4-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Linter kolosniklarini tayyorlash texnologik jarayoni. Ishdan maqsad
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
PTMA amaliy-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixozlar
- Arrali tsilindrlar va kolosnikli panjaralarni yig’ishning asosiy shartlari.
- Kоlоsnikli pаnjаrа.
- 4.1-rasm PMP-160M linterining ishchi kamerasi
- Kolosniklar tirqish oralig’ining o’lchamlari
- Nazorat savollari. 1. Jin, linter mashinalarining ish unumdorligi nima qarab aniqlanadi
21 4-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Linter kolosniklarini tayyorlash texnologik jarayoni. Ishdan maqsad: Jin, linter mashinalaridagi arra, kolosnik va arralar orasidagi qistirmalarni arrali tsilindrlarga yig’ishni, kolosniklarni bruslarga qotirib kolosnikli panjarani hosil qilishni va arrali tsilindrga nisbatan kamerani rostlashni o’rganish. Kerakli jixozlar: Linter mashinasining kolosnikli panjaralari. Asosiy ma’lumotlar. Jin, linter mashinalarining ish unumdorligi va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarning sifati ko’p jihatdan bu mashinalardagi arra-kolosnik tizimining holatiga bog’liqdir. Arrali tsilindrlar va kolosnikli panjaralarni yig’ishning asosiy shartlari. Jin va linterlarni ishlatish tajribasi shuni ko’rsatadiki, faqat to’g’ri yig’ilgan arrali tsilindr, kolosnikli panjaralar va yaxshi sozlangan texnologik tirqishlarga ega bo’lgan mashinalar uzoq vaqt to’xtamay ishlaydi hamda yuqori sifatli paxta mahsulotini beradi. Kоlоsnikli pаnjаrа. 160 аrrаli lintеrgа 161 dоnа kоlоsnik (qоbirg’а) o’rnаtilаdi. Bulаrning ikkitаsi chеtki yarim kоlоsnik bo’lib, qоlgаnlаri аrrаlаr оrаsidа o’rnаtish uchun mo’ljаllаngаn. Kоlоsniklаr kul rаng cho’yandаn yasаlаdi. Kоlоsniklаrning ichki ishchi qismi mахsus аndоzа bo’yichа yasаlаdi vа ulаr bir-biri bilаn o’rin аlmаshinа оlаdi. Kоlоsnik tirqishlаri, аyniqsа ish qismidа judа to’g’ri o’lchаnishi kеrаk, chunki lintеrdа аrrа disklаri kirgizilаdigаn qo’shni kоlоsniklаr оrаsi 2.5-3.1 mm gа tеng. Аrrа diskining qаlinligi 0.95±0.05 mm bo’lgаnligidаn kоlоsnikning yon sirti bilаn аrrа оrаsi 0,75-0,85 mm ni tаshkil qilаdi. Ishlаtish uchun yig’ilgаn kоlоsnik tirqishlаrining kеngligi ish qismidа 2,5÷3.1 mm, yuqоri qismidа 3,0÷3,5 mm, pаstki qismidа esа 3,5÷4,7 mm gаchа bo’lishi kеrаk. 22 4.1-rasm PMP-160M linterining ishchi kamerasi 1-kolosnik, 2- chigit tarog’i, 3- oldgi fartuk, 4- chigit kirish bo’g’izi, 5- zichlik klapani, 6- ortki brus, 7- to’zitkich, 8- arrali tsilindr. 4.2.-rаsm. Kоlosnikli pаnjаrа Jin va linterlar uchun kolosniklar alohida-alohida chiqariladi. Linter kolosniklari ikki rusumda chiqariladi: cho’yandan YeN109-67B rusumli va po’latdan YeN109- 67D rusumli. Kolosnikli panjaralarni yig’ish o’rnatilgan maxsus dastgohlarda standart arrali tsilindrlar bo’yicha va kolosniklar ramasini standart arrali silindrga nisbatan tekshirishdan boshlanishi kerak. Chetki arra bilan yondor oralig’i ikkala tomondan bir xil bo’lishi kerak, yuqorigi va pastki kolosnik bruslari arrali val o’qiga nisbatan parallel bo’lishi kerak. Kolosnikli panjaralarni yig’ishni boshlashdan avval yon brus mashina ishchi kamerasini shabloni bilan tekshirilishi kerak. Yuqorigi va pastki bruslar sirti tozalanishi shart. Jin va linterlarning kolosnikli panjaralarini yig’ish chetki kolosniklardan boshlanib, ular ishchi kamera yondorlariga zich o’rnatilishlari kerak. Kolosniklarning holatlari ishchi kamera shabloni bo’yicha tekshirilishi lozim. Bir vaqtni o’zida kolosniklarning ikkala lapkalarini bruslarga tegib turishi ham tekshiriladi. Kolosniklarning ustki lapkasi yon brus qirrasi bilan bir balandlikda bo’lishi va har qanday holatda ham qirradan past bo’lmasligi kerak. Kolosniklar lapkalari oralig’iga kartondan qistirgich qo’yishga ruxsat etiladi. Kolosniklarni yig’ishda ularning o’rnatish vintlari oxirigacha tortib qo’yiladi. Ular kolosniklar sirtidan chiqib turmasliklari kerak. Boltlar boshchalaridagi, shuningdek ichki sirtidagi qirralar yo’qotilishi kerak. Qo’l bilan kolosniklarga bosilganda kolosniklar qo’zg’almasliklari kerak. Kolosniklar uyalarida mustahkam o’rnashishlari kerak. Lyuftlar va qiyshayishlarga yo’l qo’yilmaydi. Ular shunday o’rnatiladiki, arralar kengligi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan o’lchamlarda bo’lgan oralig’ning o’rtasida bo’lsin. 23 Kolosniklar tirqish oralig’ining o’lchamlari 1-javdal Kolosnikli panjaralarning ish joyidagi oralig’i kengligi 30 mm uzunlikda, ulardan 15 mm arraning kolosniklar oralig’iga kirishdan yuqori qismida va 15 mm- pastki qismida, bir xil bo’lishi kerak. Kolosniklar oralig’idagi tirqishni o’zgarishi ish joyidan yuqori va pastki tomonlarga bir tekis o’zgarishi lozim. Ishchi tirqishlar maxsus chekli kalibrlar bilan tekshiriladi. Nazorat savollari. 1. Jin, linter mashinalarining ish unumdorligi nima qarab aniqlanadi? 2. Kolosnikli panjaralarning ish joyidagi oralig’i kengligi qancha? 3. Arrali tsilindrlar va kolosnikli panjaralarni yig’ishning asosiy shartlari? Kolosniklarning joylashishi Jin Linter eng kichik oraliq, mm eng katta oraliq, mm eng kichik oraliq, mm еng katta oraliq, mm Kolosniklarning ishlash joyida 2,6 3,2 2,4 3,0 Kolosniklarning yuqori qismida 4,5 5,0 2,4 3,0 Kolosniklarning pastki qismida 4,5 5,0 4,2 5,2 Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling