№ 4-16012103/2575
A J R I M
arizani qabul qilish va ish qo’zg’atish to’g’risida
2022- yil aprel oyining 18-kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi A.Ergashev, da’vogar
Ibrohimova Nargiza
Choriyevnaning javobgar Ibrohimov Tursinali Akbarjonovichga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi
bilan tanishib chiqib,
A N I Q L A D I M:
Da’vo ariza tegishli tartibda to`g`ri tuzilganligi, da’vo ariaga ilova qilingan dalil va hujjatlar yetarli ekanligini aniqlab, da’vo arizani qabulq qilib, fuqarolik ishini qo`zg`atish lozim deb bilaman. Da’vo ariza O`zbekiston Respublikasi FPK 189-191-moddalari talablariga javob beradi deb hisoblayman.
Yuqoridagilarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi FPK 189-191-moddalarini qo`llab,
A J R I M
Q I L A M A N:
Da’vogar Ibrohimova Nargiza Choriyevnaning javobgar Ibrohimov Tursinali Akbarjonovichga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi da;vo arizasi ish yurituviga qabuil qilinsin va fuqarolik ishi qo`zg`atilsin.
Ajrim ustidan shikoyat berilmaydi, protest keltirilmaydi.
Sudya: A.Ergashev