4-Амалий машғулот Давлат мулки нима ва у қандай вазифаларни бажаради?


Xususiylashtirishning uchinchi bosqichi


Download 44.53 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi44.53 Kb.
#1556236
1   2   3   4
Bog'liq
4-amaliy mash

Xususiylashtirishning uchinchi bosqichi 1999-yildan boshlanib hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu bosqich «yakka tartibda xususiylashtirish» davri hisoblanadi. Xususiylashtirishning ushbu davri awalgi bosqichlardan bir qator jihatlari bilan farq qiladi.
Birinchidan, ushbu davrda iqtisodiyotning yonilg'i-energetika, metallurgiya, kimyo, temiryo‘1 transporti va shu kabi boshqa strategik tarmoqlaming yirik korxonalarini chet el investitsiyalarini keng jalb etgan holda yakka loyihalar asosida xususiylashtirishga kirishildi.
Ikkinchidan, ilgari xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlaridagi joylashtirilmagan, shu jumladan, davlatga tegishli aksiyalar paketlari hamda ayrim korxonalarni butunlay yoki ular mulkining bir bo‘lagini biija yoki biijadan tashqaridagi bozorlarda turli yondashuvlar va usullami qo'llash asosida sotish yo‘lga qo‘yildi.
Uchinchidan, iqtisodiy nochor, zarar bilan ishlovchi hamda istiqbolsiz korxonalar va ular mulkidagi davlat ulushlari nol qiymat bilan chet el yoki mamlakatimiz sarmoyadorlariga investitsiya kiritish hisobiga bepul berish tartibi joriy etildi va amalga oshirilmoqda.
Xususiylashtirishning o‘tgan uch bosqichida jami 84,9 mingdan ortiqroq davlat korxonalari xususiylashtirildi, ular negizida aksiyadorlik, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar hamda xususiy korxonalar tashkil etildi. Shu bilan birga, 2007-yilgacha 90,6 mingta davlat mulki obyektlari (qurilish tugallanmagan obyektlar, yer uchastkalari va boshqalar), shundan 69,5 mingtadan ortiq yer uchastkalari aholiga yakka tartibda uy-joy kurish uchun Respublika ko‘chmas mulk biijasi savdolarida 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi hosqichining xususiyatlari Xususiylashtirishning hozirgi bosqichiga xos xususiyatlar va tamoyillar:
• xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir qonunchilikni yanada mustahkamlash;
• xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabat va yondashuvlami tubdan o‘zgartirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalaming aksiyalarini kimoshdi savdosiga qo‘yish;
• davlat mulkini xususiy investorlarga sotish samarasini ta’minlashda investorlaming korxonalami rivojlantirishga qaratilgan investitsiya majburiyatlari bilan jalb etilishi ustuvorligi;
• zarar ко‘rib ishlayotgan, past rentabelli, istiqbolsiz davlat korxonalari va ulardagi davlat ulushini investitsiya majburiyatlari evaziga nolga teng xarid qiymati bo‘yicha xususiy mulkka sotish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish bo'yicha 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-iyuldagi «2007—2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalami faol jalb etish bo‘yicha choralar to‘g‘risida»gi PQ-672-sonli qarori, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrda «Iqtisodiyot real sektori korxonalari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida»gi PF-4053-sonli farmoni, 2008-yil 24- apreldagi «Baholash tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ulaming ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun mas’uhyatini oshirish to‘g‘risidagi PQ-843-sonli qarori qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi «Davlat aktivlarini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida»gi 27-sonli qarori bilan «Birja savdolarida davlat aktivlarini sotish tartibi to‘g‘risida»gi va «Biijadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotish to‘g‘risida»gi tartiblar tasdiqlangan.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli qaroriga binoan Davlat mulk qo'mitasi BMT Rivojlanish dasturi bilan «0‘zbekiston Respublikasida baholash metodologiyasi va amaliyotini rivojlantirishni qo‘llab-quwatlash» loyihasini amaiga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Ushbu loyiha doirasida 0‘zbekiston Respublikasining uchta milliy standarti, ya’ni «Xususiylashtirish maqsadida mulkning qiymatini baholash», «Biznes qiymatini baholash», «Ko‘chmas mulk qiymatini baholash» standartlari 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o'tkazildi. 2010-yilda 96 ta davlat aktivlari 64,5 mln dollar va 40,98 mlrd so‘mga, shu jumladan, ulardan 63,5 mln dollar va 21,26 mlrd so‘mlik investitsiya majburiyatlari hisobiga sotilgan.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi bosqichida davlat ulushi bor bo‘lgan xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati monitoringi amalga oshirilmoqda.
Davlat mulk qo'mitasi tomonidan 2010-yilda 3888 ta ilgari xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati o‘rganilgan bo‘lsa, 2011-yilda 1224 ta korxona faoliyati tahlil qilindi. Davlat obyektlarining davlat reestrini yuritish ishlari amalga oshirilmoqda. 2011-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 31085 ta davlat korxona (tashkilot)si davlat ro'yxatidan o‘tkazildi va Davlat mulk qo'mitasi axborot bazasiga kiritildi. 0‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra 2012-yilda 83 ta davlat korxonalari va obyektlari xususiylashtirildi. Eng ko‘p obyektlar Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi (48 ta obyekt). Xususiylashtirilgan davlat mulki tarkibida mahalliy hokimiyat organlari hissasiga to‘g‘ri keldi (71 ta obyekt). Davlat mulkini xusiylashtirish hamda uning tasarrufidan chiqarish natijasida 32,1 milliard so‘m kelib tushdi1.
Davlat mulkidan foydalanishni yaxshilash, foydalanalmayotgan obyektlami aniqlash uchun Davlat mulk qo'mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan davlat obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. 2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 29487 ta davlat korxona (tashkilot)larida xatlovdan o‘tkazish amalga oshirilib, maydoni 246791,7 ming kv metr bo'lgan 1738 ta bo‘sh turgan joylar aniqlandi.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009- yil 8-apreldagi «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 102-sonli qaroriga binoan Davlat mulkini ijaraga berish markazlari tashkil etildi. Ushbu markazlaming asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
- davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish
- ijaraga berilayotgan davlat mulki hamda uni ijaraga berishdan tushadigan mablag'lami hisobga olish va manitoringi olib borish;
- ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
- ijara obyektlaridan maqsadli foydalanish va ulaming saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to'liq to‘lanishini nazorat qilish;
- ijaraga beriladigan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan o'tkazish;
- foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘- risidagi e’lonlar va ijaraga berilayotgan davlat mulki ro‘yxatini respublika va viloyat davriy nashrlarida hamda 0‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi, monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har chorakda e’lon qilish.
Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligmi oshirish yollari
Xususiylashtirish va mulkdorlar safini kengaytirish, islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishidagi qilinishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
- davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo'yicha ishlami davom ettirish;
- aksiyalashtirish amaliy natija bermagan korxona va obyektlarni xususiy mulkdorlarga berish;
- yangi mulkdorlaming korxonalar samarali faoliyatini ta’minlash, investitsiya majburiyatlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha huquqiy va iqtisodiy javobgarligini oshirishni ko‘zda tutgan holda amaldagi qonunchilikning me’yorlarini qayta ко‘rib chiqish va kuchaytirish;
- xususiylashtirish jarayoniga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yish bo'yicha majburiyatlami o’z zimmasiga oladigan ishonchli va mas’uliyatli investorlami jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish.
2008-yilda 0‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoyalash to‘g‘risida»gi qonuniga o'zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlari hamda boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlar qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish va aksiyadorlaming korxonalami boshqarishdagi faolligini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning ko‘rsatilajak xizmatlar sifatiga mas’uliyatini oshirish, yangi mulkdorlaming korxonalami samarali faoliyat yuritishi uchun mas’ulligini oshirishning huquqiy asosini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mamlakatda tadbirkorUk subyektlarini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ham sezilarli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Biznesni ro'yxatdan o‘tkazish, ixtiyoriy tugatish ishlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Ayrim qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima sanksiyalari pasaytirildi yoki umuman bekor qilindi. Soliq stavkalari ham unifikatsiya qilinib, tobora pasaytirib borilmoqda. Xususan, kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovi 13 %dan 6 % (sanoat korxonalari uchun 5 %ga tushirildi. Tadbirkorlami yuqori likvidli moddiy resurslar bilan ta’minlashning bozor mexanizmlari yaratildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni bilan bir vaqtda bozor infratuzilmalari shakllandi va ular rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bu fond, tovar hamda ko‘chmas mulk bozorlari, investitsion fondlar, auditorlik, konsalting va shu kabi boshqa tuzilmalami tashkil topishi va rivojlanishi bilan namoyon bo‘ldi.
Erishilgan ijobiy natijalarga qaramasdan respublikamizning ayrim hududlarida xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab quwatlash ishlariga e’tibor susthgicha qolmoqda. Vaholanki, mulkdan samarali foydalanish va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish dotatsiyadan chiqish hamda budjetiling daromad qismini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Bugungi kunda davlat mulkini xususiylashtirish va undan samarali foydalanish borasida 2011-2013-yillarga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturi, Prezident qarori va Davlat mulki obyektlarini samarali boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib, dasturlarning o‘ziga xos xususiyati korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalami jalb qilishga ustuvor ahamiyat qaratilganligidir.
Investorlaming takliflari xususiylashtirilayotgan obyektning xarid qiymati miqdoridan emas, balki investorning investitsiya dasturi mazmuni, uning ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonani modemizatsiya qilish hamda samarali boshqaruvni joriy qilinishiga yo ‘naltirilganligidan kelib chiqib baholanadi.
Davlat aktivlari ahamiyati va xususiylashtirish usullaridan kelib chiqib, guruhlarga ajratilgan holda quyidagi tartibda sotiladi:

Download 44.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling