Navoiy soqiynomasi kompazitsiyasi
Download 89.72 Kb.
|
Xo`jamuratova Fotima4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- E`tiboringiz uchun raxmat...
Navoiy soqiynomasi kompazitsiyasi.
Soqiynoma Navoiy ijodida o‘ziga xosligi
Soqiynoma, eng avvalo, Navoiyning shaxsi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ahamiyatlidir. Gap shoirning zamondoshlari bo‘lmish shoh va shahzodalar haqida boradimi, ijod ahli vakillari ustidami, davrning ayrim masalalari borasidami– baribir, ularning barchasi Navoiy shaxsiyati bilan u yoki bu darajada aloqador bo‘lib, ana shu nuqtai nazar bilan baholanadi. Muhim tomoni shundaki, asarning ko‘pchilik qismi Navoiyning turli shaxslarga, ularning faoliyatiga munosabatini tasvirlashga bag‘ishlangan bo‘lsa ham, tasvir jarayonida shoirning davrning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va estetik masalalariga doir qarashlari ham bilvosita namoyon bo‘ladi. Navoiy soqiynomasi o‘z mohiyatining muhim ikki jihati bilan salaflari asarlaridan farq qiladi:
XXI – XXVII bandlarda Navoiyga shaxsan yaqin bo‘lgan ijodkorlar (Vafoiy, Mir Haydar Suhayliy, Tufayliy, Jomiy, Sayid Hasan, Pahlavon Muhammad kabi) haqida so‘z boradi. XXVIII band ishq va u bilan bog‘liq kechinmalar, XXIX band esa vafo va zamon ahliga bag‘ishlangan. XXX bandni o‘zining sodiq do‘stlari bo‘lmish marhum shoirlardan ayrimlariga (Muammoyi, Xoja Kamol, Mir Sadr, Bade’iy, Yor Tanbal, Sabzavoriyga), XXI bandni esa hayot bo‘lgan ijodkorlarga bag‘ishlagan. XXXII band xulosa o‘rnida bo‘lib, shoh madhi bilan yakunlanadi. Xulosa
Ikkinchi tomondan, bu asar tarkibidagi ba’zi bir ma’lumot va ishoralar, Navoiyning yirik asarlarida badiiy umumlashma tarzida qo‘yilgan ayrim masalalarning haqiqiy yo‘nalishi, shoir fikrlarining haqiqiy mohiyatini to‘g‘ri payqab olish, ularning rivojlanish jarayonini kuzatish uchun imkoniyat yaratadi (jumladan, Baddiuzamonga bag‘ishlangan qism Navoiy “Xamsa”sidagi ayrim o‘rinlarni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi). Xullas, o‘z mohiyati va badiiy uslubi bilan o‘ziga hos bo‘lgan soqiynoma Alisher Navoiy ijtimoiy, estetik qarashlarining ba’zi qirralari, o‘z davri va zamondoshlari haqida mulohazalarining poetik sintezidan iborat bo‘lib, “Mahbubu-l-qulub”, “Majolis-un-nafois” kabi asarlari bilan yonma-yon qo‘yilganda, umuman, Navoiy ijodiy dahosining yaxlit manzarasini yaratish uchun xizmat qiladi. Navoiyning bu masnaviysi turkiy tildagi soqiynomaning birinchi yetuk yeamunasi bo‘lib, o‘z mohiyati bilan shu janr taraqqiyotining yangi va yuksak bosqichi hisoblanadiSoqiynomaning ahamiyati, eng avvalo, Navoiy hayoti va ijodiy yo‘lining aytim muhim o‘rinlarini, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan davlat va madaniyat arboblariga munosabatini, qolaversa, ijtimoiy-siyosiy qarashlarining ba’zi jihatlarini o‘ziga xos yo‘sinda izohlab berishibilan belgilanadi. E`tiboringiz uchun raxmat...Download 89.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling