‘ydi. (80 so‘z) Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari: Bilim:
- ot - soz turkumini; -shaxs va narsa otlarining imlosini; -otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishini; -otlarning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishini; -otlarning kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanishini; - ot yasovchi qo`shimchalarni; - ketma- ket kelgan bir xil undoshlarni. Ko`nikma: - otlarni ma`nosi va so`roqlariga ko`ra boshqa turkumlardan farqlash; - otlarni ma`nosi va so`roqlariga ko`ra ajratish; -shaxs va narsa otlarini farqlash; - ko`plikda otlarni to`g`ri yozish; - egalik qo`shimchalarini to`g`ri yozish; - kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish; - ot yasovchi qo`shimchalarini to`g`ri yozish; -so`zlarni bo`g`inlab to`g`ri ko`chirish; -gaplarni, ism va familiyalarni bosh harf bilan yozish. Malaka:
-shaxs otlarini bosh harf bilan yozish; -narsa otlarini kichik harf bilan yozish; -so`zlarni husnixat bilan yozish. 9-NI
Mavzu: Sifat –so`z turkumi O`quv materiali: Qishda (320-mashq) Maqsad: O‘quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalay bilish ko`nikmasini va savodxonligini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash. Nazorat shakli: Insho Reja:
Qish faslida tabiatning ko‘rinishi. Bolalar tabiat quchog‘ida. Qish zavqi. Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari: Bilim:
-matnda gaplarning mazmunan bog`lanishini; -gapda so`zlarning mazmunan bog`lanishini; -gapning bosh bo`laklarini; -gapning ikkinchi darajali bo`laklarini; -sifat so`z turkumini. Ko`nikma: -rasmdagi holatlarni to`liq ko`ra bilish va ularni zarur so`zlar va sifatlar asosida ifodalash; - rasmdan foydalanib reja asosida tuzgan hikoyasini to‘liq bayon etish; - fikrini yozma ifodalashda gaplarni to‘g‘ri tuzish; -gaplarda tinish belgilarini to`g`ri ishlatish; -fikr ifodasida so`zlardan o`rinli foydalanish; -gapda so`zlarni to`g`ri bog`lash; - rejaga muvofiq fikrni xatboshidan yozish. Malaka:
-reja va uning qismlarini to`g`ri joylashtirish; -insho matnini husnixat bilan yozish. 10-NI Mavzu: Son – so`z turkumi O`quv materiali: Sovuq sharbat ichmang Maqsad: O`quvchilarning son haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash. Nazorat shakli: Saylanma diktant Topshiriq: Sonlarni o`zi bog`langan so`z bilan yozing. Qavs ishida sonning ma`no turini yozing. Sovuq sharbat ichmang Ikki o`rtoq - Shuhrat bilan Jasur dam olish kuni istirohat bog`iga bordi. Ular bir soat chamasi bog`ni tomosha qilishdi. U yoqdan bu yoqqa chopib o`ynashdi. Shuhrat juda terlab ketdi. U yugurgancha borib ikki payola muzdek sharbat olib ichdi. Kechqurun Shuhratning hamma a`zosi titray boshladi. Keyin isitmasi chiqdi. Onasi tes yordam chaqirdi. Shifokor dori berdi. Shuhrat bir-ikki kun yotdi. Uchinchi kun maktabiga bordi. U o`rtoqlariga muzdek sharbat ichmaslikni maslahat berdi. Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari: Bilim:
-matnda gaplarning mazmunan bog`lanishini; -gapda so`zlarning mazmunan bog`lanishini; -gapning bosh bo`laklarini; -gapning ikkinchi darajali bo`laklarini; -sifat so`z turkumini.
-rasmdagi holatlarni to`liq kora bilish va ularni zarur so`zlar va sifatlar asosida ifodalash; - rasmdan foydalanib reja asosida tuzgan hikoyasini to‘liq bayon etish; - fikrini yozma ifodalashda gaplarni to‘g‘ri tuzish; -gaplarda tinish belgilarini to`g`ri ishlatish; -fikr ifodasida so`zlardan o`rinli foydalanish; -gapda so`zlarni to`g`ri bog`lash; - rejaga muvofiq fikrni xatboshidan yozish. Malaka: -reja va uning qismlarini to`g`ri joylashtirish; -insho matnini husnixat bilan yozish. 11-NI
Mavzu:Kishilik olmoshlari O`quv materiali: Yong`oqzorda Maqsad:O`quvchilarning savodxonligini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash.
Yong`oqzorda Bir kuni do‘stim bilan Qoraqamish jarligida yurardik. Ko‘zim uncha katta bo‘lmagan yong‘oqzorga tushdi. Qiziltosh sa’valar yong‘oq shoxlarida chug‘urlashib yurishardi. Ular bizdan cho‘chib uchib ketishdi. Biz shu yerda bir oz dam olmoqchi bo‘ldik. Shu payt yong‘oq daraxti ostida yong‘oq po‘choqlarini ko‘rib qoldim. Hamrohim daraxtning yerdan bir metrcha yuqoridagi kovagidan ikki yuzdan ortiq saralangan yong‘oq topib oldi. Men ham uning yonidagi daraxtga chiqdim. Kovakda anchagina yong‘oq, uning yonida olib yotgan kalamushni ko‘rdim. Shuning uchun ham yong‘oq yeyilmay qolgan ekan.
Bilim:
- kishilik olmoshlarini; - kishilik olmoshlarining birlik va ko`plikda shaxsni bildirishini; - kishilik olmoshlarining imlosini; - kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini; -so`z oxirida ketma- ket kelgan undoshlarni; -jarangli va jarangsiz undoshlarning imlosini; -x va h undoshlarining imlosini; Ko`nikma: - kishilik olmoshlarini otlardan farqlash; - kishilik olmoshlarini ma`nosi va so`roqlariga ko`ra ajratish; - kishilik olmoshlarining birlik va ko`pligini farqlash; - turlangan kishilik olmoshlarini to`g`ri yozish; -so`zlarni bo`g`inlab to`g`ri ko`chirish; -gaplarni, joy nomlarini bosh harf bilan yozish. Malaka: - turlangan kishilik olmoshlarini to`g`ri yozish; -so`zlarni husnixat bilan yozish. 12-NI
Maqsad: O‘quvchilarni chorak davomida so`z turkumlari yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash.
Chiqish kelishigining qo‘shimchasini yozing. (lingvistik kompetensiyani aniqlash) J:_________________________________ 2. O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini toping. A)–da B)–dan S)–gan D)-ning 3. O‘qish kitobidan ertraklarni o‘qidik. Gapda qaysi kelishik qo‘shimchasi ishlatilgan? A) chiqish va tushum kelishigi B) o‘rin-payt kelishigi. S) jo‘nalish kelishigi D) bosh kelishik
A) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar. B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar. S) so‘z shakli hosil qiluvchi qo‘shimchalar. D) to`g`ri javob yo`q
J:____________________________________ 6. So‘zdagi bo‘g‘inlarni aniqlang va yozing. (nutqiy kompetensiyani aniqlash) So`zlar: Ona, shaftoli J:_____________________________________
A) d B)d, t S) t D) k 8. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying. Mayin shamol… A)ezdi B) esdi S) egdi D) qoldi 9. Bolalar kitobni seving! Qanday gap ekanligini yozing (nutqiy kompetensiyani aniqlash) J: _____________________________________ 10. Uyushiq bo‘lak nima? A) gapning bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan bo‘lagi. B) Gapning bosh bo‘lagi. S) Gapning ikkinchi darajali bo‘lagi. D) to`g`ri javob yo`q
Bilim:
-kelishik qo`shimchalarni; -kelishik qo`shimchalarning turlovchi qo`shimcha ekanini; -kelishik qo`shimchalarning imlosini; -otlarning kelishiklar bilan qo`llanishini; -sifat va uning ma`no turlarini; -bo`gin va bo`g`inga bo`lishni; -aytilishda tushib qoladigan undoshlarni; -jarangli va jarangsiz undoshlarni; -gap, gap bo`laklari, gap uyushi`q bo`laklarini, gapning turlarini.
-turlovchi qo`shimchalarni boshqa qo`shimchalardan ajratish; -nurtalar o`rniga mos harfni qo`yish; -aytilishda tushib qoladigan undoshli so`zlarni to`g`ri yozish; -jarangli va jarangsiz undoshli so`zlarni to`g`ri yozish; -bo`g`inga bolish va bo`g`inlar sonini aniqlash; -gapning turlarini ohangga ko`ra farqlash; -gap uyushi`q bo`laklari orasiga vergul qo`yishni; -gapning bosh bo`laklarini aniqlash. Malaka:
-yechgan testini izohlash. 4-sinf ona tili 13-NI Mavzu: Maktabimiz bog‘ida hashar Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash. Nazorat shakli: Insho (Reja o‘quvchilar bilan birgalikda tuziladi.) Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari nomi va soni: Rejani to‘g‘ri tuza olish Matnni reja asosida bayon etish Gaplarni to‘g‘ri tuzish Imlo va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish Chiroyli yozish 14-NI Mavzu: Yaxshi va yomon. Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash. Nazorat shakli: Diktant Yaxshi va yomon. Yaxshilik nima. Insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish, ularga har ishda ko‘maklashish, shirinsuhan bo‘lish kabi yaxshi fazilatlarga ega bo‘lishdir. Yaxshilik-insondan yaxshi nom qolishi, ulug‘ ishlar ijodkori bo‘lish, ilm egallab, uni xayotga tadbiq qilishi, doimo o‘zini kamtar tutishi, maqtanmaslik, milliy g‘urur kabi sifatlarga ega bo‘lish. Yomonlik nima? Yomon odam bo‘lmasligi kerak. Yomonlik yaxshilikning akasi. Yomonlik–inson dilini og‘ritish, o‘z burchini bilmaslik, inson degan ulug‘ nomga dog‘ tushirishdir. Bolalar, hamisha yaxshilikni odat qiling. Baxt-saodat kaliti yaxshilikdadir. (77 so‘z) Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari nomi va soni: Gaplarni bosh harfda yozish. Imlo qoidalariga rioya qilish Tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish Bo‘g‘in ko‘chirishga e’tibor berish Chiroyli yozish 15-NI Mavzu: Fe’l haqidagi bilimlarni mustahkamlash Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash. Nazorat shakli: Diktant Quyosh sevgan yurt Quyosh moviy tog‘lar ortidan bosh ko‘taribdi. Bog‘dagi rangorang gullar unga salom berishibdi. Daraxtlar shoxida qushlar chuldirab sayrabdi. Yaproqlar quyoshni olqishlabdi. Butun olam uning saxiy nuridan bahramand bo‘libdi. Ko‘hna Turonzaminda insonlar qalbini yorituvchi quyoshlari bor. Bular Amir Temur, Ibn Sino, Imom al-Buhoriy, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Navoiylar! Bu yurt mustaqil yurt! O‘ziga xon, o‘ziga bek yurt! Bu yurtning odamlari juda mehnatkash! Ular har yili umid bilan nihol ekishadi. Men ularni parvarishlayman. Qizil olmalarda o‘z aksimni ko‘rganday bo‘laman. (80 so‘z)
Alifboning 24-tartibidagi harfni toping J:_________________________________________________ Alifboning y, o, u harflarning tartibini ko‘rsating J:_________________________________________________ Yulduz so‘zidagi harf va tovush sonini aniqlang J:__________________________________________________ Men kitobni o‘qiyman. Qaysi kelishikda qo‘llanilganligini yozing. J:__________________________________________________ 5.Kelishik qo‘shimchalarini yozing. J:__________________________________________________ 6.Qqaysi kelishikda qo‘shimcha yo‘q? J:__________________________________________________ 7.Harakatning bajarilganini bildirgan fe’lni toping. Keldi B) aytyapti C) bormoqchi D) oladi 8.Hozirgi zamon fe’lini aniqlang. Yozganman B) boryapman C) bormoqchi D) keldi 9.Ikki yoki undan ortiq fe’l qanday fe’l deyiladi. A) fe’l B) sodda fe’l C) qo‘shma fe’l D) to‘g‘ri javob yo‘q 10 Fe’l zamonlari nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 2 ta 11. “O‘qiyapsan” fe’li qaysi zamonda? A) o‘tgan zamon B) kelasi zamon C) xozirgi zamon D) to‘g‘ri javob yo‘q 12. Undalma nima? A)gapning uyushiq bo‘lagi B) so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z C) predmetning harakatini bildirgan so‘z D) to‘g‘ri javob yo‘q 13.Undalma qaysi so‘z turkimi bilan ifodalanishini topishing. A)ot so‘z turkumi bilan B) fe’l so‘z turkumi bilan C) son so‘z turkumi bilan 14.Qaysi so‘zlar bog‘lovchilarga kiradi? A)men, sen, u B) va, lekin, ammo, biroq C) qizil, sariq, oq D) to‘g‘ri javob yo‘q 15.Nuqtalar o‘rniga bog‘lovchining mosini qo‘ying. Qor… muzlarni eritdi. A)va B) lekin C) biroq D) to‘g‘ri javob yo‘q
Alifbo tartibini bilish Alifbodan foydalanishni bilish Harf va tovushlarni farqlay olish Kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llash Kelishik qo‘shimchalarini ajratish Gapda qaysi kelishik qo‘shimchasi qo‘yilganini toping Harakatni bajarganini bildirgan fe’lni topish Hozirgi zamon fe’lini bilish Qo‘shma fe’li topish Fe’l zamonlarni to‘g‘ri ajrata olish. Fe’l mavzusini to‘g‘ri ajrata olish Undalmani bilish Undalmaning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishini bilish Bo‘lovchilar mavzusini to‘g‘ri ajrata olish Nuqtalar o‘rniga mos bog‘lovchi qo‘yish 4-sinf o`qish 1-NI Mavzu: “Iqboli buyuksan” she’rini yoddan aytish Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash. Nazorat shakli: She’rni yoddan aytish 2-NI Mavzu:. “Istiqlolim- Istiqbolim”, “O’zbe-kiston – Vatanim manim” bo’limlari bo’yicha test-sinovi Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.. Nazorat shakli: Test-sinovi. 3-NI Mavzu: “Oltin kuz” mavzusida bayon yozish Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash. Nazorat shakli: Bayon Bayon rejasi o`qituvchi va o`quvchilar bilan birgalikda tuziladi 4-NI Mavzu: “Ikki saxiy” matnini qayta hikoyalash Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash. Nazorat shakli: Qayta hikoyalash 5- NI Mavzu: Notanish matnni o’qish Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash. Nazorat shakli: O’qish texnikasini aniqlash O’qish II-chorak 4-sinf 6-NI Mavzu: Ertaklar yaxshilikka yetaklar Maqsad: O’quvchilarning bo’lim bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarini aniqlash Nazorat shakli: Insho Reja: Boylik afzalmi, ilm Davlatning dehqon xonadonida qolishi Ayyorlik yomon odat Hiylagarning olgan jazosi 7-NI Mavzu: “Laqma it ”matnini qayta hikoyalsh Maqsad: O’quvchilarning to’g’ri, ifodali, ravon o’qishi va o’qigan asarlarini qayta hikoya qila olish bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini tekshirish Nazorat shakli: Qayta hikoyalash 8-NI Mavzu: Kumush qish Maqsad: O’quvchilarning “Kumush qish” bo’limi yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini tekshirish Nazorat shakli: Savol-javob 9-NI Mavzu: Alisherning yoshligi Maqsad: O’quvchilarning hikoya yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalari va savodxonligini aniqlash Nazorat shakli: Bayon Reja: Alisher bilan Husaynning suhbati Tog’asining Alisherga sovg’asi Alisherning kiyigi haqida do’stlari bildirgan fikri “Olim odam hor bo’lmaydi” III-chorak 4-sinf 10-NI Mavzu: “Nima yaxshi-yu, nima yomon?” bo‘limi yuzasidan ertaklar yaxshilikka yetaklar Maqsad: O`quvchilarning egallagan bilimlarini tekshirish va kompetensiyalarini aniqlash. Nazorat shakli: Savollarga yozma javob amaliyotda qo‘llay olish. Bo`limda qaysi mavzularni o`rgandigiz? Qaysi hikoya sizga ko`proq yoqdi v anima uchun Qodirga siz qanday maslahat bergan bo`lardingiz? “Qo`rqoq hikoyasidagi” Bahrom qanday qahramonlik ko`rsatdi? Insonda qanday yaxshi xislatlar bolishi kerak deb o`ylaysiz? 11-NI
Maqsad: O`quvchilarning egallagan bilimlarini va kompetensiyalarini aniqlash. Sevimli qahramonlar haqida suhbat uyushtiriladi, darslikdagi matnlardan ham foydalaniladi va sevimli qahramonlar haqida mustaqil insho yoziladi. Nazorat shakli: Mustaqil insho amaliyotda qo‘llay olish. Rejani o`quvchilar mustaqil tuzadilar
Download 300 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling