4-5-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlar va ularni kompyuterga o’rnatish. Ishning maqsadi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1162363
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy



4-5-Amaliy mashg’ulot. 
Mavzu:
 
Zamonaviy operatsion tizimlar va ularni kompyuterga o’rnatish.
 
Ishning maqsadi: 
Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlarini 
o’rgatish va amaliy ko’nikmalar hosil qilish. Kompyuterning texnik taminotiga 
xizmat qiluvchi dasturiy vositalarni o’rganish. 
Kutilayotgan natija: 
Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari 
haqida nazariy va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi. Xizmat ko’rsatuvchi standart 
va maxsus dasturlar orqali amallar bajariladi va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi. 
Amaliy jihozlari: 
Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar, OTni standart va 
maxsus dasturlari.
Ish rejasi:
1. Kompyuter operasion tizimlari.
2. Mobil qurilmalar operasion tizimlari. 
3. Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitlar. 
Nazariy ma’lumotlar:
Operatsion tizim odatda kompyuterning tashqi hotirasi – diskda saqlanadi. 
Kompyuter ishga tushirilganda u kompyuterning tezkor xotirasiga o’qiladi. Bu 
jarayon operatsion tizimni yo’qlanishi deyiladi.
Operatsion tizim quyidagi asosiy qismlardan iborat:

ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS nomi bilan 
ifodalangan); 

operatsion tizimni faollashtiruvchi dastur (Boot Record); 

ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimini kengaytirish moduli; 

amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’zilishlarni tashkil 
qilish moduli; 

buyruq protsessori.
Operatsion tizimlar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo’libgina 
qolmay, ular kompyuterni nafaqat amal bajarishga, balki o’zi bajarayotgan ishlarni 
ham nazorat qilishga majbur etadi. Bunday dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish 
uchun emas, balki bizning ko’rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida 
biror kamchilik, muammo yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va 
qo’llaniladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling