2. Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar). Yuksak tuzilgan organizmlarda DNK xromosomalarda joylashgan bo`ladi. Xromosomalar turli shakllarda bo`lib, murakkab struktura tuzilishiga ega. Har bir xromosomada DNK ning bitta gigant molekulasi joylashgan, uning molekulyar og`irligi taxminan 10¹¹, uzunligi bir necha sm atrofida bo`ladi va xromatinning asosini tashkil etadi.
Xromatin molekuladan yuqori tuzilgan strukturaga ega bo`lib, unda qo`sh zanjirli DNK molekulasi oqsil, kam miqdordagi RNK va anorganik moddalar bilan murakkab kompleks hosil qiladi. Xromatin tarkibidagi komponentlar nisbati foizlarda quyidagicha bo`ladi: DNK 30-45, gistonlar 30-50, giston bo`lmagan oqsillar 4-33 va RNK 1,5-10.
Xromatinning asosiy qismi faol emas, uning tarkibida zich taxlangan DNK joylashgan. Faol xromatin turli xil hujayralarda 2-11 % ni tashkil etadi. Bosh miya hujayralarida uning miqdori ko`proq – 10-11%, jigarda – 3-4 % va buyrakda – 2-3%. Elektron mikrosko’da xromatin munchoq shaklida ko`rinadi: uning sharga o`xshash kengaygan qismlari 10 nm atrofida bo`lib, ipsimon qismlari bilan bir-biridan ajralgan bo`ladi. Bunday sharsimon kengaygan joylari nukleosomalar deb ataladi. Har bir nukleosoma qo`sh spiralli DNK parchasi bo`lib, uzunligi 140 juft nukleotid va 8 molekula giston (O’2A, O’2B, O’3, O’4) ga teng. Har bir nukleosomada 4 turdagi gistonlarning har biridan ikki molekuladan joylashgan. Qo`sh spiralning ipsimon qismlari 30-60 juft asosdan iborat bo`lib, O’1 gistoni bilan bog`langan hamda turli xil hujayralarda uning uzunligi har xil bo`ladi. Odam DNK si molekulalarining uzunligi santimetrlar bilan o`lchansa 3-5 sm atrofida bo`ladi, xromosomaning uzunligi atigi bir necha nanometr keladi. Demak, xromosomada joylashgan DNK juda qisqargan bo`ladi.
Nukleosomada DNK ning taxlanish darajasi beshga teng, ya’ni uning uzunligi 5 martaga qisqaradi. Taxminan 90 % DNK nukleosoma tarkibiga, qolgan qismi esa ipsimon qismiga to`g`ri keladi. Nukleosomalar “tinch” turgan xromatin, ipsimon qismi esa faol xromatin parchalaridir.
Nukleosomalar yoyilishi va to`g`ri shaklga o`tishi mumkin. Yoyilgan nukleosomalar faol xromatinga aylanadi. Bunda bajaradigan vazifaning strukturaga bog`liqligi yaqqol namoyon bo`ladi. Globulyar nukleosomalar tarkibida qancha ko’p xromatin bo`lsa, u shuncha faollashmagan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |