4- umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Barno Qo`ldashevaning yillik hisoboti
Download 29.5 Kb.
|
HISOBOT
4- umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Barno Qo`ldashevaning yillik hisoboti. Biz 2014-2015-o`quv yilini yaxshi kayfiyatda boshladik. Mustaqilligimizni 23-yilligi hamda ,,Bilimlar kunini`` tantanali ruhda o`tkazdik. Men bu yil 3-``B`` ish faoliyatimni boshladim. O`z mutahasisligim bo`yicha 18 soat dars bilan taminladim. O`qish, ona tili, matematika, mehnat, musiqa, tasviriy san`at fanlaridan dars bera boshladim. Yillik ish reja, ma`naviyat soatiga ish reja tuzib ish boshladik. Reja asosoda dars ishlanmalar tayyorlab bordim. Sinfimda 26 ta o`g`il bolalar va 12 ta qiz bolalar mavjud. Yil boshida ota- onalar yig`ilishi o`tkazib, farzandlarini maktabga formada va o`z vaqtida jo`natishlari haqida kelishib oldik. Darslarni qiziqarli turli metodlarga tayangan holda noana`naviy usullarda o`tishga harakat qildim. Tajribali ustozlar darslariga kirib, garslarini kuzatib bordim va tahlil qildim. Oktabr oyida Matematika fanidan ochiq dars otib berdim, darsga kirgan ustozlar o`z fikr mulohazalarini bildirishdi. Darslarni o`z vaqtida o`tib, sinf jurnallarga yozib bordim. O`quvchilarni ush daftarlari yozma ish daftarlari mavjud bo`lib, ularni o`z vaqtida tekshirib bo`rdim. Yozma ishlar ham reja qsosida olindi. Piroyexnika vositalariga hamda giyohvandlikka qarshi kurash bo`yicha diktantlar olindi va tekshirildi. O`quvchilar hushyorlikka va ogohlikka chaqirildi. Faxrli o`rinlarni egalagan o`quvchilar yozma ishlari XTMFMTTEB ga taqdim etildi. Ma`naviyat soatlar har juma kunlari oz vaqtida o`tib borildi va Ro`ziboyev, Matkarimovlar tomonodan tekshirilib borildi. Fevral oyida bobolarimiz A. Navoiy va Z.M. Boburtavalud kuniga sinfimiz o`quvchilari tadbir tayyorlab ko`rsatishdi. Aprel oyida Amir Temur bobomiz tug`ulgan kuniga ,,Amir Temur buyuk sarkarda`` mavzusida ochiq mashg`ulot o`tib berdim. Tarixiy sanalar uchun bayram kunlariga devoriy gazetalar tayyorlab borildi. Har bir chorak yakunida ota-onalar yig`ilishi otkazildi va qarorlari yozib borildi.past o`zlashtiruvchi, dars qoldiruvchi o`zi va ota-onasi bilan suhbatlar o`tkazildi. Sinfimiz jamoasi ahil-inoq, o`quvchilarning ortasidsa o`zaro mehr-oqibat hurmat bor. O`quvchilarning 13 nafari a`lo bahoga, 18 nafari yaxshi bahoga, 7 nafari esa qoniqarli bahoga o`qiydi. O`quvchilar o`quv yili boshida ijara daftarlari, kundalik daftarlari bilan ta`minlandi. O`quv yili o`rtalarida fan bo`yicha nazorat daftarlari berildi. Sinf xonasi o`quv jihozlari bilan to`liq taminlangan. Homiylar yordamida qishda xona derazalari plyonka bilan qoplanib, pechka qurildi. ota-onalar homiyligida deraza pardalari tayyorlanib olindi. O`quvchilar barchasida kundaliklar mavjud. Haftaning har shanba kuni kundaliklari tekshirilib turiladi. Yanvar oyida Tumanda o`tkazilgan ,,Orginal ko`rgazma tanlovi`` da ,,Oqila qiz`` ko`rgazmasini tayyorlab ishtirok etib faxrli o`rinlarni olib qaytishdi. O`quvchilar bosh vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida sinfda ,,Ifodali o`qish`` to`garage oyiga 2 martadan o`tib borildi. Bundan tashqari o`quvchilar maktabimizda ochilgan sport togaraklariga ham qatnashadilar. Ular musobaqalarda ishtrok etib 1-2-3-o`rinlarni olib qaytishdi. Sinfimiz o`quvchilari obuna masalasida ham faol qatnashib, 4 ta bilimdonga, 1 ta Bulbulcha gazetasiga obuna bo`lishdi. Maktabda metallom, maklatura yig`ish bo`yicha sinflar aro 3-orinni olishdi. Sinf xonamiz, sinf jihozlari va darsliklar yil yakuniga qadar yaxshi saqlandi. Bu o`quv yili ham boshqa o`quv yillari singari samarali va muvaffaqiyatli yakunlandi. Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling