4-amaliy mashg’ulot: Gaz aralashmalarining molyar massasini va holat parametrlarini hisoblash. Barometrik formulani qo‘llash va Bolsman taqsimotiga doir masalalar echish. Adabiyotlar


Download 35 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi35 Kb.
#1486462
Bog'liq
4 -Amaliy mashg\'ulot


4-AMALIY MASHG’ULOT:
Gaz aralashmalarining molyar massasini va holat parametrlarini hisoblash.Barometrik formulani qo‘llash va Bolsman taqsimotiga doir masalalar echish.
Adabiyotlar: 1. Volkenshteyn V.S. Umimiy fizika kursidan masalalar to'plami. O'qituvchi. Toshkent. 1969.
2. Chertov A., Vorobev A, Fizikadan masalalar to'plami. O'zbekiston. Toshkent. 1997.

Barometrik formula gaz bosiminnng og’irlik kuchi maydonida balandlikka qarab kamayishini ifodalaydi;



bunda ph- gazning h balandlikdagi bosimi, p0- gazning h=0 balandlikdagi bosimi, g-og’irlik kuchining tezlanishi. Bu formula taqribiydir, chunki balandliklarning farqi katta bo’lganda T temperaturani bir xil deb bo’lmaydi.
5.110. 1m3 havoning; 1)Yerning sirtida 2)Yer sirtidan 4km balandlikda og’irligi qancha? Havoning haroratini o’zgarmas va 0oCga teng deb olinsin. Yer sirtida havoning bosimi 105 N/m2 ga teng.
5.111. Qanday balandlikda gaz dengiz sathidagi zichligining 50% zichligidek zichlika ega bo’ladi? Haroratni o’zgarmas va 0oC ga teng deb hisoblansin. Masalani: 1) havo va 2) vodorod uchun yeching.
5.112. Perren mikroskop yordamida muallaq gummigut zarrachalar konsentratsiyasining balandlikka qarab o’zgarishini kuzatadi va barometrik formulani qo’llab eksperimental ravishda Avagadro soning qiymatini topdi. Perren tajribalaridan birida qatlamlarning orasi 100 mkm bo’lganda pastki qatlamdagi muallaq gummigut zarrachalarning soni yuqori qatlamdagidan ikki marta ko’p ekanligini aniqladi. Gummigutning harorati 20oC. 0,3·10-4sm diametrli gummigut zarrachalari zichligi zarrachalar zichligidan 0,2 g/sm3 ga kam bo’lgan suyuqlikga aralashtirgan. Bu berilganlarga asosan Avagadro soni topilsin.
5.113. 100oC harorat va 0,1 mm sim. ust bosimda karbonat angidridning molekulalarining o’rtacha erkin yugurish yo’li aniqlansin. Karbonat angidrid molekulasining diametri 3,2·10– 8 sm ga teng deb olinsin.
5.114. Yer uchinchi yo’ldoshi o’rnatilgan ionizatsion manometr yordamida yer sirtidan 300 km balandlikdagi atmosferaning 1sm3 hajmida 1 milliardga yaqin gaz zarrachalari borligi aniqlandi. Shu balandlikdagi gaz zarrachalarining o’rtacha erkin yugurish yo’li topilsin. Zarrachalarng diametrini 2·10-10 m ga teng deb olinsin.
5.115. Normal sharoitda havo molekulasining o’rtacha erkin yugurish yo’li topilsin. Havo molekulasining diametri shartli holda 3·10– 8 sm teng deb olinsin.
5.116. Agar 100oC haroratda karbonat angidrid molekulasining o’rtacha erkin yugurish yo’li 8,7·10– 2 sm ga teng bo’lsa molekulalarning bir sek dagi o’rtacha to’qnashishlari soni topilsin.
5.117. t=27oC harorat va p=400 mm sim.ust. bosimda azot molekulalarining 1 sek dagi o’rtacha to’qnashishlar soni topilsin.
5.118. Normal sharoitda 0,5 l hajmli idishda kislorod bor. Bu hajmdagi kislorod molekulalarning 1 sek dagi o’zaro to’qnashishlarining umumiy soni topilsin.


7- MAVZU: BAROMETRIK FORMULA


I.Testlar
1) Yerdan ko‘tarilgan sari gaz kontsentratsiyasi va bosimi qanday o’zgaradi?
А) kamayib boradi В) o‘zgarmaydi
С) ortib boradi D) to’gri javob yo’q


2) Ushbu formula nomlanishi nima?
А) al’timetr В) barometrik formula
С) Bolptsman qonunining matematik ifodasi D) To’g’ri javob yo’q


3) Gummigut smolasining suvdagi emulpsiyasidagi mayda zarralarning idish balandligi bo‘yicha taqsimlanishini 1906 yilda tekshirgan olim kim?
А) I. Nyuton В) Joul С) J.Perren D) Kim


4) Ushbu qonun (no= noo e-Wn/ (kT)) maydonning fizik tabiatidan qat’iy nazar, har qanday potensial maydon uchun ham to‘g‘ridir. Gap qaysi qunun haqida ketmoqda?
А) Bolptsman qonuni В) Om qonuni С) Tortishish qonuni
D) Bunaqa fizik qonun yo’q

5) Balandlikni dengiz sathidan boshlab o‘lchash uchun maxsus darajalangan barometrga ...... deyiladi.?


А) barometr В) al’timetr С) ampermetr D) parametr


II. Savollar

  1. Barometrik formula qanday kelib chiqadi?

  2. Perren tajribasi haqida gapirib bering.

  3. Bolsman qonuni nimani nazarda tutadi?

  4. Ehtimollik haqida tushuncha bering.

  5. Al’timetr nima?

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling