№4-16012103/2575 ajri m arizani qabul qilish va ish qo’zg’atish to’g’risida
Ўзбекистон Республикаси Олий суди
Download 214.65 Kb.
|
fpk arizani qabul qilish va ish gozgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Суд ҳужжати “Гибрид почта” хизмати орқали юборилганлигини тасдиқловчи маълумот
- Суд ҳужжати топширилганлиги ҳақидаги маълумот
- Ўзбекистон Республикаси Олий суди Верховный суд Республики Узбекистан
- Advokat tomonidan ishni olib borishga ORDER № 33445
4-12022-3228/8843-sonli ish SUD MAJLISI BAYONNOMASI Sud majlisi soat 12:30da boshlandi. 2022 yil aprel oyining 27-kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Isboskan tumanlararo sudining ochiq sud majlisi sud binosida Raislik qiluvchi: sudya A.Ergashev Sudya yordamchisi: A.Raxmonov da’vogar Ibrohimova Nargiza Choriyevnaning javobgar Ibrohimov Tursinali Akbarjonovichga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi arizasi bo`yicha 4-12022-3228/8843-sonli fuqarolik ishi ko`rildi. Raislik qiluvchi sud majlisini ochib, ko`rilayotgan ishning mazmunini e’lon qildi. Raislik qiluvchi sud majlisi kotibidan ish bo`yicha chaqirilganlardan kimlar kelganligi haqida so`radi. Sud majlisi kotibi chaqirilganlardan da’vogar N.Ibrohimova, javobgar T.Ibrohimov va Izboskan tumani FHDYO bo`limi mudirasi X.Mamajonovalarning sud majlisida hozirligini bildirib axborot berdi. Raislik qiluvchi da’vogar vakili SH.Ravshanovning sudda ishtirok etish vakolatini tekshirdi. Vakil sudga advokatlik orderini taqdim etdi. Raislik etuvchi sud majlisida hozir bo`lgan shaxslarning shaxsini aniqlab, O`zbekiston Respublikasi FPK ning 216-moddasida belgilangan tartibda sud tarkibini e’lon qildi hamda ularga nisbatan raddiyalar hamda fuqarolik ish yuzasidan iltimosnomalar bor yo’qligini so’radi. Raddiya va iltimosnomalar bo’lmadi. Raislik qiluvchi O`zbekiston Respublikasi FPKning 217-moddasida belgilangan tartibda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning O`zbekiston Respublikasi FPKning 40,44-moddalarida ko`rsatilgan huquq va majburiyatlar tushuntirildi. Rasilik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi sshaxslarning dalillarni talab qilib olish va ishni muhokama qilish bilan bog`liq boshqa iltimosnomalar bor yo`qligini so`radi. Da’vogar N.Ibrohimova: Xurmatli sud! Meni qoshimcha ariza va iltimosnomalarim yo`q. Javobgar T.Ibrohimov: Xurmatli sud! Meni qoshimcha ariza va iltimosnomalarim yo`q. Rasilik qiluvchi ishni ko`rish uchun sud majlisining tayyorlov qismi yetarli darajada tayyorlangan deb hisoblab, sud majlisining tayyorlov qismi in yakunlash hamda mazmunan ko`rishni boshlash haqida o`z o`rnida ajrim qildi hamda da’vo ariza mazmunini e’lon qilib, da’vogardan o`z davolarini quvvatlash- quvvatlamasligini, javobgardan davogarning talablarini tan olish-olmasligini va taraflarni ishni kelishuv bitimi bilan tamomlash istash-istamasligini so`radi. Raislik qiluvchi taraflarning tushuntirishlarini eshitdi. Raslik qiuvchi davogar vakilining ko’rsatmalarini tinglashga kirishdi: Sud majlisida ishtirok etayotgan da’vogar va uning vakili o’z da’vo talabini to’liq quvvatlab, boshqa da’vosi yo`qligini aytib, da’voni to’liq qanoatlantirishni so’radi. Raislik qiluvchi davogarning ko’rsatmalarini tinglab, javobgar tomonidan qarshi e’tiroz bor yoki yo`qligini so`radi. Sud majlisida ishtirok etayotgan javobgar tarafdan da’vogarning talabiga qarshi e’tiroz bilidirilmadi. Raislik qiluvchi ishni mazmunan ko`rish tamom bo`lganligini e’lon qildi va sud muzokaralarini tingladi. Da’vogar N.Ibrohimovaning so`zi: Da’vo arizasini qanoatlantirishingizni so`rayman. Da’vogar vakili SH.Ravshanovning muzokara nutqi: Xurmatli raislik qiluvchi, mazkur nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi bo`yicha fuqarolik ishini taraflar ishtirokida ko`rib chiqtik. Taraflar 2005-yildan buyon birga yashamaydi. Taraflar o`rtasida nikoh bekor qilinmagan. Javobgar sud qarorini tadim qilolmadi. Davo arizani qonuniy hal qilishingizni so`rayman. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish bo`yicha barcha tushuntirish va muzokalarlarini eshitib bo`lib, alohida xonaga kirdi. Alohida xonadan chiqib, xal qiluv qarorini xulosa qismini o`qib eshittirdi, qarorning mazmun va mohiyati, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish, qabul qilingan sud hujjati bo`yicha shikoyat keltirish tartibi va muddatlarini tushuntirib, sud majlisini yopiq deb e’lon qildi. Sud majlisi 13:10da tamomlandi. Raislik qiluvchi: A.Ergashev Sud majlisi kotibi: A.Raxmonov Download 214.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling