4-Амалий машғулот Давлат мулки нима ва у қандай вазифаларни бажаради?


Download 44.53 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi44.53 Kb.
#1556236
  1   2   3   4
Bog'liq
4-amaliy mash


4-Амалий машғулот
1.Давлат мулки нима ва у қандай вазифаларни бажаради?
2.Давлат мулки иқтисодиѐтни тартибга солишда қандай рол ўйнайди?
3.Давлат тадбиркорлиги деганда нимани тушунасиз?
4.Давлат тадбиркорлиги иқтисодиѐтни тартибга солишга қандай таъсир кўрсатади?
5.Давлат мулкини унинг тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштиришнинг моҳияти нимадан иборат?
6.Давлат мулкини хусусийлаштириш иқтисодиѐтни давлат томонидан тартибга солишга қандай таъсир кўрсатади?
7.Ўзбекистонда давлат мулкини хусусийлаштиришдан кўзланган мақсадлар нималардан иборат?
8. Ўзбекистонда давлат мулкини хусусийлаштириш жараѐнлари қандай амалга оширилди?
9.Давлат мулки қандай бошқарилади?
10.Давлат мулкини бошқариш ва хусусийлаштириш самарадорлигини ошириш учун нималарни амалга ошириш керак

Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat vositalaridan biri o‘z mulki bo‘lgan tarmoq va korxonalami boshqarish, ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdir.


Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat tadbirkorlik faoliyati orqali fan-texnika inqilobi talablariga ko‘ra xalq xo‘jaligi tuzilishini shaldlantirishga hamda bozor baholaridan birmuncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar ko‘rsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Davlat mulki va sohibkorligi ko‘lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo‘ladi. U, asosan, mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Uning doirasiga 0‘zbekiston Respublikasida, birinchidan, oltin, uran, neft, gaz, ko‘mir, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklami qazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika, temiryo‘1, avtomobil yo‘llari, transportning bir qismi kirishi lozim.
Qazib chiqaruvchi tarmoqlar mahsulotlari mamlakatning eng muhim milliy boyligi hisoblanadi. Energetika va transport esa xalq xo‘jaligining hayotiy qon tomirlaridir. Shu bilan birga, ularning kapital hajmkorligi yuqori va aylanish muddati uzoq bo‘lganligi uchun xususiy korxonalaming bu sohadagi tashabbuskorligi cheklangan bo‘ladi. Ana shu sabablarga ko‘ra, ushbu tarmoqlami davlat bevosita boshqarishi maqsadga muvofiqdir. Hamma rivojlangan mamlakatlarda ham davlat kapital mablag‘larining ko‘p qismi ushbu sohalarga yo'naltiriladi.
Ikkinchidan, 0‘zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun mashinasozlik, shu jumladan, avtomobilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inqilobi vujudga keltirgan elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi davlat tadbirkorlik faoliyati doirasida bo'ladi.
Uchinchidan, fan-texnika inqilobi sharoitida fan va texnikaga rahbarlik qilish ham davlat zimmasiga yuldanadi. Davlat eng qimmatli fundamental fanlar sohasidagi ilmiy ishlami moliyalashtiradi. Davlat o‘z korxonalarining tovar va xizmatlarini past darajadagi, aksariyat hollarda ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo‘lgan baholar bilan sotadi. Bu bilan aholi turmush darajasining oshishiga, xususiy va boshqa korxonalaming samarali ishlashiga, xalq xo‘jagi tarmoqlarining ma’lum nisbatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat o‘ziga qarashli korxonalami ijaraga berish, mehnat kollektivlariga, xususiy shaxslarga sotish, aksionerlik jamiyatlariga aylantirish yo‘li bilan aralash mulkni shakllantirish orqa iqtisodiyotning boshqa mulk doiralarining tashabbuskorligiga, rentabelligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning xususiy, jamoa va boshqa toifadagi korxonalardan tovar va xizmatlar sotib olishi iqtisodiyotni tartibga solishning bir usuli hisoblanadi. XX asming buyuk iqtisodchilaridan bin bo‘lgan Jon Keyns bu vositani «iqtisodiyotni tetiklantiradi», deb ta’kidlagan. Ushbu o‘rinda savol tug'iladi. Xo'sh, davlat qanday tovarlarni sotib oladi?
Davlat, birinchidan, o‘ziga qarashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun xomashyo, asbob-uskunalar;
ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan ta’minlash;
uchinchidan, mehnatga layoqatsiz mayib-majruhlar, qariyalar, yetim bolalar, kambag‘allar hamda ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, qarovsiz kishilarga yordam maqsadida iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash;
to‘rtinchidan, harbiy anjomlar, qurol-yarog‘lar armiya uchun lozim bolgan iste’mol tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish,
beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlaming oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashldl etish maqsadida tovarlar sotib oladi.
Buning oqibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori shakllanadi. Davlat bozori muhim ijobiy rol o‘ynaydi. Bu bozor kafolatli bolib, uning tolov qobiliyati davlatning budjet va valuta fondi orqali ta’minlanadi. Har qanday bozor konyunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan korxonalar bozori kasod bolmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orqali tartibga solinadi, unda kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi.
0‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishning maqsadi va bosqichlari 0‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish tashkil etadi. Amalda bu 0‘zbekistonni bozor iqtisodiyotiga olishida mulkchilik masalalarini hal etish hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yoli hisoblanadi.
Ana shu yo‘nalishlarda keng kolam da chora-tadbirlarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va strategik vazifalari mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan asoslab berilgan1. Unga ko‘ra xususiylashtirish jarayonida ikkita muhim strategik vazifa hal etilishi ko‘zda tutilgan:

Download 44.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling