5
NEG
ixtiyoriy hajmdagi registr yoki xotira yacheykasi operand. NEG buyrug’i o’z operandasini
ishorali son deb ko’rib uning ishorasini o’zgartiradi.
Buyruqlar AF, CF, OF, PF, SF va ZF
bayroqlarini o’zgartiradi.
mov ax, 1
neg ax
; ax = -1
movbl, -128
negbl
; bl = 128
Ko’paytirish buyruqlari
Ko’paytirish buyruqlarining ishorali va ishorasiz sonlar uchun alohida buyruqlari mavjud.
ishorasiz ko’paytirish uchun MUL buyrug’i ishlatiladi:
MUL
ikkinchi ko’paytiruvchining va natijaning joylashgan joyi o’rnatilgan,
va buyruqda
ko’rsatilmaydi. Agar MUL buyrug’ining operandi hajmi 1 bayt bo’lsa, unda ikkinchi operand AL
registridan olinadi, natija esa AX registriga joylanadi. Agar MUL buyrug’ining operandi hajmi 2
bayt bo’lsa, unda ikkinchi
operand AXregistridan olinadi, natija esa DX:AX
registrlar juftligiga
joylanadi. Agar MUL buyrug’ining operandi hajmi 4 bayt bo’lsa,
unda ikkinchi operand EAX
registridan olinadi, natija esa EDX:EAX registrlar juftligiga joylanadi.
Buyruq CF va OF bayroqlarini o’zgartiradi. Agar ko’paytirma natijasi ko’paytiruvchilardek
hajmga ega bo’lsa, u holda bayroqlar qiymati 0 ga tenglanadi. Agar ko’paytirma
natijasi
ko’paytiruvchilardek hajmidan 2 baravar katta bo’lsa, u holda bayroqlar qiymati 1 ga tenglanadi
Do'stlaringiz bilan baham: