4-amaliy mashg`ulot: Kislorodli organik birikmalar va ularni nomlash usullari Bir va ko’p atomli spirtlarning nomlanishi Tayanch so’z va iboralar
Download 1.91 Mb.
|
4-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aldegidlarning nomlanishi Ketonlarning nomlanishi
- Monokarbonil birikmalar nomlanishi va izomeriyasi
- Dikarbonil birikmalar
Kraun-efirlar
Vinil efirlar Vinil yoki alkil-alkenil efirlar umumiy qoidalar bilan nomlanadi. Masalan: Alkilaril efirlar Alkilaril efirlar arenlarning hosilalari hisoblanadi (alkoksiarenlar). Diaril efirlar Diaril efirlar umumiy qoida bo'yicha nomlanadi. Ba’zan ular diariloksidlar ham deyiladi. 12-Mavzu: Aldegid va ketonlarning nomlanishi Reja: Aldegidlarning nomlanishi Ketonlarning nomlanishi Ketonlarning umumiy formulasi esa quyidagicha: Har bir guruh karbonil guruhga birikkan uglerod atomi tipiga va boshqa funksional guruhlar tabiatiga ko'ra (galogenkarbonil, gidroksikarbonil, aminokarbonil va boshqa) quyi guruhlarga bo‘linadi. 1. Galogenkarbonil birikmalar aldegidlar va ketonlar molekulasidagi bir yoki bir nechta vodorod atomlarini galogen atom(lar)iga almashinishidan hosil bo'ladi. Galogenkarbonil birikmalar umumiy qoida bo'yicha nomlanadi. Ba’zi vakillari tarixiy nomlarini ham saqlab qolgan. Masalan, 2.Gidroksikarbonil birikmalar α-gidroksikarbonil birikmalar gidroksiatseton 2,3-digidroksipropanal Shuningdek, karbonil birikmalarga halqada ikkita karbonil guruh va ikkita qo'shbog' tutuvchi olti a’zoli siklik birikmalar — xinonlar ham kiradi. Monokarbonil birikmalar yoki aldegid va ketonlar deb atalib, karbonil guruhga birikkan uglerod atomining gibridlanish turiga qarab sinflanadi. Monokarbonil birikmalar nomlanishi va izomeriyasi Karbonil birikmalarning nomlanishi xilma-xildir. Ularni nomlash uchun ham tarixiy, ham sistematik nomlash qo’llaniladi. Shuning uchun aksariyat karbonil birikmalar bir necha nomlarga ega. Aldegid guruhi sistematik nomenklatura bo'yicha -al, karbaldegid suffikslari bilan yoki okso-, formil- prefikslari bilan belgilanadi. Agar aldegid guruh katta xarakteristik guruh bo‘lsa u suffiks bilan belgilanadi. Agar aldegid guruhning uglerod atomi asosiy struktura tarkibiga kirsa -al sufflksi, boshqa hollarda karbaldegid-suffiksi qo’llaniladi. Okso-va formil- prefikslari molekulada kattaroq guruhlar, masalan, karboksil-, sulfo- guruhlar mavjud bo’lganda qo’llaniladi. Aldegid guruh nomenklatura bo'yicha keton guruhdan katta hisoblanadi. Ko'plab aldegidlar trivial nomga ega. Ularning nomlari aldegidlarni oksidlanishidan hosil bo’lgan tegishli karbon kislotalar nomidan keltirib chiqariladi va aldegid so'zi qo'shiladi. Keton guruhi o'rinbosar nomenklatura bo'yicha -on suffiksi yoki okso- prefiksi bilan belgilanadi. Okso- prefiksi molekulada kattaroq guruhlar mavjud bo'lganda qo’llaniladi. Radikal-funksional nomenklatura bo'yicha keton nomi alifbo tartibida uglevodorod qoldiqlari nomlaridan va keton-prefiksidan yasaladi. Ayrim ketonlar, masalan, atseton, xalkonlar, fenonlar trivial nomlarini saqlab qolgan. Dikarbonil birikmalar Dikarbonil birikmalar karbonil guruhlarning joylashishiga qarab sinflanadi: 1,2- yoki α-dikarbonil birikmalar; 1,3- yoki β -dikarbonil birikmalar; 1,4- yoki y- dikarbonil birikmalar va h.k. Dikarbonil birikmalar umumiy qoidalarga muvofiq nomlanadi. Dialdegidlarni nomlashda-dial suffiksi, diketonlarni nomlashda-dion-suffiksi qo'llaniladi. Agar aldegid va keton birga kelsa aldegid nomiga okso-prefiksi qo'shiladi. Ba’zi bir birikmalar trivial va ratsional nomlar bilan nomlanadi: Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling