4-amaliy ish Assembler tilida dasturlash
Download 459 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu assembler tilida dasturlash (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Registrlar
- Umumiy maqsaddagi registrlar
- Buyruqlar ko’ rsatkichi
1 4-amaliy ish Assembler tilida dasturlash Assembler tili - bu mashina tilini simvollar bilan tasvirlash. Shuning uchun assembler tilida asosan ushbu tilda apparat qismi ishini samaradorligini qo’llab quvatlaydigan dasturlar yoziladi. 1. Registrlar Registrlar - protsessorda joylashgan maxsus xotira yacheykalari. Registlar orqali bajariladigan ishlar operativ xotira yacheykalariga qaraganda tezroq bajariladi, shuning uchun registrlar assembler tilida yozilgan dasturlarda va yuqori darajadagi tillar kompilyatorlarida ham ishlatiladi. Registrlarni umumiy maqsaddagi registrlar, buyruqlar ko’rsatkichi, bayroqlar registri va segment registrlarga ajratish mumkin. Umumiy maqsaddagi registrlar Umumiy maqsaddagi registrlarga 8 ta registrdan iborat guruh kiradi. Barcha registrlar 32 bit hajmga ega va 2 yoki ko’proq qismlarga ajratiladi. Rasmda ko’rsatilganidek, ESI, EDI, ESP va EBP registrlarning kichik 16 bitlariga SI, DI, SP va BP nomlari bilan mos ravishda murojat etish mumkin, EAX, EBX, ECX vaEDX registrlari esa kichik 16 bitlariga murojat etish mumkin (AX, BX, CX va DX), hamda alohida ikkita kichik baytlariga (AH/AL, BH/BL, CH/CL va DH/DL) Umumiy maqsaddagi registrlar: > EAX/AX/AH/AL (accumulator register) - akkumulyator; > EBX/BX/BH/BL (base register) -baza registri; > ECX/CX/CH/CL (counter register) - schyotchik; > EDX/DX/DH/DL (data register) - malumotlar registri; > ESI/SI (source index register) - manba indeksi; > EDI/DI (destination index register) - qabul qilgich indeksi; > ESP/SP (stack pointer register) - stek ko’rsatkichining registri; > EBP/BP (base pointer register) - stek kadri bazasi ko’rsatkichining registri. Buyruqlar ko’ rsatkichi EIP registri keyingi bajarilishi lozim bo’lgan buyruqning ko’chirilishi haqida malumotga ega. Ushbu registr dasturchi ishlata olmaydi, ammo uni yuklash va qiymatlarini o’zgartirish xar hil boshqarish buyruqlari orqali bajariladi, ular, shartli va shartsiz o’tishlar, protseduralarni chaqirish va protseduralardan qaytarish. Download 459 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling