4-2muz-16 guruhi “O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mustaqil ish
Xorazm dostonchilik san’ati maktabi
Download 39.78 Kb.
|
Qodirova Roxila
Xorazm dostonchilik san’ati maktabi
Xorazm dostonchiligida ikkita yirik uslub mavjud bo‘lib, baxshilarning o‘z iboralari bilan aytganda, ular Shirvoniy va Eroniy uslublar deb yuritiladi. Shirvoniy uslubdagi baxshilar doston nomlarini qanday atalishini yaxshi bilsalar ham ko‘pincha birovga aytishni sir tutadilar. Shirvoniy uslubdagi baxshilar, asosan, dutor, tor, garmon, g‘ijjak, doira jo‘rligida doston aytadilar. Eroniy uslubdagi dostonchilar, asosan, dutor bilan doston aytadilar. Ko’pincha unga bulomonchi va g‘ijjakchi jo‘r bo‘ladi, lekin, doirachi qatnashmaydi. Eroniy uslubdagi dostonchilarning kuylari musiqiy vaznlarning soddaligi, vazminligi, mungliligi, tovush ko‘lamining cheklanganligi bilan ajralib turadi. Xorazm dostonchiligida ikki xil dutor qo‘llanilib, ularning biri katta (uzunligi 970–1040 mm), ikkinchisi uzun (bo‘yi 1300 mm) dutorlardir. Bu cholg‘u asbolari tut yoki o‘rik yog‘ochidan yasaladi. Ular qovurg‘ali dilma dutor va o‘yib ishlangan–qazma dutor deb yuritiladi, qopqog‘i esa tut yog‘ochidan yupqa qilib ishlangan. Dutorlarning ikkalasini ham yuqori tori taxminan kichik oktava “re” va pastki torlari katta oktava “sol” yoki “lya” ba’zan “qo’sh tor” qilib sozlanadi. Xorazm dostonlarining tarbiyaviy ahamiyati, ularda yuksak go‘zallik va baxt–saodatga erishishning birdan–bir yo‘li–maqsad sari qatiy intilish, sabr va chidam, matonat, mardlik, qahramonlik ko’rsatishdan iborat ekanligi kuylanadi. Shuningdek, muhabbat umuminsoniy qadriyat sifatida insonning ma’naviy qiyofasini belgilab beradigan omil, har qanday yovuzlik ustidan qilinadigan g‘alabani ta’min etadigan kuch, insonni jasoratga undaydigan va qalbidagi barcha ezgu fazilatlarni ro‘yobga chiqaradigan vosita sifatida tarannum etiladi hamda yoshlarni sadoqatli qahramonlar timsolida shu tuyg‘uga ilhomlantiradi. Xorazm dostonlari katta badiiy-estetik kuchga ega, adabiyot va san’at uchun tuganmas manbadir. Jumladan, “Oshiq G‘arib” dostonidan “Kelmadi” deb nomlangan ruknidan olingan quyidagi parcha fikrimizga misol bo‘la oladi: Aqcham sanga sirim, ayon aylayin, Yorning guli keldi, o‘zi kelmadi. Boshimdan o’tganni bayon aylayin, Yorning guli keldi, o‘zi kelmadi. Qahbo falak boshim qildi g‘amxona, O‘zi kelmay guli keldi g‘oybona. Mening uchun etim bo‘lib bog‘bona, Yorning guli keldi, o‘zi kelmadi. Falak mening qanotimni qayirmish, G‘azab bilan meni yordan ayirmish. Bilmam endi yorim kimga buyurmish, Yorning guli keldi,o‘zi kelmadi. Shohsanam qiz derlar mening otima, Bir oh ursam olam yonar o‘tima. Shundan boshqa kim ham yetar dodima, Yorning guli keldi, o‘zi kelmadi. Mazkur parchada Shohsanam o‘zining yori G‘arib haqidagi ichki hissiyotlari, muhabbatini ifoda etganligi namoyon bo’ladi. Shoxsanamning his-tuyg’ulari badiiy tasvir orqali estetik jihatdan o’ziga xos tarzda aks etgan. Xorazm dostonlarida musiqiy omil, kuy alohida o‘rin tutadi. Tabiiyki, dostonlarning parda tuzilishi o‘zining murakkabligi, uzun taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi bilan ajralib turadi. Agar kuzatadigan bo‘lsak, doston yo‘llarining lad asoslari qonuniyatlari, ya’ni tovushqator va kuy harakatlarida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Masalan, o‘zbek musiqasining boshqa sohalarida kam uchraydigan, tarkibida orttirilgan sekunda bo‘lgan lad–lokriy tovushqatori, tayanch nuqtasi tovushqator o‘rtasida joylashgan qo‘sha ladlar eng qadimiy ladlar bo’lib, ularning Xorazm doston yo‘llarida uchrashi alohida diqqatga sazovordir. Xorazm musiqa folklori namunalari mavzu jihatdan rang-barangdir. Ular “aytishuvlar”, “laparlar”, yallalar”, “xalq qo’shiqlari” va h.k. Masalan, xalq qo‘shiqlaridan: “Cholxo‘rozim”, “Chipro dalli”, “Suv bo‘ldi”, “Olti xalfa”, “Pardevol”, “Oxtaraman”, “Ishonma”, “Xiva dudori”; doston qo‘shiqlaridan: “Ozod qil” (“Oshiq G‘arib” dostonidan), “Safo kelibsan” (“Go’zalxon” dostonidan), “Bizning ellar” (“Yusuf Ahmad” dostonidan), “Har yo‘liqqan do’st bo’lmas” (“Go‘ro‘g‘li” dostonidan) kabilar shular jumlasidandir. Download 39.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling