1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.
Organik va organomineral o‘g‘itlarning xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni ishlab chiqish.
Bolalar ovqatlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi maxsus texnik reglamentni ishlab chiqish.
Maxsus oziq-ovqat mahsulotlari, funksional parhez, davolash va parhez-profilaktika ovqatlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishda organik mahsulotlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olish.
Organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli va tartibini joriy etish.
2. Sertifikatlashtirish, avtorizatsiya va akkreditatsiya tizimlarini shakllantirish.
Organik ishlab chiqarish sohasidagi sertifikatlashtirish, avtorizatsiyalash va akkreditatsiyalashning milliy tizimlarini yaratish.
Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyati ekvivalentligi (teng qiymatliligi)ni baholash va avtorizatsiyalash.
Organik mahsulotlar uchun davlat savdo belgisi (logotipi)ni ishlab chiqish.
“Biosifat” markaziy laboratoriyasini hamda Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi daraxt ko‘chatlari va gul qalamchalari bo‘yicha sinov laboratoriyasini Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi tarkibiga o‘tkazgan holda ushbu yo‘nalishdagi muvofiqlikni baholash idorasini tashkil etish.
3. Organik ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro tizimlarga integratsiyalashtirish.
Organik qishloq xo‘jaligi doirasidagi sertifikatlashtirish idoralarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.
Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining IFOAMda ishtirokini, Markaziy Osiyo va global darajada organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishini tashkil etish.
Xalqaro organik forumlarda (ilmiy-tadqiqot masalalari yoki sertifikatlashtirish bo‘yicha) ishtirok etish.
Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etish.
4-amaliy mashg‘ulotni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Respublikamiz eksport salohiyatida meva va sabzavotlarning o‘rni qanday?
2. Meva va sabzavotlarni eksport qilishda sertifikatlashtirishning ahamiyati haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |