4. 01 Kompyuter tarmoqlari


Download 0.61 Mb.
bet1/6
Sana05.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1749209
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 Kompyuter tarmoqlari

4.01 Kompyuter tarmoqlari


Kompyuter tarmoqlari, odatda, mintaqaviy tarmoq turi sifatida tasvirlanadi. Siz eng koʻp duch keladigan tarmoq turlari lokal tarmoq (LAN – Local Area Network), mintaqaviy tarmoq (WAN – Wide Area Network) va simsiz lokal tarmoqdir (WLAN – Wireless LAN).
LAN bir-biriga bevosita yaqin joylashgan bir nechta kompyuter guruhini tarmoqqa birlashtirish imkonini beradi. Odatda,lokal tarmoqdan maktabda, ofisda va uyda foydalaniladi. LAN oʻz tarkibidagi kompyuterlarga fayl, printer, oʻyin va shu kabi manbalardan birgalikda foydalanish imkoniyatini berishi bilan afzal hisoblanadi.
WAN tarmoq, odatda, nisbatan kengroq geografik hududlarni qamrab olish maqsadida LAN tarmoqlarni oʻziga birlashtiradi.
Odatda, WAN tarmoq shahar, mamlakat yoki bir nechta mamlakatni oʻzaro bogʻlaydi. Internet WAN tarmoqqa misol boʻladi; u butun dunyo boʻylab lokal tarmoqlarni oʻzaro bogʻlaydi.
Bir nechta shaharda ofislarga ega tashkilotni koʻz oldingizga keltiring; tabiiyki, ularning har birida har bir binoga LAN tarmoq oʻrnatilgan, keyin ularning barchasi WAN tarmoqqa ulanadi.
WAN: mintaqaviy tarmoq geografik jihatdan alohida boʻlgan hamda telefon liniyalari yoki radio toʻlqinlari orqali bogʻlangan ikki yoki undan ortiq lokal tarmoqdan tashkil topadi.
WLAN: simsiz lokal tarmoq qisqa masofalarni qamraydi, radio yoki infraqizil signallardan foydalanadi.
WLAN, LAN tarmog‘i kabi, qisqa masofalarni qamrab oladi.
U anʼanaviy tarmoq kabellari oʻrniga, radio yoki infraqizil signaldan foydalanib, simsiz tarzda ulaydi.
Router
Router (ba’zida “marshrutizator” deb ham yuritiladi) ikki yoki undan ortiq tarmoq oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi, router maʼlumotlar paketlarini toʻgʻri manzilga yoʻnaltirish uchun birgalikda ishlaydi. Ular bu aloqani aqlli tarzda taʼminlashi aytiladi, chunki barcha routerlar:
tarmoq oʻrtasida xabar uzatilishi kerakligi yoki yoʻqligi haqida qarorlar qabul qiladi;

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling