4 amaliy ish


Download 454.79 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2023
Hajmi454.79 Kb.
#1766114
  1   2
Bog'liq
amaliy

4 - amaliy ish


Mavzu: Microsoft Threat Modeling Tools yordamida tahdidlarni modellashtirish.
Ishdan maqsad: Microsoft Threat Modeling Tool tahdidlarni modellashtish dasturidan foydalanish ko ‘nikmasini shakllantirish. Tahdidlarni modellashtishish qobiliyatini shakllantish.

Nazariy qism


Microsoft Threat Modeling Tool 2016 - bu foydalanish uchun qulay vosita bo'lib, quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • mahsulotlar yoki xizmatlar uchun ma'lumotlar oqimi diagrammalarini (DFDs) yaratish;

  • potensial tahdidlar to'plamini avtomatik ravishda yaratish uchun ma'lumotlar oqimi diagrammalarini yaratish;

  • potentsial zaifliklarni kamaytirish choralarini taklif qilish uchun loyihalalarni modellashtirish;

  • aniqlangan va tahlillangan tahdidlar haqida hisobotlar tayyorlash;

  • tahdidlarni modellashtirish uchun maxsus shablonlarni yaratish.

Tahdid modeli - bu tizimdagi dasturiy ta'minot yoki qurilma komponentlarining ko'rinishi, ular orasidagi ma'lumotlar oqimi va tizimdagi ishonch chegaralari orasidagi aloqalarni shakllantish natijasida olingan hisobot. Tahdidlarni modellashtirishda tizimning xavfsizlik xususiyatlarini tahlil qilish va tizimdagi axborot aktivlariga potentsial tahdidlarni aniqlash orqali potentsial zaifliklarini aniqlash mumkin.
Kirish testi yoki fuzzing kabi tekshirish usullaridan farqli o'laroq, tahdidni modellashtirish mahsulot yoki xizmat joriy etilishidan oldin amalga oshirilishi mumkin; bu mahsulot yoki xizmat iloji boricha xavfsiz bo'lishini ta'minlashga yordam beradi.

Microsoft Threat Modeling Tool (TMT) 2016 ishlab chiqilgan loyihaga bo‘ladigan tahdidlarni modellashtirish jarayonini shakllantirishga mo'ljallangan. TMT funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • loyihani chizish muhiti;

  • o'zaro ta’sir yondashuviga ko‘ra STRIDE yordamida avtomatik tahdid yaratish;

  • tahdidlarni modellashtirish uchun o'z shablon yaratish;

  • foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tahdidlarni qo‘shish uchun imkoniyat.

Microsoft Threat Modeling Tool (TMT) dan foydalanib, siz dastur yoki xizmatni o'z ichiga olgan jarayonlar va ma'lumotlar oqimlarini grafik tarzda aniqlashingiz mumkin.



Download 454.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling