4-5-mavzular (O'simlik hujayrasining tuzilishi, hujayraning hayotiy faoliyati, o'simlik to'qimalari) bo'yicha test svollari
Download 29.91 Kb.
|
7-8-9-mavzular
(Ildiz tizimi va turlari, Ildizning ichki tuzilishi, Shakli o'zgargan ildizlar) bo'yicha test savollari 1………… o'simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi va o'simlikni yerustki qismiga yetkazib beradi. A)ildiz B)poya C)barg D)gul 2. Ildizning po‘stloq hujayralari mos keluvchi javob variantini toping. 1)o'lik; 2)tirik; 3)ovalsimon; 4)yumaloq; 5)yupqa qobiqli A) 1,4,5 B) 2,4,5 C)1,3,4,5 D) 1,2,4 3. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ……. ga keyin ……… ga o'tadi. A) ildiz tukchalariga/ po'stloq hujayralariga B) ildiz tukchalariga/ naylarga C) ildiz tukchalariga/ o'suvchi qismga D) ildiz tukchalariga/ qinchaga 4.O'q (a) va popuk (b) ildiz tizimiga ega bo'lgan o'simliklar juftlangan javobni ko'rsating. A)a-tarvuz, no'xat; b-g'o'za, loviya B)a-g'o'za, no'xat; b-arpa, bug'doy C)a-makkajo'xori, arpa; b-terak, saksovul D)a- do'lana, terak; b- makkajo'xori, no'xat 5.Ildiz uchidagi bo'linuvchi qismni qaysi qism o'rab turadi? A) O'suvchi qismi B)Ildiz qinchasi C) Shimuvchi qismi D)O'tkazuvchi qism 6.Ildiz tizimining tuzilishi va o'lchami nimalarga bog'liq? 1)o'simlik turiga; 2)tuproq unumdorligiga; 3)ildizning shohlanishiga; 4)o'simlikning bo'yiga; 5)qo'shimcha ildizlarga A)1,2,3,4 B)1,2,4,5 C)2,3,4,5 D)1,2,3,5 7. Makkajo‘xorining 1 mm2 so'rish qismida qanchagacha ildiz tukchalari bo'ladi? A) 100 ta B)300 ta C)700 ta D)500 ta 8. Bargida qo'shimcha ildizlari bo'lgan o'simlikni ko'rsating. A)yong'oq B)makkajo'xori C)begoniya D)yantoq 9.Agar o'simlik tagiga tuproq tortilsa ……. A)hosildorlik pasayadi B)ildiz bo'yiga o'sadi C)ildizni pastga tomon o'sishi tezlashadi D)o'simlikning hosildorligi oshadi 10.Quyidagilardan qaysi bir barg hosil qilmaydi? A) novda B) poya C) ildiz D) ildizpoya 11. O’simliklarning o’sishi nima hisobiga boradi? A) asosiy hujayralarining ko’payishi va o’sishi B) meristema to’qima hujayralarining ko’payishi va o’sishi C)hujayralarning bo’linishi va nobud bo’lishi D)asosiy va meristema hujayralarining ko’payishi va o’sishi hisobiga 12. Ildizlar kelib chiqishiga ko'r qanday turlarga bo’linadi? 1)asosiy ildiz; 2)yon ildiz; 3)qo‘shimcha ildiz; 4)boshlang'ich ildiz; 5)havo ildizi A) 1,2,4 B) 2,3,5 C) 1,2,3 D) 1,3,5 13. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosita o'sishidan hosil bo’ladigan ildiz qanday nomlanadi? A) asosiy ildiz B)qo‘shimcha ildiz C)yon ildiz D) havo ildizi 14.Yon ildizlar (1), qo‘shimcha ildizlar (2) qanday hosil bo'ladi? a)poya va bargdan; b)asosiy ildiz shoxlanishidan c) qo'shimcha ildizlardan A) 1-a; 2-b,c B) l-b,c; 2-a C) 1-c; 2-b, a D) 1-b; 2-a,c 15. Bir tup o'simlikdagi asosiy, yon va qo'shimcha ildizlar yig'indisiga qanday ataladi ? A) ildiz to'plami B) ildiz sistemasi C) mukkammal ildiz D) ildiz qismlari 16. Agar ildizning uchi qismi chilpib tashlansa, unda qanday o'zgarishlar kuzatiladi? a)bo'yiga o'sishdan to'xtaydi; b)asosiy kuch yon ildizga beriladi; c)hosildorlik pasayadi; d)o'simlik tez gullaydi. A)b,c B)a,d C) a,b D)b,d 17.Ildiz tizimi qo'shimcha va yon ildizlardan tashkil topgan o'simliklar ko'rsatilgan javobni toping. A)g'o'za, no'xat, loviya, tarvuz B)makkajo'xori, no'xat, qovun C)bug'doy, arpa, makkajo'xori D)saksovul, terak, do'lana 18.G'o'za nihollarining ildizi bir kecha-kunduzda qanchagacha o'sadi? A) 1-2 sm B) 2-3 sm C) 5-8 sm D) 10 sm 19. Qasyi o'simlik ildizi yerga 30 m gacha kirib boradi va yerosti suvlaridan ham foydalanadi? A)olma B)makkajo'xori C)bug'doy D)yantoq 20.Har bir ildiz tukchasi nechta hujayradan iborat? A)bitta B)ikkita C)uchta D)to’rtta 21.Ildiz qaysi qismidagi hujayralarning ko’payishi hisobiga bo’yiga o’sadi? A)o’suvchi B) o’tkazuvchi C) bo’linuvchi D)so’ruvchi 22.Tayanch ildizlarga ega bo’lgan o’simliklar qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) banyan daraxti, oqjo’xori, makkajo’xori B) makkajo’xori, g’o’za, banyan daraxti C)oqjo’xori, makkajo’xori, terak D)lavlagi, makkajo’xori, oqjo’xori 23.Sabzi, sholg’om, lavlagi o’simliklarida qaysi ildiz o’zgarib o’zida oziq modda to’playdi? A)yon B) asosiy C)qo’shimcha D)barchasi 24.Ildizning novdadan farq qiluvchi belgisi qaysi javobda berilgan? A)vegetativ organ B) generativ organ C) barg hosil qilmaydi D)barg hosil qiladi 25. Ildizlari ovqatga ishlatiladigan ildizmevali o'simliklarni aniqlang. a)kartoshka; b)qizil lavlagi; c)rediska d) karam; e)namatak A) a,b B) c,d C) b,c D) a,b,e 26. Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishdan to'xtasa, boshlang'ich poyadan qo'shimcha ildizlar hosil bo'ladi. Bu qaysi o'simliklarga hos? A) o’q ildizli ikki urug`pallalilarga B) popuk ildizli bir urug`pallalilarga C) qo'shimcha ildizlilarga D) ildiz xosil qiluvchi barchasiga 27. Tayanch ildizlar qanday vazifani bajaradi? A) nafas olish jarayonini B)fotosintez jarayonini amalga oshirish C) poyani tutib turishga yordam beradi D)o’zida oziq moddalar to’plash 28.Qaysi ildiz turi poyaning yerga yaqin qismidan yoki yerga tegib turgan joyidan o'sib chiqadi? A)asosiy ildiz B)qo’shimcha ildiz C)yon ildiz D)qo’shimcha va asosiy ildiz 29. G`o`za nihollarini ildizi uchun xos bo`lgan xususiyatni aniqlang. A)qalin qobiqli cho`ziq zanjir shaklda ulangan hujayralardan tuzilgan B)uning hujayralar 2-3 kun hayot kechiradi C) asosiy ildiz tezda nobud bo’ladi va qo’shimcha ildizlar hosil bo’ladi D) bir kecha kunduzda 2-3 sm o`sadi 30.Gulli o'simliklarning vegetativ (1) va generativ (2) organlarini ko`rsating. a)ildiz, poya va barg; b)meva, poya va barg; c)gul, meva va urug' ;d)gul va ildiz, A) l-a,2-b B) l-a,2-c C)l-b,2-a D)l-c,2-d 31. Ildiz sistemasi tuzilishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi? A) o'q ildiz va yon ildizga B) o'q ildiz va popuk ildizga C) o'q ildiz va qo'shimcha ildizga D) popuk va qo'shimcha ildizga 32. .Ildizsiz o`simlikni aniqlang. A)suv qaroqchisi B)qizil lola C)zig`ir D)zubturum 33. Ildizning tukchasi hujayrasi tuzilishga mos javoblar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) yupqa qobiqli; 2) sitoplazmali ; 3) yirik mag'izli; 4) qalin qobiqli A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4 34. Ildiz tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarini qaysi hujayralar orqali shimib oladi? A) o’tkazuvchi qismidagi hujayralar orqali B) tukchalari bilan C) ildiz qinchasi bilan D) po’stloq hujayralari bilan 35. Ikki urug`pallali o`simliklar uchun xos bo`lgan ildiz sistemasini aniqlang. A)o`q ildiz B)popuk ildiz C)yon ildiz D)qo`shimcha ildiz 36.Makkajo'xorining (1) va bosh piyozning (2) ildizi poyadan atrofga qanchagacha yoyiladi? a)2 m; b)60-70 sm; c)5 m; d)10 m A)l-c,2-a B) l-c,2-b C) l-a,2-b D) l-a,2-d. 37. Ildizning ildiz tukchalari joylashgan qismi qanday ataladi? A)o`tkazuvchi B)so`ruvchi C)bo`linuvchi D)o`suvchi 38.O'simliklar ildizi yetarli darajada havo olishi uchun urug' ................ ekiladi? A) qattiqroq B) ertaroq C) nami mo'l yerga D) yumshoq yerga 39. Ildiz tukchalarining faoliyati qancha kungacha davom etadi. A) 5-6 kun B) 10-12 kun C) 1 oygacha D) 10-15 kun 40.Tayanch ildizlar kelib chiqishiga ko’ra qanday ildiz hisoblanadi? A)asosiy B)yon C)qo’shimcha D)havo ildiz 41.Qaysi javobda banyan o’simligi bilan hayotiy shakli o’xshash o’simlik berilgan? A)tol B)sebarga c)atirgul D)itsigak 42.Ildizlar tizimi tuzilishiga ko’ra (a), kelib chiqishiga ko’ra (b) va qanday turlarga ajratiladi? A)a-asosiy, yon va qo’shimcha; b- o’q va popuk ildiz B)a-o’q va popuk; b-asosiy, yon va qo’shimcha C)a-asosiy, o’q va popuk; b-yon va qo’shimcha D)a-yon, qo’shimcha va popuk; b-asosiy va o’q ildiz 43.Ildiz tukchalari ildizning qaysi hujayralaridan hosil bo’ladi? A)so'ruvchi qsimidagi ildizni qoplovchi hujayralardan B)o’suvchi qismidagi hujayralardan C)ildiz qinchasidan D)shimuvchi qismidagi ildiz tukchalaridan 44. Ildizdagi hujayralar qaysi havo bilan nafas oladi? A) naychalar tarkibidagi B) ildiz tukchalarining ichidagi C) po'st hujayralari orasidagi bo'shliqlardagi D) kambiy hujayralarining tarkibidagi 45.Havo ildizlarga ega bo’lgan o’simliklar asosan qayerlarda o’sadi? A)subtropik mintaqalarda B) shimoliy mintaqalarda C) tropik mintaqalarda D)janubiy mintaqalarda Download 29.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling