4-5-mavzular (O'simlik hujayrasining tuzilishi, hujayraning hayotiy faoliyati, o'simlik to'qimalari) bo'yicha test svollari


Download 29.91 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi29.91 Kb.
#999660
  1   2   3

4-5-mavzular
(O'simlik hujayrasining tuzilishi, hujayraning hayotiy faoliyati, o'simlik to'qimalari)
bo'yicha test svollari .

1.Qaysi o’simliklarning mevalarini kesib hujayralarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin?


A)limon, mandarin, piyoz, tarvuz
B)limon, tarvuz, pomidor, mandarin
C)tarvuz,pomidor, mandarin, olma
D)limon, tarvuz, mandarin, elodiya

2.O’simlikning turli hujayralari bir-biridan shakl jihatdan farq qilsada ..........


A)ichki tuzilishi bilan o’xshash bo’ladi
B)barchasi fotosintez qiladi
C)barchasi bir xil vazifani bajaradi
D)barchasini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin

3.Plastidaning qaysi turi o’zida zahira ozuqa modda to’playdi?


A)xloroplast B)leykoplast C)xromoplast D)barchasi

4.Noto’g’ri ma’lumot berilgan javobni toping.


A)o’simlikdagi barcha tirik hujayralari nafas oladi
B)o’simliklarda faqat meristema hujayralari bo’linadi
C)hujayralarning bo’linishida mag’iz katta ro’l o’ynaydi
D)yosh hujayralarda qobiq qalin, qarilarida yupqa bo’ladi

5.Barglari bir qavat hujayralardan iborat bo’lgan o’simlikni ko’rsating.


A)saksovul B)lola C)piyoz D)elodiya

6.Hujayrada tarkibidagi organik moddalarga qaysi moddalar kiradi?


1)suv; 2)oqsil; 3)mineral tuzlar; 4)yog’; 5)uglevod
A)1,4,5 B)3,5,4 C)2,4,5 D)2,3,4

7.Hujayrani tashqi ta’sirdan himoya qilib, uning shaklini saqlab turuvchi va tashqi muhit bilan bog’lab turuvchi qism qaysi?


A)sitoplazma B)mag’iz C)qobiq D)vakuol

8.Qaysi belgi yosh va qari hujayrani ajratish imkonini bermaydi?


A)yirik yoki maydaligi
B)hujayrasida vakuola sitoplazma va mag’izga nisbatan egallagan joyi
C)hujayra qobig’ining qalin yoki yupqa bo’lishi
D)mag’izning shakli va hajmi

9.Xlorofil pigmenti qaysi plastida tarkibida uchraydi?


A)xloroplast B)leykoplast C)xromoplast D)barchasi

10.Barcha yuksak o’simliklar uchun xos bo’lgan ma’lumotni ko’rsating.


A)hujayralarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin
B)tanasi ko’p hujayralardan tashkil topgan
C)hujayralari yupqa va nozik po’stli doimo bo’linib ko’payib turadi
D)hujayralarida yadro shakllanmagan

11.Nima sababdan elodiya mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o’sgandek tirik bo’ladi?


A)hujayralari shaffof bo’lganligi uchun
B)bargi bir qavat hujayralardan iborat bo’lganligi uchun
C)suvda o’sganligi uchun
D)hujayralari yupqa po’stli bo’lganligi uchun

12.O‘simliklarning hujayrasi qanday asosiy qismlardan iborat?


A)hujayra qobig‘i, yadro, sitoplazma
B)yadro, sitoplazma, xromatoplazma
C)yadro, sentroplazma, miofibrilla
D)hujayra qobig'i, kapsid,sitoplazma

13. Kletchatka qanday vazifani bajaradi?


A)zahira ozuqa moddalar saqlanadi
B)organic modfda hosil qilish, o'simlikni o'sishini ta'minlash
C)tashqi muhit bilan bog'lash, hujayra shaklini saqlab tashqi ta'sirdan saqlash
D)mevalarga harhil ya'ni shirin, achchiq va boshqa ta'mlar berish

14.Hujayra qachon va kim tomonidan kashf etilgan?


A)1671-y, ingliz olimi Robert Guk
B)1682-y, ingliz olimi I. Gryu
C)1838-y, avst olimi M. Shleyden
D) 1665-y, ingliz olimi Robert Guk

15.To'g'ri fikrni ko'rsating.


A)yadro hujayraning ichki qismini to'ldirib turuvchi suyuqlik hisoblanadi
B)yadro bakteriyalar va ko'k-yashil suvo'tlarda yaxshi rivojlangan
C)plastidalar uch xil bo'lib, xromoplastlar rangsiz bo'ladi
D)plastidalar hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri hisoblanadi

16. . Plastidalar asosan uch xil boladi. Ular:-


1)Protoplast; 2)Leykoplast; 3)Xromoplast;4)Xloroplast
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 3,4
17. Piyozning po’st hujayralariga xos ma’lumot keltirilgan javobni toping.
1)shakli cho'ziq; 2) fotosintez qiladi 3)plastidalari rangsiz; 4) uzunligi 3-4 sm atrofida
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 1,2

18. Mag'iz hujayraning tarkibiy qismi ekanligini aniqlagan olimni toping.


A) R.Broun B) Levenguk C) R.Guk D) N.Gryu

19. Mag‘zi shakllanmagan organizmlar qasyi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


a)ko‘k yashil suvo'tlari; b)bakteriyalar;
c)ayrim zamburug'lar ; d)hayvonlar
A) a-b-d B) a-b-c C) a-c-d D) a-b-c-d

20. Zamburug’lar, bakteriyalar, shilimshiqlar va ko’k- yashil suvo’tlarda …. bo’lmaydi


A)plastidalar B)mag’iz C)hujayra qobig’i D)sitoplazma

21. Qaysi o'simlikning hujayralari cho'ziqligi, zichroq joylashganligi va leykoplastlardan iboratligi bilan farqlanadi?


A) piyoz B) spirogira
C) kungaboqar D) elodeya

22. Qaysi o'simlikdan foydalanib mikroskopda sitoplazma harakatini kuzatish oson ?


A) akatsiya C) zubturum B) elodeya D) kiyiko‘t

23.Tabiatdagi tirik organizmlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri ….


A)hujayralarida plastidalarning bo’lishi
B)ko’p hujayralardan tashkil topganligi
C)hujayralardan tashkil topganligi
D)hujayrasida mag’izning shakllanganligi

24. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri, rangli yoki rangsiz bo'lib faqat o‘simliklarga xos. Ular ...... hisoblanadi.


A) Protoplast B) Plastidalar
C)Xromoplast D) Xloroplast

25. Leykoplastlar( 1), xromoplastlar(2) va xloroplastlar(3)hujayraga qanday rang berishini juftlang .


a) qo‘ng‘ir, qizil; b) rangsiz; c)yashil
A) l-a,2-b, 3-c B) 1-b 2-c 3-a
C) l-b,2-a, 3-c D) 1-c 2-b 3-a
26.Qo‘ng‘ir va qizil rang beruvchi plastidani aniqlang.
A)Protoplast B) Leykoplast
C)Xromoplast D) Xloroplast

27.To’g’ri ma’lumot keltirilgan javobni toping.


A)o’simlikdagi barcha hujayralar bo’linib ko’payadi
B)o’simliklarning o’sishi hujayralarning o’sishi va ko’payishiga bog’liq
C)mag’iz hujayraga muistahkamlik beradi
D)xloroplastlar o’simlikka sariq rang beradi

28. Hujayra ichidagi hujayra shirasi bilan to`lgan bo`shliq nima deyiladi?


A) Protoplast B) Protoplazma
C) Vakuola D) Karioplast

29. Irsiy belgilaming yangi bo‘g‘inga o‘tishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujayra qismini toping.


A) plastidalar B) ribosomalar
C) mag‘iz D) vokuol

30. Rangsiz plastidalar yashil rangli plastidaga aylandi deganda quyidagilarning qaysi biriga mos keladi?


A) leykoplast-xromoplastga B) leykoplast-xloroplastga
C) xloroplast-xromoplastga D) xloroplast-leykoplastga

31. Qanday hujayralarda vakuol sitoplazmaga qaraganda ko‘proq joy egallaydi?


A) bo’linayotgan hujayralarda B) qari hujayralarda
C) o‘sayotgan hujayralarda D) yosh hujayralarda

32. Qari hujayralarni ajratish imkonini beradigan belgi(lar)ni toping


1)plastidalari ko'payadi; 2)qobig'i yoshiga qarab qalinlashadi; 3)vakuol ko'p o'rin egallaydi; 4)mag‘iz yiriklashadi
A) 1,2 B) 1,4 C)3,4 D) 2,3

33. Qaysi o’simlik urug’ining yuzasidagi tuklar uzunligi 3-4 sm ga yetadi?


A) Loviya poyasi B) Kanop chigiti
C) Zig‘ir tolasi D) G‘o‘za tolasi

34. Quyidagilardan qaysi biri o`simlik hujayrasiga mustahkamlik beradi?


A) vakuola B) sitoplazma C) kletchatka D) plastidalar

35. O‘simlikning hayoti uchun zarur bo'lgan moddalar hujayradan-hujayraga qaysi yo‘l bilan o‘tib turadi?


A) Qobig'idagi teshikchalar orqali B) Vakuolalar orqali
C) Sitoplazma orqali D) Karioplazma orqali

36. Vakuoldagi hujayra shirasi tarkibida nimalar bor?


a)70-95 % suv; b)40-50% suv; c)suvda erigan ko'pgina mineral moddalar; d)oqsil, moy, shakar
A) a,b,c B) b,c,d C) a,c,d D) a,b,d

37.Hujayra qachon bo’linadi?


A)mag’zi kattalashgach
B)ona hujayra o’lchamiga yetgach
C)sitoplazmasi yo’qolgach D)qobig’i erigach

38.Yashil rang beruvchi plastidani aniqlang


A) Xromoplast B) Leykoplast C) Xloroplast D)Protoplast

39. Bir hujayrali (a) ko'p hujayrali (b) o'simliklar to'g'ri juftlangan javobni toping?


A) a-xlorella, xlomidomonada; b- qulupnay, makkajo'xori
B)a-xlomidomonada, kanop; b-arpa, sholi , makkajo'xori
C)a-bug'doy, arpa, sholi; b-xlorella, xlomidomonada
D)a-xlorella, itsigak, b-mosh, no'xat, loviya

40.Hujayra haqidagi fan qaysi javobda berilgan?


A)botanika B)zoologiya C)sitologiya D)anatimiya



Download 29.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling