4-5-mavzular (O'simlik hujayrasining tuzilishi, hujayraning hayotiy faoliyati, o'simlik to'qimalari) bo'yicha test svollari


Download 29.91 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi29.91 Kb.
#999660
1   2   3
6-mavzu (O`simlik to`qimalari)
bo'yicha test savollari

1. O'tkazuvchi to'qimada moddalar ikki tomonlama harakat qiladi. Ya'ni...


A) Tuproqdan ildizga va uning aksi
B) Havodan bargga va aksi
C) Ildizdan bargga va bargdan ildizga
D) Guldan mevaga va mevadan gulga

2. Qaysi to'qimaning asosiy vazifasi o'simliklarda suvda erigan moddalaming harakatini ta'minlashdan iborat.


A) Asosiy to'qima B) Qoplovchi to'qima
C) O'tkazuvchi to'qima D)Ajratuvchi to'qima
3. Kollenxima .... hisoblanadi.
A) Mexanik to‘qimaning hujayralari
B) Mexanik to'qimaning o'lik hujayrasi
C) Mexanik to'qimaning tirik hujayrasi
D)Mexanik to‘qima hujayrasi emas

4. To’qima termini ilk bor qaysi olimlarning asarlarida ishlatilgan?


A)R.Broun va R.Guk B)R.Broun va N.Gryu
C)N.Gryu va Malpigi D)Malpigi va R.Guk

5. Odatda po'stloqning sirti....


A) silliq va bujmaygan bo'ladi.
B) yorilgan va g'adir-budur bo'ladi.
C) silliq va tekis bo'ladi.
D) yorilgan va silliq bo'ladi.

6. Sklerenxima nima?


A) mexanik to'qimaning tirik hujayrasi
B) hosil qiluvchi to’qima hujayrasi
C)o`tkazuvchi to'qimaning hujayralari
D) mexanik to‘qimaning o‘lik hujayrasi

7.Asosiy to'qima hujayralari qaysi to'qima hujayralarini oralig'ida joylashadi?


A)qoplovchi, mexanik ,hosil qiluvchi
B)mexanik, o'tkazuvchi, qoplovchi
C)meristema, o'tkazuvchi, qoplovchi
D)hosil qiluvchi, mexanik,o'tkazuvchi

8.Tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan to‘qimani aniqlang.


A)barcha to‘qimalar B) jamg‘aruvchi to‘qima
C) qoplovchi to‘qima D) mexanik to'qima

9. Qaysi to'qima assimilyatsion to‘qima deb ham yuritiladi?


A) Jamg`aruvchi to'qima B) Asosiy to‘qima
C) Qoplovchi to'qima D) Ajratuvchi to‘qima

10. Organik moddalarning asosiy qismi hosil bo'ladigan to‘qima?


A) Jamg‘aruvchi to'qima B) Asosiy to‘qima
C) Qoplovchi to‘qima D)Ajratuvchi to'qima

11. Assimilyatsion to‘qima yana qanday nomlanadi?


A) xlorenxima B) meristema
C) kollenxima D) sklerenxima

12. Asosiy to'qima bajaradigan funksiyasiga ko'ra …….


A)assimilyatsion, qoplovchi hillarga ajratiladi
B)himoyalovchi, assimilyatsion hillarga ajratiladi
C)qoplovchi, jamg'aruvchi hillarga ajratiladi
D)assimilyatsion, jamg'aruvchi hillarga ajratiladi

13. To'qima tushunchasini fanga qaysi olim kiritgan?


A) Robert Guk, ingliz olimi 1665y.
B) Malpigi, italyan olimi 1671 y.
C) Ch. Darvin, ingliz olimi 1859y.
D) N. Gryu, ingliz olimi 1682y.

14. 1682-yiI ingliz tabiatshunosi N. Gryu o`z asarida qaysi tushunchani fan olamiga olib kirgan edi?


A) Yadro B) To'qima C) Vakuol D) Hujayra

15. To'qimalar qaysi o'simliklar uchun xosligini toping.


A) yuksak o'simliklar B) bir hujayralilar C)barcha o’simliklar D) tuban o’simliklar

16. Jamg'aruvchi to'qima hujayralari o'simlikning qaysi organlarida bo'ladi?


A)yashil barglarda, ildizmeva, ildizpoya, daraxtlarning tanasida
B)daraxtlarning tanasida, ildizpoya, ildizmeva, tugunak, piyozbosh, meva va urug'larda
C) ildizmeva, tugunak, piyozbosh, meva va urug'larda, qo'shimcha ildizlarda
D) yon ildiz, ildizmeva, tugunak, piyozbosh, meva va urug'larda

17. Uchki hosil qiluvchi to'qima qayerlarda uchrashini aniqlang


a)kurtakda; b)novdada; c)ildiz uchlarida
A) a,b B) a,c C) b,c D ) a,b,c

18. O‘simlikning bo‘yiga o‘sishini ta‘minlaydigan to‘qimani aniqlang.


A) asosiy to'qima B) hosil qiluvchi
C) jamg'aruvchi D) qoplovchi

19.Yog'ochlik va lub orasida o‘rnashgan yon hosil qiluvchi to'qima qanday nomlanadi?


A.sklerenxima B) epiderma
C) kambiy D) kollenxima

20. Yog‘ochlik va lub orasida o'rnashgan yon to'qima hisobiga o'simlik ……… o'sadi


A) bo'yiga B) eniga C) tikkasiga D) har tomonga

21. Novdalarini qoplab turadigan bir- biri bilan zich joylashgan, bir qavat tirik hujayralarda og'izchalar bor, ular qanday vazifani bajaradi.


1)gaz almashinuvida; 2)suv bug'lanishida; 3)efir moyi, yog’larni chiqishiga; 4)tuzlarning tashqariga chiqishiga
A) 1,2 B) 3,4 C)1,2,3 D) 1,2,3,4

22. Po'kak to'qimasi o'lik hujayralardan iborat bo'lib, uning qobig'i esa maxsus modda ……. shimilgan.


A) kollenxima B) sklerenxima
C) suberin D) meristema

23.Po'stloq qavati qanday hosil bo'ladi?


A)po'kak qavati asosiy to'qima hujayralari bilan qo'shilishidan
B)kambiy qavati hujayralari tashqi tomonga qarab o'sishidan
C)daraxt va butalar tanasi va ildizida har yili yangi po'kak qavati shakllanadi.Ular po'stloqni hosil qiladi
D)tana o'rtasidagi o'zak hujayralari bo'linib ko'payishi hisobiga

24.O'simlikka tayanch va uning organlariga mustahkamlik beruvchi qalin qobiqli to'qimani aniqlang.


A) Asosiy to'qima B) Hosil qiluvchi to'qima
C) Mexanik to'qima D) Qoplovchi to'qima

25. Mexanik to'qimaga nimalar misol bo’ladi?


a) lub tolalari; b) sklereid hujayralar; c)yog'ochlik tolalari; d)jamg'aruvchi hujayarlar
A) a,b B) a,c C) b,c D) a,b,c

26. Hosil qiluvchi to'qima yana qanday nomlanadi?


A) parenxima B) meristema.
C) kollenxima D) sklerenxima

27. Bir-biri bilan zich joylashgan, bir qavat tirik hujayralardan tuzilgan to'qimani toping.


A) Po'kak B) Po'stloq C) Epiderma D) Kollenxima

28. Mexanik to‘qimaning tirik (a) va o`lik (a) hujayralarini qaysi javobda to’g’ri juftlangan.


1) kollenxima ; 2)sklerenxima; 3)parenxima; 4)meristema
A) a-1; b-2 B) a-3; b-4 C) a-2; b-3 D) a-3; b-4

29.Fotosintez jarayonida bargda hosil bo‘lgan organik moddalar ildiz, ildizmeva, tugunakka qanday o‘tadi?


A) Elaksimon naylar orqali
B) Yog‘ochlangan tik naylari orqali
C) Kollenxima hujayralari orqali
D) Sklerenxima hujayralari orqali

30. Yasmiqchalar ……….


A)epiderma hujayralari orasida shakllanadi
B) po'kak hujayralari orasida shakllanadi
C)asosiy to'qima hujayralari orasida shakllanadi
D)o'tkazuvchi to'qima hujayralari orasida shakllanadi

31. Epidermaning tashqi tomonda mum yoki kutikula bilan qoplanganligi nimaga nisbatan moslanish hisoblanadi?


A)suvni ko'p bug'latishga nisbatan moslanish
B) suvni kam bug'latishga nisbatan moslanish
C) quyosh nuridan himoyalanish bilan bog'liq moslanish
D)sovuq haroratga nisbatan moslanish

32.Elaksimon nay hujayralari haqidagi to'g'ri ma'lumotlarni belgilang.


a)floema qavatida joylashgan; b)ksilema qavatida joylashgan; d)traxeidlarni o'z ichiga oladi; e) yonida yo'ldosh hujayralar bor ; f)yadroga ega emas; g) fotosintezda hosil bo'lgan organik moddalar harakatlanadi; h)o'lik hujayralardan iborat; i)suv va unda erigan mineral tuzlar harakatlanadi
A)a,c,d,,e B)b,c,d,e,f C)a,e,f,g D)a,e,f,g,h

33. Qoplovchi to'qima uch guruhga bo'linadi…………


A)epiderma, periderma, kollenxima
B)sklerenxima, kollenxima, lub tolalari
C)epiderma, periderma, jamg'aruvchi
D)periderma, epiderma, po'stloq

34. Birlamchi (a) va ikkilamchi (b) qoplovchi to'qima qanday ataladi?


A)a-epiderma; b-po'kak B)a-periderma; b-epiderma
C)a-epiderma; b-periderma D)a-po'stloq; b-periderma

35. O'simliklarning o'sishi qaysi jarayon hisobiga boradi?


a)hujayralarning bo'linib ko'payishi; b) hujayralarning o'sishi c)vakuolning yiriklashuvi ; d)mag'izning yiriklashuvi
A) a,b,c B) a,b C) b,c,d D) a,d

36. Meristema to’qimasi hujayralariga xos ma’lumot(lar)ni ko’rsating.


1)yirik yadroli; 2)mayda yadroli; 3)fotosintez jarayonini amalga oshiradi; 4)hujayralari tirik; 5)yupqa nozik po’stli; 6)suyuq sitoplazmali; 7)quyuq sitoplazmali
A) 1,3,6,7 B) 1,4,5,7 C)2,3,4,5 D)1,5,6,7

37.To’qima termini birinchi marta qaysi asarda fanga kiritilgan?


A)Kitob ush-shifo B)Kitob as-saydana
C)Devon-ul Lug’otut-turk D)O’simliklar anatomiyasi

38.O’simliklarning doimiy bo’lmagan to’qimasi qaysi javobda berilgan?


A)meristema B)ajratuvchi C)asosiy D)qoplovchi

39.Uchki (a) va ichki (b) hosil qiluvchi to’qima o’simlikning qaysi qismlarida joylashadi?


1)ildizning bo’linuvchi zonasida; 2)floema va ksilema o’rtasida joylashadi; 3)o’sish konusida joylashadi
A)a-1,2; b-3 B)a-1,3; b-2 C)a-1,2,3; b-1 D)a-1,3; b-2,3

40.Cho’llarda o’suvchi kaktuslar tanasida suv to’plovchi ..... hujayralar mavjud.


A)xlorenxima B)parenxima C)o’lik D)kollenxima

41.Qaysi to’qima hujayralarida yashil tusdagi plastidalar uchraydi?


A)sklerenxima, asosiy, kollenxima
B)asosiy, hosil qiluvchi, qoplovchi
C)asosiy, kollenxima, epiderma
D)asosiy, o’tkazuvchi, meristema

42.Nima sababdan daraxt va butalarning tanasi yo’g’onlashgan sari po’stloqda yoriqlar paydo bo’ladi?


A)chunki po’stloqda o’lik hujayralar kam bo’ladi
B)chunki po’stloq hujayralari cho’zilish xususiyatiga ega emas
C)chunki po’stloq qavati yupqa bo’ladi
D)chunki po’stloq hujayralari cho’zilish xususiyatiga ega bo’ladi

43.Po’kak hujayralari qobig’ida kletchatkadan tashqari ........ degan modda bo’lganligi uchun o’zidan suva va gazlarni o’tkazmaydi?


A)sitoplazma B)suberin C)kollagen D)smola

44.Qoplovchi to’qimaning qaysi turi tashqi tomondan mum yoki kutikula bilan qoplanadi?


A)periderma B)epiderma C)po’kak D)po’stloq

45.Faqat hosil qiluvchi to’qimaliga xos xususiyatni toping.


A)hujayralarida yashil tusdagi plastidalarga ega
B)tez-tez bo’linish xususiyatiga ega
C)hujayralari tirik bo’ladi
D)hujayralari parenxima hujayralaridan iborat

46. Tuzilishi, vazifasi o’xshash bo’lgan hujayralar yig’indisi qanday ataladi?


A)to`qima B)organ C)organoid D)parenxima

47.Periderma nimalardan tarkib topgan?


A)po’kak va ksilemadan
B)po’kak va boshqa hujayralardan
C)po’kak va kollenximadan
D)po’stloq va epidermadan

48. Hosil qiluvchi to’qimadan vujudga kelgan hujayralar avval o’sadi so’ngra .......


A) yana uzluksiz bo’linishda davom etadi
B) mag’iz va sitoplazmasi yo’qolib nobud bo’ladi
C) boshqa doimiy to’qimani hosil qiladi
D)qobig’i yupqalashib nobud bo’ladi

49.Yo’ldosh hujayralar qayerda joylashgan?


A)o’tkazuvchi naylar yonida
B)elaksimon naylar yonida
C)kollenxima hujayralari yonida
D)sklerenxima hujayralari yonida

50.Sklereid hujayralar qanday shaklda bo’ladi?


A)uzun va ingichka B)yumaloq
C)cho’ziq va rangsiz D)ingichka va yumaloq

51.Sklereid hujayralar qaysi o’simliklarning urug’i qobig’ida (a) va qaysi o’simliklarning meva etida (b) joylashadi?


1)olma; 2)behi; 3)yong’oq; 4)olcha; 5)o’rik; 6)nok
A)a-3,4,5; b-1,6,2 B)a-3,5,6; b-1,2,4
C)a-4,3,5; b-2,6 D)a-1,3,6; b-2,4

52.Mexanik to’qimaning kollenxima (a) va sklerenxima (b) hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni juftlang.


1) tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli; 2) yumaloq shakllilari - sklereid hujayralar ; 3) xloroplastga ega; 4) o‘lik, qalin qobiqli hujayra; 5) uzun ingichka xili- lub tolalari, yog‘ochlik tolalari; 6) barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi
A)a-1,2,3; b-4,5,6 B)a-1,3,6; b-2,4,5
C)a-1,3,4; b-2,5,6 D)a-1,2,4; b-3,5,6

53. ........... hujayralari yadroga ega emas.


A)elaksimon nay B)o’tkazuvchi nay
C)kollenxima D)parenxima

54.Ajaratuvchi to’qima hujayralari qanday moddalarni ajratib chiqaradi?


a)smola; b)suberin; c)efir moylari; d)kauchuk; e)nektar; f)fitonsid; g)kletchatka
A)a,b,c,d,e B)a,c,d,e,f C)b,c,d,e,g D)a,b,f,g,c



Download 29.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling