4. 01 Kompyuter tarmoqlari
Download 0.61 Mb.
|
4 Kompyuter tarmoqlari
KALIT SOʻZLAR
WLAN: noutbuk, smartfon yoki planshet kabi mobil texnologiya foydalanuvchisiga simsiz aloqa orqali LAN tarmoqqa ulanish imkonini beradigan simsiz lokal tarmoq. Bluetooth: kompyuter, telefon va boshqa qurilmalarda foydalaniladigan simsiz texnologiya bo’lib, qurilmalarga radio toʻlqinlardan foydalanib qisqa masofada oʻzaro aloqa qilish imkonini beradi. Bluetooth [blyutus] simsiz uzatishning Wi-Fi texnologiyasiga qaraganda kuchsizroq shaklidir; Bluetooth bir-biriga yaqin boʻlgan muayyan qurilmalar oʻrtasida simsiz aloqa usulini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. Bluetooth texnologiyasidan quyidagilarni bajarishda foydalanish mumkin: • bluetooth sichqochani simsiz ulash va undan foydalanish imkoniyatini beradi. Natijada simli sichqonchaga qaraganda koʻproq harakatlanish erkinligini taqdim etadi; • printerga simsiz ulanish; bu foydalanish uchun kamroq sim talab etadi kompyuter atrofining xavfsiz boʻlishini ta’minlaydi (qoqilib ketish uchun sim kam, 8.01-bo‘limga qarang) • laptop va telefon oʻrtasida aloqa maʼlumotini simsiz sinxronlash uchun foydalaniladi; • oʻyin kontrolleridan oʻyin konsollari bilan birga foydalanish yoki ikki kishi bir-biriga qarshi oʻynay olishi uchun ikkita konsolni ulash imkoniyatini beradi. Bluetooth texnologiyasidan foydalanishning barcha shakllari ikkita umumiy jihatga ega: • uzatmalar diapazoni kichik boʻlishi kerak; • muayyan vaqtda uzatilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar hajmi kichik bo‘lishi kerak. Bu fakt qimmat qurilma talabiga ega murakkabroq Wi-Fi texnologiyasiga zarurat yoʻqligini anglatadi. Bluetooth va Wi-Fi turli standartlardan foydalanadigan simsiz aloqa usullaridir. Bluetooth qisqa masofadagi tashqi qurilmani ulashga moʻljallangan simsiz radio tizimiga asoslanadi. Wi-Fi tarmogʻi esa internetdan keng polosali kanal tezligidan foydalanish imkonini beradi. Bluetooth asosan simsiz sichqoncha, klaviatura yoki quloqchin kabi tashqi qurilmalar uchun moʻljallangan boʻlsa,Wi-Fi asosan foydalanuvchilarga internetdan keng polosali kanal tezligidan foydalanish imkonini berish uchun kabelsiz kompyuterlararo ulanish uchun moʻljallangan. Bluetooth oʻtkazish imkoniyati past qurilmalarda foydalanish uchun qulaydir. Shu bilan birga bir-biriga yaqin qurilmalar oʻrtasida maʼlumot uzatishda, ya’ni tezlik muammo boʻlmaydigan hollarda foydalidir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling