Ko`zg`almas vergulli sonlar ustida oddiy amallar bajarilishi jarayonini o`rganish
Mashg`ulotdan maqsad: HMda qo`zg`almas vergulli sonlarni algebraik qo`shish (ayrish)
amallarining mashina (to`g`ri, teskari, qo`shimcha ) qodlaridan bajarilish qoidalarini o`rganish.Ikkili-o`nli sanoq tizimida qo`shish (ayrish) amallarining qoidalarini o`rganish.
Qo`zg`almas vergulli sonlarni algebraik qo`shish shaxsiy kompьyuterlarda quyidagi mashina qodlaridan birida amalga oshirilishi mumkin: to`g`ri, teskari, qo`shimcha. Tabiiyki, yig`indi xam shu kodlarning birida xosil bo`ladi. Ko`pincha teskari yoki qo`shimcha kodlar ishlatiladi.
Bunda operandlarning barcha xonalari (ishora va raqam xonalari) qo`shish amalida ishtirok etadi. Yig`indi ishorasi operandlar ishora raqamlarini xamda qo`shni kichik xonadan ko`chirish qiymati raqamini jamlash jarayonida avtomatik tarzda xosil qilinadi. Yig`indi ishora xonasidan ko`chirish qiymatining birlik raqami paydo bo`lsa uni yig`indi kichik xonasiga qo`shish (teskari kodda qo`shganda) yoki tashlab yuborish (qo`shimcha kodda qo`shganda) lozim.
Bunda qo`shiluvchilarning ishoralariga bog`lik quyidagi to`rtta xol ro`y berishi mumkin:
X1> 0 , X2> 0 , X3=X1 + X2> 0;
X1> 0 , X2< 0 , X3=X1 +X2< 0;
X1< 0 , X2> 0 , X3=X1 +X2 > 0;
X1< 0 , X2< 0 , X3=X1 + X2< 0.
To`rtta xol uchun to`g`ri, teskari va qo`shimcha kodlarda misollar orqali ko`rib chiqamiz. Solishtirishga qulay bo`lganligi tufayli xamma xisoblarni jadvalga kiritamiz (1- jadvalga qara).
Do'stlaringiz bilan baham: |