4- sinf oqish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari o'qish. Mundarija kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida sinfdan tashqari ishlar


II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI SAVOD O’RGATISH DAVRIDA YOZISHGA O’RGATISHDA IMLOVIY BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH


Download 45.78 Kb.
bet4/6
Sana25.10.2023
Hajmi45.78 Kb.
#1719000
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI SAVOD O’RGATISH DAVRIDA YOZISHGA O’RGATISHDA IMLOVIY BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH
2.1 Sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish metodikasi.
STO` mashg`uloti quyidagi tartibda olib boriladi.
1. O`quvchilarga o`qib beriladigan asarni diqqat bilan tinglash va eng muhim o`rinlarini eslab qolish kerakligini aytish.
2. Tanlangan asarni o`qituvchining ifodali (ayrim o`rinlarini takrorlab) o`qib berishi.
3. O`quvchilarning tinglagan asarlari yuzasidan birgalikda mulohaza yuritishlari, ayrim voqea va hodisalarni eslashlari.
4. O`quvchilarning kitobni ko`rib, undan o`qituvchi o`qib bergan asarni topishlari.
5.O`quvchilarga darsdan keyin sinf kutubxonasi yoki uylardagi kitoblar bilan ishlashga doir tafsiyalar berish.
O`quv yili davomidagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarining hammasi shu tartibda olib boriladi. Darsning boshlanish qismida esa hafta davomida o`tilgan darslarning o`quvchilar tomonidan bo`sh o`zlashtirilgan o`rinlarini mustahkamlashga e’tibor beriladi.
Sinfdan tashqari o`qishning birinchi soatida o`quvchilarga shunday darslarning bir yilgi maqsad va vazifalari aytiladi.
Birinchi sinfdagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarning mazmuni va metodikasi boshqa sinflardagi sinfdan tashqari o`qishdan farq qiladi. Bunda quyidagilarga etibor beriladi:
O`quvchilar har bir darsda faqat birgina kichik hajmli kitob bilan tanishtiriladi. O`quvchilar o`qituvchining kitobiga ishlangan rasmlarni ko`rsatishi va asarni o`qib berishi asosida shu kitob haqida mulohaza yuritiladi. Shunga ko`ra , olti yoshlarga ko`rsatiladigan va o`qib beriladigan kitoblar rangdor bezakli , undagi rasmlar asar mazmuniga moslab ishlangan bo`lishi kerak.
2. Mashg`ulotda o`qib beriladigan kitob oldindan tanlab qo`yilishi lozim. Kitob ustida ishlab bo`lingach u sinf kutubxonasiga qo`yiladi. O`quvchilarga bo`sh vaqtlarida uni varaqlab kuzatishlari aytiladi.
3. Qiziqarli ertak, masal va she’riy asarlar o`quvchilarda o`qishga qiziqish uyg`otadi.
4. Sinfdan tashqari o`qish jarayonida nutq o`stirish ishlariga alohida e’tibor beriladi. O`quvchilardan savollarga to`g`ri, tushinib va so`zlarni o`rinli ishlatib javob qaytarishlari talab qilinadi.
5. Bolalarda kitob bilan tanishtirishda quyidagilarga rioya qilish maqsadga muofiqdir:
- Tanlangan asarni normal tezlikda - oddiy gaplashuv tezligida o`qish. Asarning ayrim o`rinlarini yoddan aytish. O`qish jarayonida u yoq- bu yoqqa yurmay , bir joyda turish.
- O`qituvchi kitobni o`qiyotganida uning muqovasi va ichiga ishlangan rasmlarni ko`rsatmasligi kerak. CHunki o`quvchilar diqqati bo`linadi.
- Kitob va undagi rasmlarni o`quvchilarning aniq mukammal, sinchiklab ko`rishga sharoit yaratish, o`qiy oladigan ayrim o`quvchilarga ba’zi gap, so`z va bug`inlarni o`qitish ham maqsadga muofiqdir.Tanishtirilayotgan kitob yoki o`qilayotgan asar yuzasidan berilgan savolga javob qaytarayotgan o`quvchi doska oldiga chiqib o`z fikrlarini asoslash uchun kitob yoki undagi rasmlarni ko`rsatishi mumkin.
Mashg`ulot davomida kitobni ko`rsatish va tanishtirish quyidagicha tashkil etiladi:
kitob muqovasining birinchi va oxirgi betlaridagi bezaklar bilan tanishish;
kitob muqovasidagi birinchi va oxirgi betlaridagi yozuvlarni o`qish;
muqovadagi yozuv va uning bezaklarini mazmuniga ko`ra taqqoslash;
kitobni har bir betidagi rasmlar va sarlovhalarni birma- bir ko`zdan kechirish;
asarga ishlangan rasmlarni sinchiklab kuzatish;
Sinfdan tashqari o`qish samaradorligini oshirishda tanlanadigan kitob va asarlar g`oyasiga e’tibor berish, o`qish texnikasi hamda qayta hikoyalash jarayonida o`qituvchining shaxsiy namunasi muhim o`rin tutadi. Shuning uchun o`qituvchi tayyorgarlik paytida o`qib beriladigan asarni bir necha marta takror o`qib chiqishi , ayrim o`rinlarini yod olishi va mashg`ulotning aniq planini ishlab chiqishi zarur.
Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotining boshlanish qismida o`quvchilar diqqatini to`plash maqsadida shunday murojaat qilinadi:
- Bolalar , bugun ajoyib bir kitobcha olib keldim. Bunda (o`qituvchi kitobni ko`rsatadi ) juda qiziq ertaklar bor. Mana shu ertaklardan o`qib beraman. Mazmunini yaxshilab tushunish uchun e’tibor berib eshitib o`tirasiz. Eshiting…
O`qituvchi ertakni shoshilmay , muhim o`rinlarini takrorlab va ovozini ertak qahramonlari xarakteriga moslab o`qiydi. Ertak o`qiganidan keyin uning mazmunini ochish va o`quvchilar tushunchasini kengaytirish maqsadida savol - javob o`tkaziladi.
Ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha soda savollar berish mumkin:
- Ertak sizga yoqdimi? Bu ertak nima haqida ekan? Shu ertakni kim eshitgan edi? Qayerda va kimdan eshitgan edi? Ertak qanday so`zlar bilan boshlangan? Bu ertakni boshqacharoq qilib qanday nomlash mumkin?...
Dastlabki paytlarda o`quvchilar javob qaytarishda qiynaladilar. Ular qisqa yoki bir so`z bilan javob qaytarishlari mumkin. Bunday holatda o`qituvchining o`zi yordam berishi lozim
Savol-javoblardan keyin kitob birgalikda ko`rib chiqiladi. Kitob bilan dastlabki tanishtirishda uni o`qituvchi hamma o`quvchilarga ko`rinadigan qilib, ko`krak balandligida ushlaydi. Dastlab o`quvchilarning diqqati kitobning muqovasiga jalb qilinadi. Muqovadagi rasmlar va undagi yozuv (kitob nomi va avtori) ko`rsatilib , qisqacha tushuncha beriladi. Agar o`quvchilar shu avtorning biror kitobi bilan oldindan tanish bo`lsalar , uni eslaydilar. Muqovadagi rasmda nimalar tasvirlangan bo`lsa , u haqidagi tasavvur-tushunchalarini aytadilar, kitob nomini o`qishga harakat qiladilar. (Bu vaqtda hamma harflar o`rganilmagan, lekin maktabgacha tayyorgarligi yaxshi bo`lgan ayrim o`quvchilar uni o`qishlari ham mumkin .
O`qituvchi kitobni asta –sekin varaqlab , har bir betdagi rasmlarga alohida to`xtab izoh beradi. Ko`rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan o`quvchilar fikri eshitilib , to`ldiriladi. O`quvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar o`quvchilarga o`qitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi. Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga ko`zlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin o`quvchilar asta – sekin bu ishga o`rganib va ko`nikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka-ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirig`i berilib, dars yakunlanadi.
Boshlang'ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashkari mashg’ulotlarga e'tiborni kuchaytirish bilan ham ta'lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo'shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya'ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg'otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to'ldirishdir. Huddi dars bo'lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf rahbarining vazifasi mas'uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas'uliyat ulardan doimiy ravishta o'z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yo'naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy hususiyati, o'quvchi kundalik hayotining namoyon bo'lishidir. O'quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqaritarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma'naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o'quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o'stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg'ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo'yadi. Ularning hjarayonidaar biri o'zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko'rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o'quvchilar hayoti bilan ya'ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan kunlari bilan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 1-sentyabr, Kuz bayrami, Konstitusiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, Mashhur allomalarning tug'ilgan kunlari, 8-mart, Navro'z bayrami, gullar bayrami kabilar.
Mana shunday tadbirlar bevosita o'quvchilarda Vatanga e'tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog'liq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga material tanlashda eng qimmatli manba bo'lib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi.
O'qituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda kuyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:
- tarbiyaviy tadbir o’quvchining yoshi, ruhxiy holatiga mos bo'lishi lozim;
- har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak
- tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi kerak;
- tadbir orqali boshlangich sinf o’quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o’zaro yordam kabi ahloqiy sifatlar tarbiyalanib borishi darkor.
Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi
1. Tadbirni rejalashtirish;
2. Tadbir yuzasidan o'quvchilarga tushuncha berish;
3. Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o'quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta'minlash;
4. O'quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishqlarni taqsimlash;
5. Tadbirni amalga oshirish;
6. Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o'qituvchi tomonidan oldindan chuqur o'rgaqnilgan bo'lishi lozim.
O‘qish savodxonligi - bu tushunish, foydalanish, baholash,
mulohaza yuritishdir
“Tushunish” termini keng qabul qilingan “o‘qib-tushunish” tushunchasini bilan
bog‘lanib, bu degani, barcha o‘qish faoliyati o‘quvchining avvalgi mavjud bo‘lgan bilimi asosida ma’lumotlarni qaysidir darajada umumlashtirishni anglatadi.
Hattoki, o‘qish jarayonining ilk boqichlarida o‘quvchilar matnlarni tushunishda
ramziy bilimlarini ishga solishlari (masalan, harflardan foydalanish) va matnda
anglashilgan ma’noni tushunish uchun lug‘at boyligini qo‘llashni talab etadi.
Shunday bo‘lsada, mazkur umumlashtirish jarayoni ancha kengroq bo‘lib, u
matnlar real dunyo bilan qanday bog‘lanishiga oid aqliy modellar rivojlantirilishini ham o‘z ichiga oladi. “Foydalanish” so‘zi qo‘llash va ishlatish tushunchalariga ya’ni
biz o‘qiydigan ma’lumotlar bilan nimadir qilishga nisbatan ishlatiladi. “Baholash”
termini 2018-yil o‘tkazilgan tadqiqotlarga kiritilib, u o‘qish savodxonligini odatda
biror maqsadga yo‘naltirilganligi va natijada, matnning o‘quvchining maqsadiga
mosligi, muallifning nuqtai nazari, matnda keltirilgan mulohazalarning ishonchliligi
kabi omillarga oid tushunchalarni umumlashtiradi. “Mulohaza yuritish” termini i.“tushunish” termini bilan birga ishlatiladi, “qo‘llash” va “baholash” terminlari o‘qish faoliyati interfaol tushuncha ekanligiga urg‘u berib, o‘quvchilar matn bilan ihlash orqali o‘z tajribalari va tasavvurlariga murojaat qiladi. Har bir o‘qish jarayoni qaysidir ma’noda mulohaza yuritishni taqazo etib, unda o‘quvchi (kitobxon) matn ichidagi va matndan tashqaridagi ma’lumotlarni bir-biriga taqqoslaydi va qayta tahlil qiladi.
O‘quvchi ma’lumotlar, tajribalar va bilimlar bazasini boyitib borgach, u o‘qish orqali
olgan ma’lumotlari orttirgan bilimiga zid yoki mos ekanini doimiy tekshirib boradi .
Sinfdan tashqari oʻqish oʻquvchilarning mustaqil faoliyati asosida uyushtiriladi
[4]. Bu esa, bir tomondan, oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini, qiziqishlari doirasini,
ikkinchi tomondan, oʻqishga tavsiya qilinadigan asarlarning dastur mavzusiga
mosligi va badiiy barkamolligini alohida inobatga olishni taqozo etadi. Shuningdek,
sinfdan tashqari oʻqish jarayonida nutq oʻstirish ishlariga alohida e‟tibor beriladi.
Chunki unda qoʻllaniladigan turli usullar: matnni ifodali oʻqish, rollarga boʻlib
oʻqish, tanlab oʻqish, yod olish, asar mazmuni yuzasidan reja tuzish va shu asosda
qayta hikoyalash, qisqartirib hikoyalash, shaxsini oʻzgartirib hikoyalash, asar
mavzusini aniqlash, qahramonlarning fe‟l-avorini tavsiflash va hokazolar
oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini oʻstirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan tashqari oʻqish darslarida xalq ogʻzaki ijodi (ertak, maqol, topishmoq)
ni oʻqib-oʻrganish, badiiy asarni tahlil qilish orqali ogʻzaki nutqni oʻstirishning
muhim omillaridan hisoblanadi[5].
Yuqoridagilarning barchasida oʻquvchilarning oʻqish malakalari
shakllantiriladi, oʻqilgan asarni tushunishga oʻrgatadi, ularning soʻz boyligini oshirib,
lugʻatini boyitadi. Sinfdan tashqari oʻqish, oʻz navbatida, qiziqarli, oʻziga jalb
etadigan faoliyat boʻlib, umuman, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash
uchun material beradi. Shuningdek, sinfdan tashqari oʻqish darslarida ayrim qiyin
soʻzlar tushintiriladi, oʻquvchilar diqqati esda saqlab qolish lozim boʻlgan aniq, qulay
nutq oborotlariga qaratiladi.
Barcha qiyin soʻzlarni tushuntirish imkoni boʻlmagani uchun bolalar tegishli
bet tagida berilgan ayrim soʻzlar izohini oʻqishga oʻrgatiladi. Shu tariqa ularning
lugʻat boyligi yangi soʻzlar bilan boyib boradi
Sinfdan tashqari o ‘qish uchun kitob tanlash tam oyillari
M etodikaning vazifalaridan biri STO‘ uchun kitoblar tanlash,
o'qiladigan adabiyotlar ro'yxatini tavsiya qilish, yillik o‘quv rejasi va
dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlashda quyidagi
tamoyillarga amal qilinadi:
1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi. Bunda
o'quvchilarga vatanimiz o'tmishi, mustaqillik uchun kurash, xalq
qahramonlari, xalq turmushi haqidagi, oilada, maktabda va jamoat
joylarida o'zaro munosabatlarda yuzaga keladigan axloqiy muammolar
haqidagi, tabiat va uni asrab-avaylash haqidagi kitoblar tavsiya etiladi.
2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi
e ’tiborga olinadi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, sh e’rlar, topishmoqlar, maqollarni o'qishga qiziqqanlari
uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
3. Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.
1-sinfda kichik hikoya va ertaklarni o'qish tavsiya etilsa, 2—4-sinflarda
mavzular doirasi kengaytirilib, kundalik turmushda ro'y berayotgan
turli voqealar tasvirlangan asarlar, gazeta va jurnallardagi kichik hajmli
xabarlarni o'qish ham tavsiya etilishi mumkin.
4. Kitob tanlashda o ‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil
o ‘qishi hisobga olinadi. Bunda o'quvchilar o'ziga qiziqarli bo'lgan
o'zbek va xorijiy bolalar adabiyoti yozuvchilarining asarlarini o'zi tanlashi muhim ahamiyatga ega.
Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir
qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, m a’lum
bir mavzuga oid kitoblami tanlay oladigan, gazeta va jurnallami ham
mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan
tashqari o'qish (S T 0 ‘) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi,
ko'p narsani bilishga havasni orttiradi.
STO'ning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob
tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri
Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO' darslari tashkil
etilgan. STO ‘ darslari 1-2 -sin fd a haftada 1 marta, 3—4-sinfda 2
haftada I marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi
oxirgi alifbe darsining 1 7 -2 0 daqiqasi ajratiladi.
Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq
bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda
yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik
madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas
uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur.
Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini
shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi.
Badiiy va ilm iy-om m abop asarlar mustaqil ravishda va izchil o'qib
borilsagina, o'quvchilam ing dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi.Sinfdan tashqari o'qish tanish bo'lmagan mualliflarning kitobi muqovasi,titul varag'i,kirish so'zi,mundarijasi va suratlari qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchida badiiy kitoblami o'qishga havas uyg'otish, o'qigan kitoblari yuzasidan
kundalik yurita olishga o'rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elem entar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Sinfdan tashqari o'qish, o'z navbatida, qiziqarli va o'ziga jalb
etadigan faoliyat bo'lib, o'quvchilam ing bilimi va dunyoqarashini
kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg'otadi. Shuning
uchun ham bu xildagi darslaming qurilishi ham xilma-xil bo'ladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarida o'quvchilar o'qigan kitoblari
hisobga olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri,
kompozitsion tuzilishi, sujet qurilishi, qahram onlar timsoliga oid tahlil
elementlari o'qituvchi savollari asosida o'quvchilar ongiga singdirila
boriladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar
o'tkaziladi. Darslar rejasi butun o'quv yili uchun oldindan tuzilishi
lozim
Sinfdan tashqari o'qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil
amaliy faoliyatga o'rgatish, bilimini boyitish va o'qish ko'nikmalarini
takomillashtirishdir. O'quvchilarga sinfdan tashqari o'qish darslarida
o'qishlari zarur bo'lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan
ko'rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob
ko'rgazmalari tashkil etiladi. Bu jarayonda kitob muqovasi, tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanib-bilib olish
rasm asosida asarlaming nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga
erishish muhim ahamiyatga ega.
O'quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan
kitob tanlash va o'qish ko'nikmalarini shakllantirish, ulami o'qigan asari
mazmunini qisqacha so'zlab berishga o'rgatish lozim.
O'qish mavzusi sinfda o'qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg'unligiga, ta’lim-tarbiya birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga
rioya qilgan holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi.
Sinfdan tashqari o'qish uchun tanlanadigan mavzular, asosan, quyidagicha rejalashtirilishi mumkin:
1. Gulla-yashna hur O'zbekiston!
2. Mustaqillik — oliy ne’mat.
3. 0 ‘zbekistonning qahram on o'g'lonlari.
4. Tabiat — bizning uyimiz.
5. Odob — oltindan qimmat.
6. Ona tilim — jon-u dilim.
7. Bilim ol, hunar tanla! va boshqalar
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini yanada takomilashtirish, til materialini chuqur o`rganish, o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olish uchun orfografik malaka va ko`nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, ona tili darslarida imloviy bilimlarni mustahkamlash ko`p jihatdan orfografik tahlillar bilan olib boriladi. Imloviy mashqlar turli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi hamda turli mashqlarni ozlashtirishda, turli xil til materiallarini organishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish, ularning til materiallarini ongli o’zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ta’lim maqsadiga erishish yo’llarini izlab topish va amalda tadbiq etish sohasida jiddiyroq o’ylab ko’rish vaqti kеlganligining yana bir dalilidir.
Boshlang’ich sinf savod o’rgatish darslarida o’quvchilarning asosiy imloviy bilimlarini oshirish, tahlil usullari, ya’ni ko’chirib yozuv, diktant tahlili, leksik-orfografik, mofologik-orfografik, leksik-sintaktik, analitek-sintetik, sintaktik-orfografik tahlil tularining ifodalanishidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, demak tahlilning barcha turlari imloviy tur bilan bog’likligi ayon bo’ldi. Shuning uchun, darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishddan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars mashg’ulotlarini o’quvchilarning imloviy malakalarini yuzaga
keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.
“Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir” – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko’ra, boshlang’ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto’g’ri bo’lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo’lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko’p yil, balki asrlarga ham asqotadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim- tarbiya beruvchi o’qituvchiga juda ko’p narsa bog’liq bo’ladi. Hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi erkin fikrli, keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg’ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo’lishi lozim.

Download 45.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling