4-amaliy docx
MASALALARNI ISHLASH NAMUNASI
Download 205.64 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliy.docx
MASALALARNI ISHLASH NAMUNASI
1-MASALA. Ochiq rezervuarda nisbiy zichligi 1,23 bo‘lgan suyuqlik bor. Rezervuarning ma’lum bir nuqtasiga ulangan manometr Rort═0,31 kgk/sm2 bosimni ko‘rsatmoqda. Rezervuardagi suyuqlik satxi ushbu nuqtadan qancha balandlikda bo‘ladi? Masalaning ishlanishi. Manometr ulangan nuqtadan tepadagi suyuqlik balandligini quyidagi tenglama orqali topamiz: masalaning sharti bo‘yicha R-R0═0,31 kgk/sm2═0,31·104·9,81 Pa suyuqlikning zichligi ρ═1,23·1000═1230 kg/m3 bundan MASALALAR 4.1. Barometrik kondensatordagi vakuummetr 60 mm sim. us. siyraklanishni ko‘rsatmoqda. Barometrik bosim 748 mm sim. us. Aniqlansin: a) kondensator dagi bosim Pa va kgk/sm2 da aniqlansin; b) barometrik trubada suv qanday N balandlikka ko‘tariladi? (a) 19700 Pa, 0,201 kgk/sm2; b) 8,16 m) . 4.2. Ichki diametri 200 mm bo‘lgan trubada asta sekin torayish orqali diametri 100 mm bo‘lgan trubaga o‘tish bor. Trubadan sarfi 1700 m3/soat (normal sharoitda) va temperaturasi 300S bo‘lgan metan gazi uzatilmoqda. Trubaning keng qismida o‘rnatilgan U-simon suvli manometr 40 mm suv us. ortiqcha bosimni ko‘rsatmoqda. Xuddi shunday manometrning trubaning tor qismidagi ko‘rsatkichi aniqlansin. Atmosfera bosimi 760 mm sim. us. (-98 mm suv us. yoki 961 Pa). 4.3. Diametri 1 m bo‘lgan silindrik bak 2 m balandlikka suv bilan to‘ldirilgan. Bakning tagidagi suv oqib chiqishi uchun mo‘ljallangan teshik 3 sm diametrga ega. Bakning to‘la bo‘shash vaqti topilsin. (1180 s yoki 20 min). 4.4. Ichki diametri 152 mm bo‘lgan gorizontal silliq truba orqali suv oqib o‘tmoqda. Suvning o‘rtacha tezligi 1,3 m/s, temperaturasi 200S. Trubada diametri 83,5 mm teshikli diafragma o‘rnatilgan. Diafragmadagi simobli difmanometr ko‘rsatkichini ko‘rsatkichi aniqlansin. (0,188 m). 4.5. Havo uzatilayotgan trubaga o‘rnatilgan Pito-Prandtl naychalarining suvli difmanometri ko‘rsatkichi 13 mm ni tashkil qiladi. Agar, havoning temperaturasi 400S, trubaning diametri 159X6 mm bo‘lsa, havoning sarfi aniqlansin. (0,217 m3/s yoki 780 m3/soat). 4.6. Sarfi 200 dm3/soat, temperaturasi 380S bo‘lgan uksus kislotasi haraktlanayotgan truba diametri 57X3,5 mm ni tashkil etadi. Uksus kislotasining truba o‘qidagi tezligini aniqlansin. (0,056 m/s). 4.7. Ichki diametri 320 mm bo‘lgan trubada Pito-Prandtl naychalari o‘rnatilgan. Naychalardagi suvli difmanometr N═5,8 mm farqni ko‘rsatmoqda. Trubadan atmosfera bosimi ostida, temperaturasi 210S bo‘lgan havo harakatlanmoqda. Havoning massaviy sarfi topilsin. (2840 kg/soat). 4.8. Bak tagidagi diametri 10 mm bo‘lgan teshik orqali 1 soat davomida 750 dm3 miqdorda suyuqlik oqib chiqmoqda. Bakning usti ochiq va bakda suyuqlik satxi o‘zgarmas balandlik 900 mm da ushlab turiladi. Sarf koeffitsiyenti topilsin. Bakning diametri 800 mm. Agar bakka suyuqlik uzatishni to‘xtatilsa, uning to‘la bo‘shash vaqtini hisoblab topilsin. (τ═1 soat 13 min; α═0,632). 4.9. Ko‘ndalang kesim yuzasi 3 m2 bo‘lgan bakka suv uzatilmoqda. Bakning tagida suvni chiqarib yuborish uchun teshik bor. Turg’un xolatda uzatilayotgan suvning sarfi teshikdan oqib chiqayotgan suvning sarfi bilan teng va suvning satxi 1m balandlikda o‘rnatiladi. Agar, bakka suv uzatishni to‘xtatilsa, 100 s dan keyin bak to‘la bo‘shaydi. Bakka uzatilayotgan suvning miqdori aniqlansin. (0,06 m3/s). 4.10. Ichki diametri 200 mm bo‘lgan gorizontal truba orqali nisbiy zichligi 0,9 bo‘lgan mineral yog’ uzatilmoqda. Trubada diafragma o‘rnatilgan (sarf koeffitsiyenti 0,61). Diafragma teshigining diametri 76 mm. Diafragmaga ulangan simobli difmanometr 102 mm farqni ko‘rsatmoqda. Trubadagi yog’ning tezligi va sarfi aniqlansin. (0,47 m/s; 47800 kg/soat). 4.11. Diametri 160X5 mm bo‘lgan trubada “Venturi trubasi” o‘rnatilgan. “Venturi trubasi” ning tor qismining diametri 60 mm. Truba orqali atmosfera bosim ostida va 250S temperaturada etan gazi uzatilmoqda. Venturi trubasiga ulangan suvli difmanometr N═32 mm farqni ko‘rsatmoqda. Sarf koeffitsiyentini 0,97 deb qabul qilgan xolda trubadagi etan gazining massaviy sarfini kg/soat da aniqlansin. (280 kg/soat). (4.2 masala uchun) (4.1 masala uchun) Venturi trubasi (4.11 masala uchun) 30/03/23, 21:17 Стр. 1 из 1 Download 205.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling