4-amaliy mashg’ulot mavzu: Qirqimlar va kesimlar Mashg’ulot rejasi


Download 2.92 Mb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1726838
1   2   3
Bog'liq
qirqimlar amaliyot

KESIMLAR

Kesimlar ham qirqimlar singari GOST 2.305-68 ga muvofiq bajariladi, Buyumning bitta yoki bir nechta tekislik bilan fikran kesib ko‘rsatilgan tasviri kesim deb ataladi. Kesim ham shartli tasvir bo‘lib, unda buyumning faqat tekislik bilan kesilgan joyigina ko‘rsatiladi.


Qirqimlar tarkibiga kirmaydigan kesimlar shetga chiqarib ko‘rsatiladi yoki bevosita ko‘rinishning o‘zida tasvir (4.17- shakl) qilinadi. Keyingi holda ancha noqulayliklar sodir bo‘lishi mumkin, shuning uchun kesimni chetga chiqarib tasvir qilish afzalroqdir. Chetga chiqarilib tasvirlangan kesim konturi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi (4.21 va 4.22-shakllarga qarang). Bevosita ko‘rinishni o‘zida tasvirlagan kesim konturi esa ingichka tutash chiziq, bilan chiziladi 4.23- shakl).




Birgina buyumga tegishli bo‘lgan bir necha bir xildagi kesimlar uchun kesim chizig‘ bir xil harf bilan belgilanadi va birgina kesim chizib ko‘rsatiladi (4.24-shakl).


Agar kesuvchi tekislik teshik yoki chuqurchani chegaralovchi aylanish sirtining o‘qi orqali o‘tgan bo‘lsa, u holda teshik yoki chuqurcha konturi to‘la ko‘rsatiladi (4.25 va 4.26- shakllar).
Chetga chiqarib chizilgan yoki bevosita shaklning o‘zida chizilgan kesimlarning simmetriya o‘qlari ingishka shtrix-punktir chiziq bilan, harf yoki strelka belgilari qo‘yilmasdan ko‘rsatiladi va bunda kesish chiziqlari ko‘rsatilmaydi (4.21 va4.23-shakhar).



Qiya joylashgan buyumga tegishli bo‘lgan bir necha bir xildagi kesimlarni ifoda qiluvchi tasvimi burilgan vaziyatda chiziladi va ≪burilganlik≫ belgisi qo’yiladi (4.27-shakl). Agar bunda kesuvchi tekisliklar o’zaro parallel bo’lmasa, ≪burilganlik≫ belgisi qo’yilmaydi (4.29-shakl).
Kesuvchi tekisliklami tanlashda ularning normal ko’ndalang kesim hosil qilishiga e’tibor berish zarur (4.28-shakl).








O’z o’zini tekshirish uchun savollar

1. Qirqimning vazifasi nimadan iborat?


2. Qirqimning qanday turlarini bilasiz?
3. Qirqim bilan kesimni farqi nimadan iborat?
4. Kesimning qanday turlari mavjud?



Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling