4-Amaliy mashg’ulot
Dopusklar va o‘tqazishlarning chizmalarda ko‘rsatilishi
Nazariy ma’lumotlar
Chiziqli o’lchamlarning dopusk maydonlari chizmalarda shartli (harfli) belgilanishlar bilan, masalan, Ø50H6, Ø32f7, Ø10g6, yoki chekli og’ishlarning sonli qiymatlari bilan, masalan, , yoki dopusk maydonlarining harfli belgilanishlari bilan, ulardan o’ngda, qavs ichida chekli og’ishlarning sonli qiymatlarini birgalikda keltirish bilan ko’rsatiladi (1-rasm, a, b).
1-rasm. Dopusklar va o‘tqazishlarning chizmalarda ko‘rsatilishi:
val uchun b) teshik uchun v) o’tqazish uchun
Yig’ma chizmalarda tasvirlangan, tutashuvchi detallarning o’tqazishlari va detallar o’lchamlarining chekli og’ishlari kasr bilan ko’rsatiladi, bunda suratda teshik chekli og’ishining harfli belgilanishi yoki sonli qiymati yoki harfli belgilanishi bilan, undan o’ngda, qavs ichida uning sonli qiymatlari keltiriladi, maxrajda esa – xuddi shu tarzda valning dopusk maydoni keltiriladi (1-rasm, v).
Detal chizmasida og’ishlari ko’rsatilmagan o’lchamlar uchun ham chekli og’ishlar belgilanishi mumkin. Masalan, detalning texnik talablarida “Ko’rsatilmagan chekli og’ishlar: teshiklar uchun H14, vallar uchun h14, qolganlari uchun ” yoki “O’lchamlarning ko’rsatilmagan chekli og’ishlari: diametrlar uchun H12, h12, qolganlari uchun ”.
Birinchi holda H14 og’ish barcha ichki (qamrovchi) o’lchamlarga, h14 og’ish esa – barcha tashqi (qamraluvchi) elementlarga tegishli bo’ladi. Ikkinchi holda H12 og’ish faqat teshiklar diametrlariga, h12 og’ish esa – faqat vallar diametrlariga bog’liq bo’ladi.
Bitta nominal o’lchamga, ammo turli chekli og’ishlarga ega uchastkalardan tarkib topuvchi sirtda ushbu uchastkalar chegarasi bo’ylab ingichka tutash chiziq chiziladi va har bir uchastka uchun nominal o’lcham va uning mos chekli og’ishlari alohida ko’rsatiladi (2-rasm).
2-rasm. Turli chekli og’ishlarga ega uchastkalardan tarkib topuvchi sirtda chekli og’ishlarning ko’rsatilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |