Ro‘ZG‘orshunoslik asoslari


Download 357.99 Kb.
bet1/12
Sana30.01.2023
Hajmi357.99 Kb.
#1141770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
malumot


RO‘ZG‘ORSHUNOSLIK ASOSLARI
Uy-ro‘zg‘or texnikasi va binolarga xizmat ko‘rsatish 
hamda ularni eng oddiy tuzatish
Suv quyiladigan sopol bak
(81-rasm) korpus, qopqoq, qalqo-
vuch li kla pan, quyish moslamasi va 
suv qu yish armaturasidan tuzilgan. 
Suv quyish armaturasi shtok va 
rezina nokdan iboratdir. 
Suv yon tomonidan quyiladi-
gan baklarda nok richag yordamida 
ko‘tariladi, suv yuqoridan quyiladi-
gan baklarda esa nok sterjen (shtok) 
yordamida ko‘tariladi va shtok dasta-
ga bog‘langan bo‘ladi. 
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar
81-rasm. Suv quyish bakining
tuzilishi.
Qalqovuchli

105
nok qalin rezinadan yasaladi. U suv-


ning bosimi bilan chiqarish teshigining
devorlariga zich yopishib, bakning ger-
metikligini ta’minlaydi.
82-rasmda keng tarqalgan qalqo-
vuchli klapanning tuzilishi tasvirlangan. 
Bakka suv to‘lgach, ichi bo‘sh plastmas-
sa qalqovuch yuqoriga ko‘tariladi, unga 
mahkam biriktirilgan latun richag asta-
sekin rezina tiqinni siqib, suv kiradi-
gan teshikni yopadi va suvni to‘xtatadi. 
Bakdan suv chiqib ketgach, qalqovuch pastga tushadi va rezina tiqinni 
bo‘shatadi va bakka yana suv kiradi. 
Qalqovuchli klapan buzilsa, bakka suv to‘xtovsiz kiraveradi. Bunday 
holda klapanning richagini qalqovuch bilan birga ko‘tarish kerak. Suv 
to‘xtasa, richagni biroz bukib, qalqovuchni suvga ko‘proq botib turadigan 
qilish lozim. 
Bordi-yu qalqovuch ko‘tarilganida ham suv kirishi davom etaversa, kla-
panni chiqarib olib tuzatish kerak. Bunda uning rezina tiqinini almashtirish, 
suv kiradigan teshik og‘zini tozalash lozim.
Ko‘pincha suv quyish baklaridan suv to‘xtovsiz oqaveradi. Bunga rezi-
na nokni almashtirishga va ikkinchi holda egarni rostlashga to‘g‘ri keladi. 
bunda shtok o‘rnatadigan teshik kiritish teshigining markaziga moslanishi 
lozim.
Ushbu mashg‘ulotdagi amaliy ishlar suv bakining klapan mexanizmini 
va suv ni qo‘l bilan to‘kish mexanizmini rostlashdan iborat bo‘lishi kerak.
Suv quyish baki soz bo‘lishi uchun:
1. Suvga liq to‘lishi;
2. Klapan mexanizmi kiritish teshigini zich berkitishi;
3. Rezina nok chiqarish teshigining devorlariga zich yopishib turishi lo-
zim.


Download 357.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling