4-5-mavzu: tez buziluvchi ovqat mahsulotlarining sifatliligini baholash


Download 41.96 Kb.
bet2/2
Sana17.10.2023
Hajmi41.96 Kb.
#1706757
1   2
Bog'liq
4-5-MAVZU Gigiyena

Sutdan namuna olish qoidalari:
- shisha idishli yoki qog‘oz paketli sut partiyasi 100 tagacha bo‘lsa, 1-3 dona; 100 tadan ortiq bo‘lsa 3-5 dona;
- agar sut bidon yoki flyagalarda bo‘lsa, har 20-chi idishdan 500 mldan sut namunasini olinadi. Namuna olishdan ilgari sut yaxshilab chayqatiladi. Namunani laboratoriyaga etkazish muddati muddati – 2 soat.
Sutning organoleptik xususiyatlarini tekshirish
Sutning organoleptik ko‘rsatkichlariga rangi, hidi, ta’mi, konsistensiyasi kiradi. Sifatli sut oq va biroz sarg‘ish rangda, o‘ziga xos yoqimli ta’mli, yoqimli "sutli" hid va suyuq konsistensiya (ammo suvga o‘xshash emas) ga ega bo‘ladi.
Sutning rangi oq fonda stakanga solish orqali aniqlanadi. Aralashtirilmagan sutning rangi oq, biroz sarg‘ish, yog‘i olingan yoki suv bilan suyultirilgan bo‘lsa ko‘kimtir tusga ega bo‘ladi. Sutdagi qizg‘ish rangning bo‘lishi sutga qon izlari (molning elini kasallangan holllarda. yoki boqish uchun berilgan ovqat mahsulotlariga bog‘liq bo‘ladi (qizil sabzi yoki qizil lavlagi). Ayrim hollarda sut tarkibida mo‘‘jizali mikrob tayoqchasidan ham shunday rang hosil bo‘ladi.
Fizikaviy xossalariga - uning solishtirma og‘irligi yoki zichligi, yog‘larning miqdori va mexanik aralashmalarning borligi kiradi.
Kimyoviy sifat ko‘rsatkichlariga - uning yangiligi, sutni qalbakilashtirish maqsadida qo‘shiladigan kimyoviy aralashmalarning (soda, kraxmal) bor yo‘qligi kiradi.
Mikrobiologik ko‘rsatkichlariga, sutdagi mikrofloralar va ularning harakterini kiritish mumkin.
Sutning ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarini tekshirishda qo‘llanadigan asosiy usullar jadvalda keltirilgan
Ko‘rsatkichlar Aniqlash usuli
GiG)me’yorlari
1.Zichligi (solishtirma og‘irligi):
past zichlik- suyultirilgan sut;
yuqori zichlik-yog‘i olingan sut
Laktodensimetr yordamida
20o S haroratda, 1028 - 1,034
YOg‘ning miqdori (%)
Butirometr yordamida
2,8 - 3,7%
Mexanik aralashmalarning borligi
Doka orqli suzish va keyinchalik uni ko‘rish
Bo‘lmasligi kerak
Sutning yangiligi va kislotaliligi
A)sutni fenolftalein ishtirokida NaON bilan titrlash
B)Qaynatish
Terner bo‘yicha - 18-24
CHirib tushmasligi kerak
Soda aralashmasi
Rozol kislotasi bilan sifat reaksiyasi
Sariq rang
Kraxmal aralashmasi
Yod eritmasi bilan sifat reaksiyasi
Ko‘kimtir rang
Bakteriologik ko‘rsatkich
Ovqatli muhitga ekish, mikroskopda ko‘rish
Patogen floralar bo‘lmasligi kerak

SUTNING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI


Sutning rN muhiti unga sezgir yoki ko‘k rangli lakmus qog‘ozini tushirish orqali aniqlanadi. So‘ngra distillangan suvga tushirilgan lakmus qog‘ozining rangi bilan oq fonda taqqoslanadi.
Sutning tozaligi- tekshiriluvchi sut maxsus filtr orqali o‘tkaziladi, so‘ngra filtrda tutilib qolgan aralashmalarni etalon bilan taqqoslanadi:
I guruh- shubhasiz toza sut
II guruh –sezilarli cho‘kma hosil qilgan qoniqarli darajadagi sut
III guruh- ifloslangan sut – cho‘kmada molning tuklari, go‘ng, ovqat bo‘laklari bor
IV guruh – juda iflos sut – qon, yiring va boshqa iflosliklar bo‘lgan sut.
SHisha idishlarga solingan sut I guruhga, flyagalardagi sut esa II guruhga mos kelishi lozim.
SUTNING ZICHLIGINI ANIQLASH
Zichlik- sutning solishtirma og‘irligi – ma’lum miqdordagi 200S haroratga ega bo‘lgan sut vaznining xuddi shu hajmdagi 40Sdagi suvning vazniga bo‘lgan nisbatidir. Sutning solishtirma og‘riligi laktodensimetr asbobi yordamida o‘lchanadi. Laktodensimetrning 2 ta shkalasi bo‘lib, yuqoridagi shkala sutning haroratini, pastdagi esa solishtirma og‘irligini ko‘rsatadi. Sutning solishtirma og‘irligi 200S haroratda aniqlanadi. Agar tekshirilayotgan sutning harorati 200S dan yuqori yoki past bo‘lsa, ko‘rsatkichga o‘zgartirish kiritiladi. Har bir gradus farq uchun 0,002 qo‘shimcha qo‘shiladji yoki olib tashlanadi. Sutning solishtirma og‘irligi 1,028 dan 1,033gacha. Agar sutning zichligi 1,028 past bo‘lsa, sutga suv qo‘shilgan, 1033 yuqori bo‘lsa, yog‘i oligan bo‘ladi. Sutning zichligini aniqlash uchun tekshirilayotgan sut silindr idishning 2/3 qismiga solinadi va idish devorlariga laktodensimetrdan asta tekkizmay tushirilib, 2-5 daqiqaga qoldiriladi. 2-5 daqiqadan so‘ng areometr ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Masalan: yuqoriga shkala ko‘rsatkichsi 200S, pastki shkala ko‘rsatkichi esa 1,028 bo‘lsa, sutning zichligi me’yorda Agar harorat 250S bo‘lsa, u holda 5x0.2=1, 28+1=29 . Demak sutning zichligi 1,029.
SUTNING YANGILIGI VA TABIIYLIGINI ANIQLASH
Sutning kislotaligi uning tarkibidagi nordon fosfor va limon kislotalari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Sut tarkibining normal mikroflorasi bo‘lib sreptokkokus laktus va kazey bakteriyasi hisoblanadi. Ular sutdagi qandani achitib sut kislotasini hosil qiladi va sutning nordonligi oshadi. Sutning nordonligi uning yangiligi va tabiiyligini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi va u terner graduslarida ifodalanadi. Sutning kislotali gradusi deb – 100 ml sut tarkibidagi kislota tutgan moddalarni neytrllash uchun sarflangan 0,1n ishqor miqdoriga aytiladi. 1ml 0,1n ishqor 10T ga muvofiq keladi.
Sutning yangilik shaklasi:
16-170T yangi sog‘ilgan sut
18-190T yangi sut
20-220T davlat standarti bo‘yicha ruxsat etilgan sut
24-270T qaynitilganda ivib qoladigan sut
Sutning nordonligini aniqlash
Kolbaga 10 ml tekshiriluvchi sut olinadi unga 20 ml distillangan suv va 3-4 tomchi fenolftalein qo‘shiladi va och pushti rang hosil bo‘lguncha 0,1n ishqor eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash uchun sraflangan 0,1 n ishqor miqdoriga ko‘ra sutning nordonligini aniqlaymiz. Masalan titrlash uchun 10 ml sarflangan ishqor miqdorini 10 .adi.
Sut tarkibidagi begona aralashmalarni aniqlash
Sut tarkibidagi ichimlik sodasini aniqlash: Probirkaga 10 ml sut solinadi, unga 4-5 tomchi rozal kislotasining spirtli eritmasi solinadi. Agar sutda soda bo‘lsa, pushti rang hosil bo‘ladi va u ivib qolmaydi. Soda bo‘lmasa, sariq rang hosil bo‘ladi va probirka devorida kazein izlari qoladi.
Kraxmalni aniqlash: probirkaga 10 ml tekshiriluvchi sut solib, suvli hammomga 5 daqiqaga qo‘yiladi. Sovitib unga 1ml yodning suvli eritmasi solinadi. Kraxmal bo‘lsa, ko‘k rang hosil bo‘ladi, bo‘lmasa rang hosil bo‘lmaydi.
Sutni qalbakilashtirish
1. Sutning yog‘ini olganda – solishtirma og‘irlmik ortadi, yog‘liligi pasayadi, rangi o‘zgaradi, sarg‘ish tusga kiradi.
2. Suv qo‘shilganda - solishtirma og‘irligi pasayadi, ko‘kimtir rangga o‘tadi, ta’mi suv ta’miga yaqinlashadi.
3. Soda qo‘shilganda – nordonligi pasayadi, rozol kislota pushti rang beradi.
4. Kraxmal qo‘shilganda – rangi oq-ko‘kimtir, konsistensiyasi cho‘ziluvchan, yod bilan ko‘kimtir rang hosil qiladi.
GO‘SHTNING GIGIENIK EKSPERTIZASI
Go‘sht to‘la qiymatli oqsillar manbaidir. Go‘sht tarkibidagi oqsilning o‘rtacha miqdori 13-15%, go‘shtdagi yog‘ning o‘rtacha miqdori 3 -34% gacha. Go‘sht tarkibida mineral tuzlar (kaliy, fosfor, nartriy, temir), A va V guruhiga kiruvchi vitaminlar mavjud.
Go‘shtning sifatliligini baholash quyidagi organoleptik ko‘rsatkichlarni (rangi, hidi, konsistensiyasi, sho‘rvasining ta’mi), kimyoviy ko‘rsatkichlarni (ammiak, vodorod-sulfid, o‘t kislotalari), mikrobiologik (gelmintlarning borligi) ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yog‘i, iligi, pay va bo‘g‘imlari, shuningdek, qaynatilgan sho‘rvaning sifatiga baho beriladi. Go‘shtning sifatlilik ko‘rsatkichlari 25 balli tizim bo‘yicha baholanadi, ya’ni ballar yig‘indisi 21-25 ballni tashkil etsa, go‘sht yangi, yig‘indi ballar 10-20 ballni tashkil etsa -ishonchli bo‘lmagan yangi go‘sht, eskirgan go‘shtda esa - 10 balldan past bo‘ladi.
Ko‘rsatkichlar
Tekshirish usullari
Ko‘rsatkichlarni baholash
Organoleptik:
-rangi
-konsistensiyasi
-hidi
Ko‘rish orqali
Barmoq bilan bosish
Qizdirilgan pichoq namunasi
O‘zgarishlar bo‘lsa:
Rangda- 2 dan ballgacha chegirish
Konsistensiyada - 2-5 ball
hidida - 2-7 ball
Kimyoviy:
-uchuvchi yog‘ kislotala-rining borligi;
-ammiakli azot borligi
Mis sulfatli namuna
Nessler reaktivi bilan reaksiya
Ijobiy bo‘lsa - 4 ball chegirish
Ijobiy bo‘lsa -2 ball
CHegirish
Mikrobiologik:
Finna va trixinellalarning
Borligi
Ezilgan preparatlarni mikroskopda ko‘rish
Ijobiy bo‘lsa - 2 ball chegirish
Organoleptik ko‘rsatkichlar: Tashqi ko‘rinishi – quruq parda bilan qoplanib, shilimshiq izlari bo‘lmasligi, kulrang, ko‘kimtir dog‘lar bo‘lmasligi kerak. Kesilganda uning rangi qizil, hidi o‘ziga xos, konsistensiyasi - qo‘l barmog‘i bilan bosib ko‘rilganda hosil bo‘lgan chuqurcha tezda o‘z holiga qaytishi kerak.
Go‘shtning yangiligi pichoqni qizdirib aniqlanadi. Qizdirilgan pichoq bilan go‘sht suyagigacha kesiladi. Agar go‘sht yangi bo‘lsa, yoqimli hid keladi, eski go‘sht bo‘lsa, yoqimsiz hid.
Go‘shtda ammiakni Nessler usulida aniqlash
Go‘shtdan tayyorlangan suvli ekstraktda ammiak, ammoniy tuzlari bo‘lsa Nessler reaktivi qo‘shilganda sariq rang hosil bo‘ladi.
Aniqlash yo‘li: Tekshiriluvchi go‘shtdan 10g kesib olinib, maydalanadi. YAssi tubli kolbaga go‘sht solinada va unga 10ml distillangan suv qo‘shiladi, chayqatilib 10 daqiqaga qoldiriladi. Hosil bo‘lgan eritma filtr qog‘ozi yordamida filtrlanadi. Olingan filtrga 5 tomchi Nessler reaktivi qo‘shiladi. Agar ammiak bo‘lsa, rangi sarg‘imtir tus oladi
BANKALI KONSERVALARNING SIFATLIGINI TEKSHIRISH
Bankali konservalar, konservatsiya qilinish turlariga muvofiq haqiqiy konservalar yoki zahira mahsuloti sifatida foydalanishga chiqariladi.
Haqiqiy konservalar- germetik berkitilgan idishlardagi sterilizatsiyadan o‘tkazilgan ovqat mahsulotlaridir. Prezerv yoki zahira konservalar sterilizatsiya qilinmagan mahsulotlardir (kilka, seld). Konservalar go‘shtli, baliqli, sabzavotliyoki mevali bo‘lishi mumkin.Konservalarni tekshirish qanday qadoqlanganidan boshlanadi (yorliqlarning bor-yo‘qligi, qopqoqlardagi maxsus belgilar ni o‘qish). Konservalarning tashqi ko‘rinishiga e’tibor berilganda uning tublarining holati yaxshilab kuzatilishi kerak, chunki sifatsiz konserva bankalarining tublari shishib qoladi. Konserva bankalarining tublarining shishib qolishi bombaj deyiladi. Bombaj soxta va chin bo‘ladi. CHin bombaj mikrobli va kimyoviy bo‘ladi.
Mikrobli (haqiqiy) bombaj – mikroorganizmlarning hayot faoliyatlari natijasida hosil bo‘ladigan gazlar (vodorod sulfid, ammiak, metan, SO2) hisobiga bo‘lishi mumkin.
Fizikaviy bombaj – bankalarning issiqda saqlash yoki muzlatib qo‘yish, bankalarga mahsulot juda to‘ldirib yuborilganda, bankalarning mexanik tarzda ezilganda tublari shishib qolishi mumkin.
Kimyoviy bombaj – konserva mahsulotilari tarkibidagi nordon (kislota) moddalar bilan banka metall reaksiyaga kirishish natijasida hosil bo‘ladi
Konserva bankalarining sifatliligini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tekshiriladi:
Ko‘rsatkichlar
Tekshirish usullari
Tashqi ko‘rinishi:
-ezilish, zang dog‘larining mavjudligi;
-bombajning borligi
Ko‘rish orqali
YOrliqni tavsiflash, shtamp belgilarini o‘qish
Ko‘rish orqali
Zichligi
Issiq suvli namuna
Bankaning ichki yuzasining holati
Ko‘rish orqali
Organoleptik ko‘rsatkichlar: rangi, hidi, konsistensiya, ta’mi
organoleptik
Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar:
-kislotaliligi;
-quruq moddalarning miqdori;
-osh tuzining miqdori
Laboratoriya usullari
Banka tublaridagi shtamp belgilarni o‘qish uchun misollar;
Banka tubidagi shtamp belgilar: MM 232
122A37
O‘qish:1 - qator : MM - go‘sht - sut sanoati indeksi; 23 - zavod nomeri;
2 - chiqarilgan yilning oxirgi raqami (2002 y);
2-chi qator: 1 - smena raqami; 22 - oy sanasi; A - oy indeksi (A-yanvar, B-fevral va h.k.), 37 mahsulotning assortiment raqami.
"37 assortiment raqamli go‘shtli konserva №23 zavodda chiqarilgan, 1 smena, 22 yanvar 2002 yil".
Baliq konservasi
051086
137157
1R
1-qator 05 – sana; 10 – oy (oktyabr); 86- yil; 2-qator: 137- assortiment raqami; 157 – zavod raqami; 3-qator 1 – raqam smena; R- baliq ishlab chiqarish korxonasining indeksi
Bankaning germitikligini tekshirish
Bankadagi yorliq olib tashlanadi, bankaga surtilgan yog‘ artiladi va kanop ipga bog‘lab qaynash darajasiga olib borilgan suvga tushiriladi. Bankani suv to‘liq qoplashi shart va banka ustiga chiqqan suvning sathi 2-3,5sm dan kam bo‘lmasligi kerak. SHunday holda banka 5-7 daqiqaga qoldiriladi. Agar banka germetik yopilmagan bo‘lsa, banka ustida suv pufakchalari hosil bo‘ladi.
Tunukali konserva bankalarining ichki yuzasini ko‘zdan kechirish:
A) qora-qora dog‘larning bor-yo‘qligi
B) banka zirxlarini kovsharlashda hosil bo‘ladigan metalli ortiqcha qadoqlanganligi
V) sterilizatsiya vaqtida mramor rangidagi dog‘larning hosil bo‘lganligi
2.Mashg‘ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar: «dumaloq stol», kichik guruhlar bilan ishlash
"DUMALOK STOL" USULIDAN FOYDALANISH.
Usul talabalarning ilk bilimlarni nazorat qilish uchun ham, o‘tilgan materiallarni mustahkamlash uchun ham qo‘llanishi mumkin.
Guruhni 2-3 tadan qilib kichik guruhlarga (KG) bo‘linadi va har bir kichik guruh talabalariga savollar yozilgan varaqlarni tarqatib, 1-2 daqiqa davomida berilgan savolga yozma javobni yozish va bu varaqni boshqa guruh talabalariga o‘tkazish va ulardan ularning varaqlarini olib u erdagi savolga javob berish vazifasi beriladi va h.k. SHunday qilib, agar 6 ta kichik guruhcha tashkil etilgan bo‘lsa (bitta stolda 2 tadan talaba), har bir varaqdagi savolga 6 tadan javob yozilgan bo‘lishi kerak. 12 daqiqadan so‘ng o‘qituvchi tarqatilgan varaqlarni yig‘ib oladi va harbir varakdagi javoblarni ovoz chiqarib o‘qiydi hamda javobning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi qarab javob bergan kichik guruh talabalariga baho qo‘yadi. Ishni osonlashtirish uchun har bir kichik guruhni raqamlar bilan nomerlanadi, shunda olingan javoblarga muvofiq ularga baho qo‘yish osonlashadi. Qaysi guruhdagi talabalar 6 ta savolga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsalar yuqori ball oladilar, 4 yoki 5 ta savolga to‘g‘ri javob berganlar esa "yaxshi", 3 ta savolga to‘g‘ri javob berganlar "qoniqarli", 3 tadan kam savolga to‘g‘ri javob berganlarga esa "qoniqarsiz" baho qo‘yiladi.
Taklif etiladigan savollar varianti;
1. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirish usullarini aytib bering?
Tugri javob – oziq-ovqat mahsulotlarining sifati quyidagi usullar yordamida tekshiriladi:
1.Organoleptik- mahsulotning tashqi ko‘rinishi, rangi, ta’mi, hidi, konsistensiyasi
2.Fizikaviy –mahsulotning namligi, solishtirma og‘irligi, harorati
3.Kimyoviy mahsulotning kimyoviy tarkibi, rN muhiti va boshqa turdagi aralashmalarning borligi
4.Biologik mahsulotning zaharlilik darajasini tajriba hayvonlarida o‘rganish
5.Mikrobiologik mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanganligini, ularning tabiati, gelmintlarning mavjudligi)
6. Radiometrik va toksikologik
7.Bakteriologik- mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanganlik darajasi va tabiati aniqlanadi.
2. Sutning sifatligini qaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholaymiz?
To‘g‘ri javob – Sutning sifatliligini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi 1.organoleptik (konsistensiyasi, hidi, rangi, ta’mi)
2.fizikaviy (solishtirma og‘irligi, yog‘liligi, sutning tozaligi)
3.Kimyoviy (kimyoviy tarkibi va sutning nordonligi, va uning qalbakilashtirilganligi)
3. Zichligi 1,012 va ko‘kimtir tusga ega bo‘lgan sutni baholang
Javob: sutning qaymog‘i olingan va unga suv qo‘shilgan
4.Go‘shtning sifatligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlarni ko‘rsating?
Javob: Organoleptik ko‘rsatkichlar (rangi, hidi, konsistensiyasi), kimyoviy ko‘rsatkichlar (ammiak va vodorod sulfidning borligi, mikroskopik mahsulotning morfologik tuzilishini va parazitlarning bor-yo‘qligi
5. Go‘shtda ammiakning borligini qanday aniqlanadi?
Javob: Go‘shtning suvli filtratiga Nessler reaktivini qo‘shish orqali. Agar ammiak bo‘lsa sariq rang hosil bo‘ladi
6. Tunukali konserva bankalarida uchraydigan bombajning ikki turini aytib bering?
Javob: chin bombaj (kimyoviy parchalanish, mikroblarning rivojalanishi);
Soxta bombaj (bankalarning haddan tashqari to‘ldirilishi, deformatsiyasi, muzlatilishi

3.3. Grafikli organayzer: Klaster


Klaster (tutam, bog‘lam) –axborot haritasini tuzish yo‘li- barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi. Fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Klaster tuzish:
1.Aqlingizga mavzu bo‘yicha nima kelsa barchasini yozing. G‘oyalar sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing.
2.Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang
3.Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agar aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.
4. AMALIY QISMI
1.Maqsad: Sutning organoleptik xususiyatlarini tekshirish
Bajariladigan boskichlar:
Tadbir
Bajarmadi
To‘liq to‘g‘ri bajardi
Sutning hidini aniqlash: sut og‘zi berkitiladigan konussimon kolbaga solib, suv hammommida qizdirish va hidini hidlab ko‘rish
40.Sutning rangini aniqlash: silindr ishdishga 50-60 ml sut solinib, oq fonda etarlik yorug‘likda ko‘rib baholash
0
30
3.
Sutning konsistensiyasini aniqlash: sut shisha idishga solinadi va chayqatiladi, shisha idish devorlarida qolgan sut izlari bo‘yicha sutning konsistensiyasi baholash
0
30
Jami
0
100
2.Maqsad: Sutning zichligini aniqlash
Bajariladigan bosqichlar:

Tadbir
Bajarmadi
To‘liq to‘g‘ri bajardi
1.Silindr idishining 3/4 qismiga sut solish
0
25
2.Idish devoriga tegizmay laktodensimetr asbobini silindr ichiga tushirish.
0
25
3.Asbobning yuqori va pastki shkaladagi ko‘rsatkichlar (yukoridagi sutning haroratini, pastdagisi esa sutning zichligini bildiradi) olinadi
0
25
4.Olingan raqamlar asosida sutning zichligini aniqlash.
0
25
Jami
0
100
3.Maqsad: Sutning kislotaligini aniqlash
Bajariladigan bosqichlar:

Tadbir
Bajarmadi
To‘liq to‘g‘ri bajardi
1.Kolbaga 10 ml tekshiriluvchi sut solish
0
20
2.Kolbaga 20 ml distillangan suv qo‘shish.
0
20
3.3-4 tomchi fenolftalin eritmasini solish
0
20
4.Och pushti rang hosil bo‘lguncha 0,1 n ishqor bilan titrlash zichligini aniklash.
0
20
5.Titrlash uchun ketgan ishkor eritmasining miqdorini 10 ga ko‘paytirib sutning kislotaligini aniqlash.
0
20
6
Jami
100
4.Maqsad: Sut tarkibidagi ichimlik sodasini aniklash.
Bajariladigan bosqichlar:

Tadbir
Bajarmadi
To‘liq to‘g‘ri bajardi
1.Probirkaga 5 ml tekshiriluvchi sut solish
0
20
2.Probirkaga 3-5 ml rozal kislotasining spirtli eritmasini solish.
0
20
3.Agar sutda ichimlik sodasi bo‘lsa, pushti rang xosil bo‘lib, ivib kolmaydi
0
20
4.Rang o‘zgarishiga qarab sutning sifatini baholash
0
40
Jami
0
100
4.Maqsad: Sut tarkibidagi kraxmalni aniqlash:
Bajariladigan bosqichlar:

Tadbir
Saralash ball
To‘liq to‘g‘ri bajardi
1.Probirkaga 5 ml tekshiriluvchi sut olish.
11
20
2.Sut sonigan probirkani suvli hammomga 5 daqiqaga qo‘yish
11
20
3.Probirkani suvli hammomdan olib, uni sovutish
11
20
4.Probirkaga 5 tomchi yod eritmasi solish.
11
20
5.Sutning rangi ko‘k rangga kirsa sutda kraxmal borligini ko‘rsatadi
11
20
6
Jami
55
100
5.Maqsad: Go‘shtda ammiakni aniqlash.
Bajariladigan bosqichlar:

Tadbir
Saralash ball
To‘liq to‘g‘ri bajardi
1.10g go‘sht olib uni pichoqda maydalash va uni kolbaga solish
11
20
2.Kolbaga 10 ml distillangan suv qo‘shish va uni yaxshilab chayqatish
11
20
3.Hosil bo‘lgan eritmani filtr qog‘ozi yordamida filtrlash
11
20
4.Olingan filtratga 5 tomchi Nessler reaktivi tomizish.
11
20
5.Eritmaning rangi o‘zgarishiga qarab ammiak borligini aniqlash (sarg‘imtir rang.
11
20
6
Jami
55
100
:OVQATDAN ZAHARLANISHLAR MAVZUSI BO‘YICHA
KEYS-STADI
3-bosqich.
YAkuniy
10 daqika
3.1. Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, o‘quv faoliyati natijalarini umumlashtiradi. Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni)
baholaydi, o‘zaro baholash nati-jalari bo‘yicha xulosa qiladi.
3.2.Keysning ahamiyati va uning kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi va muxim-ligini ta’kidlaydi
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi.
Tinglaydilar.
O‘z fikrlarini bayon etadilar.
Qayd qiladilar.
KEYS – TEXNOLOGIYA
Mavzu: «Ovqatdan zaharlanishlar»
1. KEYS
1. Pedagogik annotatsiya
O‘quv fani: Gigiena bilan ekologiya va harbiy gigiena
Bo‘lim: Ovqatlanish gigienasi
Mavzu: Ovqatdan zaharlanishlar
O‘qitish darajasi: evristik
Kurs: davolash, tibbiy-pedagogika.
Keysning maqsadi:
Talabalarda ovqatdan zaharlanishlar, asosiy ovqatdan zaharlanishlarning shakllarining yuzaga kelishida gigienik havfli omillarning ahamiyati haqida bilimlarini shakllantirish, ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan chora-tadbirlar bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, talabalarga ovqatdan zaharlanish o‘choqlarida UASH tomonidan olib boriladigan tadbirlarni o‘rgatish.
O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
-ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifini bilish;
-turli guruhdagi ovqatdan zaharlanishlarning etiologik omillari va muhim belgilarini bilish;
-oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishiga olib keluvchi sabablarni aniqlay olish;
-ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish tadbirlarini amalga oshirishni.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak:
-alimentar kasalliklarning tasnifini;
-ovqatdan zaharlanishlarning tasnifini;
-ovqatdan zaharlanishlarning kelib chiqish sabablarini;
-ovqatdan zaharlanishlar yuzaga kelganda bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni;
-ob’ektiv belgilarga ko‘ra taxminiy ovqatdan zaharlanish tashhisini qo‘yishni;
-ovqatdan zaharlanish o‘chog‘ida to‘g‘ri harakat taktikasini tanlashni;
-turli shakldagi ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish bo‘yicha adekvat tavsiyalar berishni;
Ushbu keys birlamchi zveno sharoitidagi real vaziyatni aks ettiradi.
Keys ob’ekti bemor odam hisoblanadi.
Talaba amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g‘oyalarni ilgari suradi; ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak:
kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga
Keys ma’lumotlari manbai:
Asosiy:
1.Gigiena. Red. Rumyansev G.I. – M.,2001.
2.Rumyansev G.I., Vishnevskaya E.P., Kozlova T.A. Obщaya Gigiena. – M., 1985.
3.Solixujaev S.S. Gigiena. – Toshkent, 1993.
4.Solixujaev S.S. Gigiena buyicha amaliy mashg‘ulotlarga qo‘llanma Toshkent, 1996.
5.Pivovarov YU.P., Goeva O.E., Velichko A.A. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po gigiene. – M., 1983.
Qo‘shimcha :
1.Rumyansev G.I., Voronsov M.P. Obщaya Gigiena. – M., 1990.
2.Uchebnoe posobie po osvoeniyu prakticheskix navыkov. Red., Ponomareva L.A., Tashkent. 2003.
3.O‘zR SanQ va M lari.
4.Davolash, tib.ped-ka, tib.prof-ka f-tlari talabalari uchun Umumiy gigiena bilan ekologiya buyicha amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanish uchun o‘quv qo‘llanmasi (elektron versiya).
5.YU.P.Pivovarova, O.E.Goeva, A.A.Velichko «Gigienadan amaliy darslar uchun qo‘llanma». M, 1983, 13-20-betlar

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:


Ushbu keys kabinetli, lavhali turiga kiradi. Keys qisqa, tizimlashtirilgan, savolli. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga, hamda QVP va SHVP sharoitida real vaziyatdagi muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan Terapiya, yuqumlik kasalliklar, shoshilnch holatlarda, umumiy gigiena fanlarida foydalanish mumkin.
Keys bosma ko‘rinishda keltirilgan.
Kirish
Umumiy amaliyot shifokori – ovqatdan zaharlanish o‘chog‘iga birinchi navbatda chaqiriladigan tibbiy xodimdir; bemorning tezda sog‘ayishi va ovqatdan zaharlanishni sifatli tekshirish shifokorning bu sohadagi bilimiga bog‘liq. SHuning uchun ham umumiy amaliyot shifokori ovqatdan zaharlanishga taxminiy tashhis qo‘yishni bilibgina qolmay, balki o‘choqda birlamchi profilaktik choralarni o‘tkaza olishi va ovqatdan zaharlanishni tekshirishni boshlashi kerak.
Vaziyat. YOzg‘i oromgoh tibbiy punkti shifokoriga tushlikdan so‘ng bolalar quyidagi shikoyatlar ko‘ngil aynish, qusish, haroratning oshishi, qorin sohasida og‘riq, ich ketish bilan murojaat qildi. Anamenezni surishtirish vaqtida bolalar tushli vaqtida mastava, grechka garnirli qiymali quymoq va kompot iste’mol qilganliklari aniqlandi. Oromgoh oshxonasida tekshirish o‘tkazilganda quyidagilar aniqlandi:
Qiymali quymoq avval qaynatib pishirilgan va go‘sht qiymalagichda maydalangan farshdan tayyorlangan. Tayyorlash vaqtida quymoq qiymasi va tayyor quymoqlar termik ishlovdan o‘tkazilmagan. Farsh va quymoqni qo‘lida panaritsiyasi bo‘lgan oshxona xodimi tayyorlagan.
Savollar va topshiriq:
Klinik belgilarga ko‘ra qaysi turdagi ovqatdan zaharalanish deb gumion qilish mumkin?
Kasallikning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni ayting
UASH ovqatdan zaharlanish o‘chog‘ida qanday ishlarni olib borishi kerak? Tekshirish rejasini tuzing va uni izohlang.
UASH yakuniy tashhis qo‘yish uchun yana qanday qo‘shimcha tekshirishlarni o‘tkazishi kerak?
DSENM ga tekshirish uchun nimlarni jo‘natish lozim?
Ovqatdan zaharlanishlarning oldini olisha o‘choqda qandpy tadbirlar o‘tkazilishi kerak?
O‘quv-uslubiy ta’minot
«Ovqatdan zaharlanishlar»
Ovqatdan zaharlanishlar haqida tushuncha Ovqatdan zaharlanish- ko‘p hollarda o‘tkir va ayrim hollarda surunkali ko‘rinishda bo‘lib, sanitariya nuqtai-nazardan sifatsiz, ya’ni ayrim turdagi mikroorganizmlar yoki ularning ishlab chiqargan toksinlar, yoki boshqa tabiatga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan zararlangan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Ovqatdan zaharlanishlar asosan ommaviy harakterga ega, ba’zi hollarda sporadik holatlarda uchraydi. Ovqatdan zaharlanishlarni tasniflash asosida ularning etiologik va patogenetik prinsipi yotadi. Quyida ovqatdan zaharlanish turlari va ularni oldini tadbirlari qisqacha tarzda keltirilgan.

Guruh
Guruhcha


Asosiy uzat-
ish omillari
Asosiy profilaktik chora-tadbirlar
I.Mikrobga oid
1.toksikoinfek-siyalar
Go‘sht,submahsulotlar, parranda mah-
sulotlari, sut
CHorvachilikda veterinariya nazo-
ratini o‘tkazish, mollarni so‘yish-dan tortib toki tayyor mahsulot
holiga keltirishdagi barcha bos-qichlardan qat’iy nazar sanitariya nazoratini o‘tkazish, mahsulotlarni saqlash, tashish, ovqat tayyorlash,tayyor ovqatlarni tarqatish, mahsulotlarga etarlicha termik ishlov berish
2.Intoksikatsiya botulizm
Konservalangan mahsulotlar, sur-langan va dudlan-gan baliq va go‘sht mahsulotlari
Mahsulotlarni konservalashdan oldin to‘g‘ri ishlovdan o‘tkazish, kislotali muhit yoki sho‘r muhitni yaratish, ist’emoldan puxta termik ishlovdan o‘tkazish
3.Stafilokokkli intoksika-siya
Go‘sht, sut va sut mahsulotlari, kon-diter mahsulotlari yog‘li baliq konservalari Tashuvchilarni sanatsiya qilish shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, mahsulotlatlarga termik ishlov berish, mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish tartiblariga rioya qilish
4.Mikotoksi-kozlar
Eryong‘oq, arahis, don mahsulotlari,Dukkaklilar, sut, tuxum Agrotexnik tadbirlar, mahsulotlarni saqlash qoidalariga rioya qilish
5.Mikstlar Zaharlanishning aralash turi
II.Mikrobga oid bo‘lmagan
1.Tabiati bo‘yicha zaharli bo‘lgan mahsulotlar orqali zaharlanishlar:
A)Qo‘ziqorinlar,Oq poganka, stro-chok, muxomor, oqsilla, sarg‘ayuvchi shampinonlar,
Qo‘ziqorinlarni terish qoidalarini bilish va unga kat’iyan rioya qilish, saralash, sotish va sotib olishda ist’emol uchun yaroqsiz bo‘lganlarini farqlashni aholiga o‘rgatish
B)Zaharli o‘simliklar (begona o‘tlar)
Geliotrop trixodesma bangidevona, mingdevona, belladona
Agrotexnik tadbirlar, aholining sanitar bilimdonligini oshirish
Hayvonlar va baliqlarning zaharli organlari Marinka balig‘ining ikrasi, usach balihining tuxumlari, buyrak usti bezi, oshqzon osti
Aholining sanitar bilimdonlini oshirish

2.Ayrim sharo-


itlarda zahar-lilik xusu-siyatlarini namoyon qiluv-
chi mahsulotlar
Pishib etilmagan no‘hotlar, noto‘g‘ri
saqlanish natija-
sida aynib qolgan danak mag‘izlari,
kartoshkalarning o‘sib ketishi
kabilar (kartoshka
salonini)
Aholining sanitar bilimdonlini oshirish

3.Kimyoviy zaharli moddalar orqa-


li zaharlanish-
lar
Har qanday
Mahsulotlar
Pestitsidlar va ovqat qo‘shimcha-
larini qo‘llashni nazorat qilish,
ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri
saqlash

III. Etiologiyasi aniq bo‘lmagan zaharlanish-lar


Gaff, Urov
kasalliklari
va alimentar toksik aleykiya kasalliklari
Yilning ayrim
vaqtlarida baliq zaharli bo‘lib
qoladi
Kasallik holati dastlab aniq-langan vaqtdan boshlab baliqni iste’lmol qilishni taqiqlash

Mikrobga oid ovqatdan zaharlanishlar.


BOTULIZM. Hayvon va baliq chiqindilari tarkibida botulizm tayoqchasi tuproq va suv muhitiga tushadi. Botulizm toksinining to‘planishi uchun eng muvofiq sharoit – anaerobli muhitidir. SHuning uchun botulizmning kelib chiqishida go‘sht mahsulotlari (kolbasa, konservalar), baliq mahsulotlari (surlangan va dudlangan baliq), mevali hamda sabzavotli uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarmini iste’mol qilish bilan bog‘liqdir.
Kasallikning inkubatsion davri: Ikki soatdan 10 kungacha, ko‘pincha 12-36 soat kasallik klinikasida asosan nervoparalitik holatlar ko‘proq kuzatiladi.
Ko‘rish funksiyasining buzilishi: ko‘z oldi korang‘ilashishi, ko‘zda to‘r parda hosil bo‘lish sezgisi, buyumning ikkita bo‘lib ko‘rinishi, yorug‘likka bo‘lgan refleksning yo‘qolishi, ko‘z qorachig‘ining kattalashishi va har xilligi, yumshoqk tanglayning falajlanishi, til, yutqun, hiqildoqlarning falajlanishi, so‘zlarni chaynash, yutish jarayonlarining izidan chiqishi, oshqozon-ichak yo‘li mushaklarining parezi (ichqotish, meteorizm) kuzatiladi. Tana harorati me’yorida bo‘lib, puls tezligining ortishi.
Davolanishning maxsus usuli bo‘lib, bemorga polivalentli zardob yuboriladi. Botulizm zaharining borligini aniqlash uchun biologik sinama quyiladi. Bu maqsadda dengiz cho‘chqasi yoki sichqonlardan foydalaniladi.

STAFILOKOKKLI TOKSIKOZlar – kasallik manbai – odam (angina, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, yiringli kasalliklar, teri yarasi, sigirlarda mastit kasalligi) hisoblanadi. Stafilokokk toksinining to‘planishi uchun qulay sharoitlar quyidagilardan iborat: sut, sut mahsulotlari, konditer mahsulotlari, ayniksa yog‘li baliq konservalar. Kasallikning yashirish davri 1-6 soat. Tana harorati sufebril bo‘lib, ko‘ngil aynish, qusish, oshqozon sohasida og‘riq, ich ketish hollari kuzatiladi. Kasallikga tashhis quyish uchun shubhali ovqat mahsuloti muhitiga o‘xshaganida ko‘p miqdorda enterotoksin ishlab chiqarilishiga va uning gemolitik xususiyatiga ko‘ra qo‘yiladi. Enterotoksin xususiyatini aniqlash uchun biologik sinama qo‘yiladi.


Salmonella guruhiga kiruvchi tirik mikroorganizmlarni, patogen serotipiga kiruvchi ichak taekchasi mikroblari, protey, spora xillari kuchli ifloslangan sharoitda kelib chikadi. Salmonellarning manbai bo‘lib, hayvonlar, suvda suzuvchi qushlar (o‘rdak, g‘oz), tovuqlar, odam (bakteriya tashuvchi) hisoblanadi. SHartli patogenlik guruhiga kiruvchi mikroblarning manbai odam va hayvonlardir.
Taksikoinfeksiyalar ko‘pincha go‘shtdan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda, kolbasaning tez buziluvchan turlaridan kelib chiqadi. Bundan tashqari taksikonfeksiyaning kelib chiqishiga sut mahsulotlari ham sababchi bo‘lishi mumkin (agar u sterilizatsiya qilinmasdan tayyorlangan bo‘lsa), baliq mahsulotlari, tuxum, ayniksa suvda suzuvchi parranda tuxumlari, muzqaymoq, kerakli konditer mahsulotlari.
Taksikoinfeksiyalar uchun quyidagi belgilar xosdir:
Qisqa, yashirin davrga ega bo‘lgan va to‘satdan sodir bo‘ladigan (4-6 soatdan 24 soatgacha), va shu mahsulotni iste’mol qilganlarning barchasining kasallashi;
Mahsulot tarqatilgan hududning o‘zidagina kuzatilishi.
Mahsulotni iste’moldan chetlashtirilishi bilan kasallik tez pasayadi.

Salmonellezlar bilan zaharlanganlardagi klinik belgilar: to‘satdan haroratining ko‘tarilishi va harorat subferildan 39-40 S gradusgacha, gastroenterit belgilari (ko‘ngil aynish, qusish, ich ketish, qorin sohasida og‘riq), tilning qurishi va oq parda bilan koplanishi, kollaps holatlarida badanning bo‘zarib ketishi, lablarning ko‘karishi, bosh og‘rig‘i, grippsimon shakllar kuzatilganda tashhis quyish juda murakkablashadi.


TASHHIS: Kasallik chaqiruvchini ajratish (ekish), unining morfologiyasi va biologik xususiyatlarini aniqlash, serologik ta’riflash, bemorning qon zardobi bilan agglyutinatsiya reaksiyasini quyish.
OVQATLI MIKOTOKSIKOZLAR: Aflotoksikoz, fuzariotoksikoz, ergatizm.
Aflotoksikoz mog‘or zahari orqali kelib chiqib, kuchli gepatotoksik va gepatokonserogenli ta’sir xususiyatiga egadir. U mog‘or ko‘pincha ereyog‘oq mag‘zi undan tayyorlangan unni ifloslaydi. Aflotoksizlarni kimyoviy va biologik usullar bilan ham aniqlash mumkin.
Fuzariotoksikozlar – alimentlar – toksik aleykiya va non orqali zaharlanish (pyanыy xleb) kiradi. Alimentar toksik alleykiyani kelib chiqishiga ayrim tur yoki shtammdagi mog‘orlar kirib, ular qor ostida qishda qolgan bug‘doy donlarini zararlantiradi. Tashhis qo‘yish uchun bug‘doy donlar bilan kaptarlarni boqiladi.
NON orqali zaharlanish bug‘doy donlarini mog‘orlari bilan zararlangan hxollarda yuzaga keladi. Klinikasi: eyforiya, harakat koordinatsiyasining buzilishi, keyinchalik depressiya va holsizlanish.
ERGOTIZM – g‘galla boshoqklarida bo‘ladigan zaharli qora zamburug‘klardir. Kasallik zararlanishdagi gangrenoz shakllari ham kuzatiladi.
Zaharli qo‘ziqorinlar bilan zaharlanish – qurbaqasallar, muhamor, strochok, soxta to‘nka zamburug‘i (daraxt atrofida o‘sadi) lar orqali kelib chiqadi.
Qo‘ziqorinlar bilan zaharlanganda o‘tkir gastroenterit belgilari kuzatiladi.
To‘xtovsiz suyuq ich ketish (xolerapodobnыy) kuzatiladi, chunki uning tarkibida AMANITIN nomli zahar bo‘ladi.
Muhamor bilan zaharlanganda vegatativ MNS jarohatlanishi belgilari kuzatiladi, chunki uning tarkibida muskarin va muskaridin zaharlari bo‘ladi:
Strochok tarkibida germitrin va genvell kislotasi bo‘lganligi sababli, sarg‘ayish va gemoturiya yuzaga keladi.
Zaharlanishlarni oldini olish maqsadida aholiga zaharli qo‘ziqorinlar haqida iloji boricha ko‘proq tushintirish ishlari o‘tkazilishi talab etiladi.
Zaharli xayvon mahsulotlari orqali zaharlanishlar – marinka, ignaqorin, mo‘ylovli baliq va sevan xromli baliqlarning ikralari va baliq sutlari, qora mollarning ichki sekret bezlari – buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi kabilarni iste’mol qilganda kelib chiqadi.
Zaharli o‘simliklar orqali zaharlanishlar – zaharli o‘simliklar qatoriga 100 ortiq turdagi o‘simliklar kiritilgan: bangidevona (durman), mingdevona (belena), bodiyon yoki zangpoya (pyatnistыy boligolov), belladona (krasavka), akonit yoki parpi, marjonbuta (buzina), O‘rta Osiyoda esa ko‘proq ko‘k maraz yoki xazarangul (geliotrok), kampirchopon (trixodesma).
Agar bug‘doy yoki arpa doni ko‘kmaraz urig‘i bilan aralashsa va u iste’mol qilinsa toksik gepatit kampirchopon bilan ifloslanganda esa – enfsefalit yoki meningoensefalit rivojlanadi.. Zaharlanishlarni oldini olish uchun don mahsulotlarini ko‘k maraz va kampirchopon urug‘lari bilan ifloslanmasligi, ifloslangan taqdirda undan tozalanishi talab etiladi.
Bundan tashqari ayrim hollarda achchiq danak mag‘izlarini iste’mol qilinganda (shaftoli, o‘rik, olcha, bodom) uning tarkibida amigdalin organizmda gerolizlanip sinil kislotasini hosil qiladi..
Ayrim xollarda kartoshka kish kunlarida tugri saqlanishi va baxorda usib ketishi natijasida uning tarkibida oslanin xosil bo‘ladi va u gemolitik xususiyatiga egadir.

KIMYOVIY MODDALARNING YUQLARI ORQALI KELIB CHIQADIGAN OVQATDAN ZAHARLANISH.



Qo‘rg‘oshin birikmalari surunkali zaharlanishlarni keltirib chiqaradi, bunday xolat sifati yomon idishlarda murabbo, tuzlangan, marinadlangan mahsulotlari, umumiy holsizlanish, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, og‘izda bemaza ta’m, keyinchalik oyoq-qo‘llarda qaltirash, ishtahaning yo‘qolishi, ozib ketish, ich ketish, anemiya, qo‘rg‘oshinli kolikalar kuzatiladi.
Mis birikmalari odatda o‘tkir zaharlanishlarni keltirib chiqarib oshqozonning shilliq qavatini shikastlaydi. Bemorda 2-3 soatdan so‘ng (ovqat iste’molidan keyin), agar mis birikmalari ko‘proq bo‘lsa birnecha daqiqadan keyin qorinda og‘riq, qusish, ich ketish belgilari bo‘ladi. Og‘izda metall ta’mi paydo bo‘ladi. Buni oldini olish uchun idish zirhlarida mis, qo‘rg‘oshin, rux birikmalari bor bo‘lganida bu idishlarda ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan man etiladi.
PESTITSIDLARDAN zaharlanish – Olib borilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha organizmga pestitsidlarning tushishi asosan ovqat mahsulotlari orqali sodir bo‘ladi. Ko‘pincha surunkali zaharlanishlar qayd qilinadi. XOB birikmalarining organizmga ta’siri birinchi navbatda MNS ning jarohatlanishi bilan kuzatiladi, keyinchalik parenximatoz organlar, endokrin sistema, yurak-tomir sistemasi jarohatlanadi. O‘tkir zaharlanishlarda nerv sistemasining jarohatlanish belgilari, surunkali zaharlanishlarda esa parenximatoz organlar (jigar, buyrak) jarohatlanadi.
FOBlarning ta’siri mexanizmi asosida esteraza fermentlarining aktivligining pasayishi kuzatiladi, ayniksa xolinesteraza fermenti. FOBlar bilan zaharlanganlarda qusish, qorin sohasida og‘riq, ich ketish, ko‘zdan yosh oqish, keyinchalik esa MNS jarohatlanish belgilari yuzaga keladi: bezotalanish, qo‘rquv, bosh aylanish, ko‘p va butun badanning qaltirashi. Ayrim karbamin kislotata guruhiga kiruvchi (baygon, sevin, betanol) pestitsidlar oksidlanish jarayoni bo‘lgan, nuklein kislotasi almashuvini izdan chiqaradi.
ETOLOGIYASIZ ANIQLANMAGAN OVQATDAN ZAHARLANISHLAR.
Alimentlar – paroksizmal – toksik mioglobinuriya – kasalliklarini kelib chiqishida dunyoning turli mamlakatlarida baliq mahsulotlarini iste’mol qilishga bog‘liq yuzaga kelib turadi. Kasallikga chalinganlarning deyarli barchasida mushaklarning alimentlar distrofik va mikrotik o‘zgarishlari rivojlanadi, buyrak funksiyasig izdan chiqadi, MNS funksiyasi uzgaradi. Kasallikning eng asosiy klinik belgisi qatoriga mushaklarda to‘satdan yuzaga keladigan kuchli og‘riq xurji, mioglobinuriya. Tabiatdan zaharlanish bo‘lmagan baliqlar (щuka, okun, sudak)da zaharlik xususiyatini ruyob qilish fitopaliktonlarga oid ovqatli mahsulotlarning xususiyatlarni o‘zgarishi bilan tushintiriladi. Ammo, bu zaharli moddalarning tarkibida va xususiyati aniqlangan emas.
«Ovqatdan zaharlanishlarda sanitariya-epidemiologiya xizmat muassasalarida uning kelib chiqishi sabablarini tekshirish hisobga olinadi va laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish haqidagi INSTRUKSIYA» ga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokor, unga birlamchi tashhis qo‘ygan yoki ovqatdan zaharlanishga shubha qilgan shifokor quyidagilarni bajarishi shart:
Telefon, telegraf yoki biror xodim orqali davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga shoshilinch xabar berish kerak.
Ovqatdan zaharlanish aniqlangandan so‘ngi 12 soat mobaynida kasallik haqida shoshilinch xabarnoma (ekstrennoe izveщenie) yuborish lozim, bunday xabarnoma № 58 hisobot shaklida tuman DSESNMning kasallik aniqlangan aniq manzilgohi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Kasallikni keltirib chiqargan ovqat mahsulotini yoki shubha qilingan mahsulot iste’moldan chetlanishi va keyinchalik bu mahsulotning tarqatilishi ta’qiqlanadi.
SHubhali ovqat qoldiqlari, qusish – materiallari (oshqozon yuvilgan suv), najas, siydiklar to‘planadi va lozim bo‘lganda bemordan qon olib gemokultura uchun ekiladi.
Bakterologik tekshiruvlar uchun namunalar og‘zi keng shisha idishlarga olinib, ularning og‘zini zich berqilishiga e’tiborni qaratish kerak, olingan namunalarni hajmi 200-300 ml. miqdorida bo‘lib, pergament qog‘ozga o‘raladi, ustidan kanop yoki rezina bilan bog‘lanadi. Konserva qoldiqlari topilgan hollarda ovqat qoldig‘i shu idishning o‘zida laboratoriyaga junatiladi.
najas namunalarni olishda imkoni boricha eng oxirgi najas namunasi bo‘lgani ma’qul (5-10gramm). Agar najasda shilliqlar, yiring, qon qoldiqlari yoki izlari bo‘lsa ularni ham albatta namunaga kiritish lozim bo‘ladi.
Qusiq namunalari (50-100ml.), oshqozonni yuvish suvlari (100-200ml.) miqdorida har bir jabrlanuvchidan olinadi, lekin namuna olish ba’zi bir dori-darmonlarni iste’mol qilinishidan ilgari olinishi shart.
Tomoq va burunlardan surtma olishda sterillangan paxtali tamponlardan foydalaniladi. Namunaga yorliq yopishtiriladi, nomerlanadi va muhrlanadi. Har bir namuna idishda olingan materialning nomi, namuna olingan bemorning F.I.SH. olingan vaqti ko‘rsatiladi. Bakteriologik tekshirishlar uchun namunalarni 4-60S haroratda bir kundan ortiq saqlash mumkin emas.

11. Talaba uchun uslubiy ko‘rsatma


Muammo: Ovqatdan zaharlanishning kelib chiqish sababini aniqlash, ovqatdan zaharlanish o‘chog‘ida UASH taktikasini tanlash, o‘choqda o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish.
Amaliy vaziyatni mustaqil ravishda bosqichma-bosqich tahlil qilish va echish bo‘yicha yo‘riqnoma
Bajarish bosqichlari
Taklif va tavsiyalar

1. Keys bilan tanishish


Avval keys bilan tanishing
O‘qib turib vaziyatni tahlil qiling.

Ushbu vaziyat bilan tanishish.


YAna bir bor ma’lumotni diqqat bilan o‘qing.
Sizga muhim tuyuilgan abzatslarni belgilang.
Vaziyatni ta’riflashga harakat qiling. Bu hodisada nima asosiy va ikkilamchiligini aniqlang.

3.Tayanch muammo-lar va muammo-larni aniqlash, ularni shakllan-tirish va asoslash


Muammo:
Ovqatdan zaharlanishning kelib chiqish sababini aniqlash, ovqatdan zaharlanish o‘chog‘ida UASH taktikasini tanlash, o‘choqda o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish.

4.Vaziyatga tash-his qo‘yish va uni tahlil qilish


Vaziyatni tahlil qilishda quyidagi savollarga javob bering:
YUqoridagi shikoyatlar qaysi havfli kasalliklarda uchraydi?
Qaysi guruhdagi ovqatdan zaharlanishlar bilan differensial tashhislash mumkin va kasallikning yuzaga kelishidagi omil-larni aniqlang?
UASH ovqatdan zaharlanish o‘chog‘ida qanday harakatlarni bajarish kerak? Tekshirish rejasini tuzing va uni asoslang.
YAkuniy tashhis qo‘yish uchun UASH qo‘shimcha yana qanday vazifalarni bajarishi kerak?
Tekshirish uchun DSENMga nima yuborilishi kerak?
Ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish chora-tadbirlari

5.Muammoli va-ziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda


ularni asoslash
Ushbu vaziyatda bu muammoni echish mumkin bo‘lgan barcha usullarini sanab o‘ting.

6.Muammoli va-ziyatni hal etish bo‘yicha chora-tad-birlarni ishlab chiqish


Tashhis qo‘ying va muammoni eching

Amaliy vaziyatni jamoa bo‘lib bosqichma-bosqich tahlil qilish va echish bo‘yicha yo‘riqnoma

Bajarish bosqichlari
Taklif va tavsiyalar

Vaziyat va muammo haqidagi qarashlarni kelishish.


Taqdim etilgan vaziyat, muammo bo‘yicha taklif va fikrlarni muhokama qiling va bir qarorga keling..

Muammoni echish, va uni echishga taklif etilgan ustivor fikrlarni tahlil qilish va uni baholash.


Muammoni echish bo‘yicha taklif etilgan usul va vositalarni muhokama eting va baholang. Muammoni hal etishda sizning fikringiz bo‘yicha eng maqbul echimni tanlang..

Muammoni echish uchun o‘zaro maqbul bo‘lgan echimni va uni amalaga oshirishni ishlab


chiqish.
Muammoni echish uchun o‘zaro maqbul echimi va uni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqing.
Vazifa: Bolalarning holatini tahlil
qilgan holda taxminiy taxshis qo‘yish, zarur bo‘lgan laborator tekshirishlar o‘tkazish, bemorni davolash uchun asoslangan echim topish

Taqdimotni tayyorlash.


Guruh nomidan bajarilgan ish natijalarini rasmiylashtiring va og‘zaki shalda taqdimot eting. Jamoa tomonidan bajarilgan vazifa hisobotini kim taqdimot qilishini muhokama eting va uni hal qiling: etakchi yoki muammoni echish jarayonida jamoaning ishtirokiga ko‘ra barcha Ko‘rgazmali materiallarni plakat, slayd yoki multemedia shaklida tayyorlang. Taqdimot tayyorlash vaqtida nimalarga e’tibor berishingiz kerakligini belgilab oling.

Muammoli vaziyatni tahlil va echish varaqasi


Keys bilan ishlash bosqichlarining nomlari
Bajariladigan ish bosqichlarining mazmuni

Keysdagi vaziyat bilan tanishish


Berilgan aniq vaziyatning sharhi va vaziyatni hal etish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash.

Vaziyatni tahlil qilish


Vaziyatni tahlil qilishda quyidagi savollarga javob bering:
YUqoridagi shikoyatlar qaysi havfli kasalliklarda uchraydi?
Qaysi guruhdagi ovqatdan zaharlanishlar bilan differensial tashhislash mumkin va kasallikning yuzaga kelishidagi omil-larni aniqlang?
UASH ovqatdan zaharlanish o‘chog‘ida qanday harakatlarni bajarish kerak? Tekshirish rejasini tuzing va uni asoslang.
YAkuniy tashhis qo‘yish uchun UASH qo‘shimcha yana qanday vazifalarni bajarishi kerak?
Tekshirish uchun DSENMga nima yuborilishi kerak?
Ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish chora-tadbirlari

Muammoni asoslang


Asosiy muammo va uning tarkibini asoslang.

Muammoni hal qilishning alternativ echimini tanlash.


Ushbu vaziyatni hal etishning alternativ echimini sharhlang.

Muammonining echimini ishlab chiqish va uni asoslash.


Aniq echimni ishlab chiqish va echish usuuni asoslash

Keys bilan shaxsiy tarzda ishlashni baholash jadvali


Ishtirokchilar
Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Joriy vaziyat tahlili max. 1,0


Muammoni asoslash max. 0,5
Muammo-ni echish usullari va vosita-larini tanlash max. 0,5
Echimning tadbiq qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish max. 0,5
Umumiy bal max. 2,5

1.


2.

№.


2,0-2,5 ball – a’lo; 1,5-2,0 ball –yaxshi
1,0-1,5 ball – qoniqarli
1,0 baldan past – qoniqarsiz
Jamoa tarzda muammoning echimi variantlarini baholash tizimi
Har bir guruh 2tadan baholash balli oladi. O‘qituvchi ballani 1ta javob uchun yoki uni 2 ta variantga bo‘lishi mumkin (1:1,0,5:1,5 va h.k.)
Har bitta variant uchun olingan ballar qo‘shiladi. Eng ko‘p ball to‘plagan variant yuqori ball oladi. Bahsli vaziyatlarda ovozga qo‘yish orqali baholanadi.

Jamoa tarzda muammoning echimi variantlarini baholash jadvali, ball

Guruh
Muammoni echishning alternativ variantlari
Taqdimotni baholash mezoni

Guruh
Prezenta-siyaning to‘liqligi va aniqliligi


(1-20)
Taqdim etilgan prezentatsiyaning ko‘rgazmaliligi
(1-20)
Guruh a’zolarining hamjihatlili-gi va faolligi
(1-20)
Taqdim etilgan echimlarning o‘ziga xosligi (1-20)
Qonu-niy me’yor-larga mosligi(1-20)
Jami to‘plangan ballar yig‘in-disi max. 100.
III. O‘qituvchining keysni echish va tahlil qilish varianti

YUqoridagi shikoyatlar qaysi havfli kasalliklar uchun xos?


Amaliyotda o‘tkir qorin simptomi quyidagi kasalliklarda uchraydi:
- yuqumlik kasalliklarda
- ovqatdan zaharlanishllarda
- ko‘richak va jarrohlik patologiyalarida

2. Qaysi guruhdagi ovqatdan zaharlanishlar bilan differensial tashhislash mumkin va kasallikning yuzaga kelishidagi omillarni aniqlang?


1. Toksikoinfeksiyalar bilan
2. Kasallikning kelib chiqishiga quymoqlarni tayyorlash texnologiyasi va oshxonada sanitar-gigienik talablarning buzilishi sabab bo‘lgan.

3. UASH ovqatdan zaharlanish o‘chog‘ida qanday harakatlarni bajarish kerak?

SHifokor ovqatdan zaharlanishni aniqlaganda bemorga birinchi yordam ko‘rsatishi, bemordan va uning qarindorshlaridan zaharlanishga olib kelishiga nima sabab bo‘lganligini so‘rab surishtirish.
YAkuniy tashhis qo‘yish uchun UASH qo‘shimcha yana qanday vazifalarni bajarishi kerak?

UASH gumon qilingan ovqat qoldiqlaridan namuna olishi, DSENM ovqatdan zaharlanish to‘g‘risida shoshilinch habarnoma yuborishi (aholi yashash punkti, manzili, sana, ovqat ist’emol qilish joyi, kasallanganlar soni, jumladan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kasalxonaga yotqizilganlar, kasallikning og‘irliligi, o‘limlar soni, shubha qilingan mahsulot, o‘tkazilgan chora-tadbirlar (mahsulot) imzo)

5. Tekshirish uchun DSENMga nima yuborilishi kerak?
DSENM labaoratoriyasiga tekshirish uchun gumon qilingan ovqat, qusuq massalari va oshqozonni yuvgan suv, bemorning qoni va axlatini yuborish kerak

6. Ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish chora-tadbirlari.


- Sifatli ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish
- Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri transportirovka qilish
- Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash
- Oziq-ovqat mahsulotlariga termik ishlov berish
- Ovqat tayyorlashda to‘g‘ri texnologik jarayonga rioya qilish
- Tayyor ovqatlarni o‘z vaqtida tarqatish
Download 41.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling