4-Amaliy. Hududni sel oqimi, suv bosishdan va yer osti sizot suvlaridan saqlash bo’yicha muxandislik tadbirlari sxemalarini shakllantirish


Download 0.78 Mb.
bet2/2
Sana23.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1796059
1   2
Bog'liq
13-Amaliy

Sizot suvlari deb – tuproq gruntning birinchi suv o’tkazmaydigan qatlami ustida to’plangan suvlarga aytiladi.
Sizot suvlari yerning meliorativ holatiga (sho’rlanish va botqoqlanish) va qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Sizot suvlari sathi qanchalik yuza joylashgan, mineralizasiya darajasi yuqori hamda gurunt tarkibida tuz ko’p bo’lsa, tuproq shuncha tez va ko’p sho’rlanadi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan sho’r yerlarda sho’rlanish, sho’rlanmagan yerlarda esa zahlanish va botqoqlanish yuz beradi. Shuning uchun sizot suvlarining sug’oriladigan yerlarda paydo bo’lish sharoitlari, joylanish tartibi, tarkibi, balansi va uning maqbul chuqurligini hamda sizot suvlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda foydalanish masalalarini o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Vertikal drenaj tizimlari sizot suvlari miqdori katta va yer sirtidan ancha chuqur joylashgan holatlarda qo'llaniladi. Quvurlar diametri 150—300 mm atrofida bo'ladi. Ko'p hollarda vertikal drenaj daryodan sizuvchi suvlarni pasaytirish uchun qirg'oq drenaji sifatida hamda chuqur joylashgan yer osti inshootlari (garajlar, tonellar)ni sizot suvlaridan mahalliy miqyosda himoya qilish va h.k. maqsadlarida qo'llaniladi.
Mahalliy drenaj. Bu turdagi drenajlar alohida bino yoki inshootlari sizot suvlaridan himoya qilish uchun qo'llaniladi. Shahar hududini injenerlik tayyorgarligi ishlarida, kattaroq joylarda sizot suvlarini pasaytirishda bu turdagi drenajlar muhim rol o'ynamaydi. Lekin obyektlami qurishda qurilish ishlariga bog'liq bo'lib, alohida obyektlar miqyosida ular qo'llaniladi. Mahalliy drenajlar o'ziga xos qurilma bo'lib, ularning vazifasi inshootga yondash gruntdan suvni olib, inshootlami sizot suvidan himoyalaydi. Mahalliy drenajlar maydonli va tasmasimon turlarga bo'linadi. Tasmasimon mahalliy drenajga, bir nechta injenerlik tarmoqlari birgalikda joylashtiriladigan yer osti yirik kollektor-larining drenajlami misol qilib keltirish mumkin.

Sizot suvlari sathi baland bo'lgan hududlaiga nisbatan vazifasi va joylashuviga qarab, drenaj tizimlari quyidagicha bo'ladi:
a) asosiy drenaj, shahar tomonga yo'nalgan sizot suvlaridan himoyalaydi; ulaming asosiy vazifasi shahar hududini sizot suvlar ta’siridan saqlashdir (1.10-rasm);
b) halqasimon (konturli) drenaj, inshoot yoki binolar guruhi atrofi bo'ylab o'tkaziladi; bu turdagi drenajning vazifasi yer osti (yerto'la) xonalarini sizot suvlari ta’siridan saqlash hamda hududni quritishdir (1.10-rasm, b);
e) qirg‘oq drenaji, shahar hududini atrofdagi daryo yoki boshqa turdagi suv havzalaridan sizib o'tuvchi suvlardan himoya qilish uchun qo'llaniladi (1.10-rasm, g);
d) maxsus drenaj, shahaming noqulay hududlarida, jarliklarda, siljish xavfl mavjud va h.k. joylarda alohida maydonlami quritishda injenerlik tayyorgarligi tadbiri sifatida qo'llaniladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling