4-amaliy ish Assembler tilida dasturlash
Download 459 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu assembler tilida dasturlash (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- DIV ; ishorasiz bo’lish IDIV ; ishorali bo’lish
x dd 40
moveax, 55 imuleax, x ; EAX = EAX * x IMUL buyrug’i MUL buyrug’i kabi bayroqlarni o’rnatadi. Ammo EDX/DX registrdagi natijani kengaytirilishi IMUL buyrug’ining faqat birinchi variantni qo’llaganda bo’ladi. Boshqa hollarda ko’paytirmaning qismi registrga joylanmaydi - natija esa yo’qoladi, natija sifatida EAX/AX registrlari ko’rsatilgan bo’lsa ham. ikkita 1 baytlik sonlarni ko’paytirganda, natijasi 1 baytdan ko’proq, ammo so’zdan kichik bo’lsa, registriga to’g’ri natija yoziladi. mov ebx, 500000 imul eax, ebx, 100000 ; EAX = EBX * 100000, natijaning katta qismi yo’qoladi Bo’lish buyruqlari Bo’lish buyruqlari ham huddi ko’paytiruvga o’xshab ishorali va ishorasiz sonlar uchun alohida buyruqlarga ega: DIV ; ishorasiz bo’lish IDIV ; ishorali bo’lish Ushbu buyruqlarda faqat bitta operand ko’rsatiladi - bo’luvchi, u registr yoki xotira yacheykasi bo’lishi mumkin, ammo to’g’ridan to’g’ri operand emas. Bo’linuvchining va natijaning joylashgan joyi belgilangan bo’ladi. Agar bo’luvchining hajmi 1 bayt bo’lsa, unda bo’linuvchiAX registridan olinadi. Agar bo’luvchining hajmi 2 bayt bo’lsa, unda bo’linuvchi DX:AX registrlar juftligidan olinadi. Agar bo’luvchining hajmi 4 bayt bo’lsa, unda bo’linuvchi EDX:EAX registrlar juftligidan olinadi. Protsessor faqat butun sonlar bilan ishlagani uchun, bo’lish natijasida ikkita son hosil bo’ladi - bo’linma va qoldiq. Ushbu ikkita sonlar aniq bir registrlarga joylanadi. Agar bo’luvchining hajmi 1 bayt bo’lsa, unda bo’linmaAL registriga, qoldiq - AH registriga joylanadi. Agar bo’luvchining hajmi 2 bayt bo’lsa, unda bo’linma AXregistriga, qoldiq - DX registriga joylanadi. Agar bo’luvchining hajmi 4 bayt bo’lsa, unda bo’linma EAXregistriga, qoldiq - EDX registriga joylanadi. Download 459 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling