4.2. Elektr jihozlarini erga ulash ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibi.
1. Tuproqning solishtirma qarshiligi aniqlanadi. Agar tuproq quruq holatda bo‘lsa, solishtirma qarshilik miqdori erga ulashning tuzatish koeffitsientiga ko‘paytirib olinadi, ya’ni:
bu erda: r -tuproqning qarshiligi, (Ом m);
k - erga ulashning tuzatish koeffitsenti.
Ushbu koeffitsientning miqdori iqlim ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda 1-jadvaldan tanlab olinadi.
1 - jadval.
Tuproq solishtirma qarshiligini aniqlashdagi tuzatish koeffitsienti
Tumanlar tavsifi
|
Tumanlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
O‘rtacha past harorat, (°S)
|
20-15
|
-14...-10
|
-10...0
|
0...25
|
O‘rtacha yuqori harorat, (°S)
|
16-18
|
18...20
|
22...24
|
24...26
|
Suvning muzlash davri, (kun)
|
190..170
|
150
|
100
|
0
|
Elektrodlarning turi
|
k - erga ulashning tuzatish koeffitsentlari
|
Uzunligi 2-3 m bo‘lgan va sterjen shaklida ko‘milgan burchaksimon po‘lat materiallar yoki po’lat trubalar
|
1,65
|
1,45
|
1,3
|
1,1
|
Uzunligi 10 m va erga ko‘milish chuqurligi 0,8 m bo‘lgan po‘lat polosalar yoki armaturalar
|
5,5
|
3,5
|
2,5
|
1,5
|
2. Elektrodning materiali, profili va o‘lchami tanlab olinadi. Amalda bajarilgan ishlarning ko‘rsatishicha, qalin devorli po‘lat trubalarning elektrod sifatida ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.
Elektrodning qarshiligini 2-jadvalda ko‘rsatilgan formulalar asosida aniqlaymiz. Elektrodning qarshiligi uning turiga, o‘lchamlariga, shakliga va ularning erga urnatilish holatiga bog‘liqdir. Elektrodlar gorizontal yoki vertikal holatda o‘rnatilishi mumkin. 2-jadvaldagi formulalarda keltirilgan ko‘rsatkichlarning tahlili quyidagicha, ya’ni:
r - tuproqning solishtirma qarshiligi, (Ом m);
l, lg - elektrodning uzunligi, (m);
d - elektrodning tashqi diametri, (m);
h - elektrodning erga ko‘milish chuqurligi, (m).
YUqori uchi er sathidan past bo‘lgan va vertikal o‘rnatilgan elektrodlar uchun h ning qiymati er sathidan elektrodning o‘rtasigacha olinadi.
v - po‘lat polosalarning eni, (m). Burchakli materiallar uchun esa, bir tоmonining o‘lchami.
Do'stlaringiz bilan baham: |