4 Amaliy mashg’ulot mavzu: Standartlashtirish tizimi haqida asosiy ma’lumotlar. O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi


Download 10.95 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi10.95 Kb.
#1393984
Bog'liq
4-Amaliy Mashg\'ulot


“METROLOGIYA va STANDARTLASHTIRISH” fanidan amaliy uslubiy ko`rsatma

4 - Amaliy mashg’ulot
MAVZU: Standartlashtirish tizimi haqida asosiy ma’lumotlar. O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi

Materialning o‘zlashtirilishini yengillashtirish uchun standartlashtirish va sifat sohasidagi bir necha ta’riflarni ko‘rib chiqamiz. Standartlashtirish - muayyan sohada tartibga solishning optimal darajasiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u standartlaming ishlab chiqilishi, e’lon qilinishi, qollanilishi, shuningdek, mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning ulaming funksional maqsadiga muvofiqligi darajasini oshirishning optimal darajasiga erishish, savdo-sotiqdagi to‘siqlarni bartaraf qilishga va ilmiytexnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishga qaratilgan faoliyatdir. Standartlashtirish eng kam mehnat sarflari bilan mahsulot sifatining zarur darajasini shakllantirishga, avtomatik liniyalar, mashinalar, asboblar, apparatlaming zamonaviy talablarga javob beradigan yangi turlarining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga imkoniyat yaratadi. Mashinalar, shu jumladan, aviatsiya texnikasi konstruksiyalari uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda, buyumlar, ulaming agregatlari va detallarining bir xillashtirilishi va standartlashtirilishi asosidagi tarmoq ichidagi va tarmoqlararo ixtisoslashuv kengaymoqda, kompleks va ilgari yuradigan standartlashtirish uslublari keng qo‘llanilmoqda, xalq xo‘jaligini boshqarishning umumiy prinsiplari va qonuniyatlariga, texnik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va tarbiyaviy chora-tadbirlarga asoslanadigan mahsulot sifatini boshqarish va attestatsiyalash tizimlari, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi tizimi joriy etilmoqda. Yuksak malakali mutaxassislaming mayjudligi mahsulot sifatini oshirishning ilg‘or tajribasi, mahsulot sifatini boshqarish tizimlarining tatbiq qilinishini ta’minlaydigan eng muhim shart hisobianadi.


Standart - bu standartlashtirish obyektiga nisbatan normalar, qoidalar, talablar kompleksini belgilaydigan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-texnik hujjatdir. Standartlar fan, texnika va amaliy tajribaning umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi vajamiyat uchun optimal foydaga erishilishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ularni nafaqat mahsulotlar, etalonlar va shu kabilarga, shu bilan birga normalar, qoidalar, talablar va shu kabilarga ham ishlab chiqiladi. Me’yoriy hujjat - faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga ta’alluqli boigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsifnomalami belgilaydigan hujjatdir. Sifat - bu obyektning belgilangan va taklif qilinadigan ehtiyojlarni qondirishning o‘ziga xos xususiyatlariga ta’alluqli boigan tavsifhomalarining majmuidir. Umumiy-texnik faoliyat sifatidagi standartlashtirish bilan obyekt tavsifnomalarining majmui sifatidagi sifat tushunchasining o‘zaro bog’liqligi standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidann qabul qilingan ushbu atamalarning yuqorida keltirilgan ta’riflariga asoslanadi. Standartlashtirish real mavjud boigan vazifalaming hal qilinishiga, sifat esa - belgilangan ehtiyojlaming qondirilishiga qaratilgandir. Bunda mahsulotlar, jarayonlar, ishlar, xizmatlaming ulaming funksional maqsadlariga muvofiqligi darajasining oshirilishi standartlashtirish bo‘yicha faoliyatning eng muhim natijalari hisoblanadi.
O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi
Standartlashtirishning texnika taraqqiyotidagi rolini oshirish, mahsulotning sifati va raqobatga bardoshliligini hamda uning tejamliligini oshirish uchun Davlat standartlashtirish tizimi ( O‘zDst) joriy etilgan boiib, u standartlashtirish maqsadlari va vazifalanni belgilaydigan o‘zaro bir-biriga bogiiq boigan qoidalar, talablar majmuini, standartlashtirish organlari va xizmatlari tuzilishini, ulaming xalq xo‘jaligining hamma sohalaridagi huquqlari va majburiyatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. U me’yoriy hujjatlaming rejalashtirilishi, ishlab chiqilishi, kelishilishi, tasdiqlanishi, davlat ro‘yxatidan oikazilishi tartibini, ularni tekshirish, bekor qilish, qaytadan ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartirishlami kiritish tartibini;
mahsulotlami ishlab chiqarish, xizmatlami ko‘rsatish, tashish, saqlash, sotish, ta’mirlash, foydalanish, utiHashtirishning me’yoriy ta’minotini, me’yoriy hujjatlaming ilmiy-texnik darajasining ekspertizasi va baholanishini o'tkazish uslublarini, xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, xorijiy standartlarning qo‘ IlaniJishi usullari va shu kabilarni belgilaydi. O‘zDst ning asosiy qoidalari Uzbekistonda standartlashtirish bo‘yicha ishlaming tashkil etilishi vao‘tkazilishiganisbatan umumiy qoidalarni belgilaydi va me’yoriy hujjatlar majmuida asosiy qoidalar bo‘lib hisoblanadi.
Me’yoriy hujjatlaming quyidagi belgilari belgilangan:
a) Davlat miqyosida: o‘zbekiston davlat standarti - O‘zDst Umumdavlat klassifikatori - O‘zDst O‘zbekistondarahbarlik qiluvchi hujjat - O‘zDst O‘zbekiston tavsiyanomalari - O‘zT; b) Tarmoq miqyosida: d) tarmoq standarti – TSt; e) tarmoq klassifikatori – TT; f) texnik shartlar – TSh; g) rahbarlik qiluvchi hujjat –RH; h) tavsiyalar – T; i) Ma’muriy-hududiy miqyosda: ma’muriy-hududiy standart - MHSt
rahbarlik qiluvchi hujjat – RH; tavsiyalar – T; j) Korxona miqyosida: texnik shartlar – TSh; korxona standarti - KSt
Barcha miqyoslardagi me’yoriy hujjatlaming ifodalanishi hujjat matnining tilidan qat’i nazar lotin yozuviga asoslangan davlat tilida amalga oshiriladi va quyidagicha ifodalanadi:
o‘z - 0 ‘zbekiston ( 0 ‘zbekiston); D - Davlat (davlat); T - Tasniflagich (klassifikator), Tarmoq (tarmoq), Tavsiyanoma (tavsiyalar); R - Rahbarlik (rahbarlik); H - Hujjat (hujjat), Hududiy (hududiy); Sh - Shart (shart); К - Korxona (korxona); М - Ma’muriy (ma’muriy); St - Standart (standart); Davlatlararo standartning (ГОСТ) rus tilidagi lfodasi saqlab qolinadi.

Nazorat Savollari:



  1. Standartlashtirish tizimi haqida asosiy ma’lumotlar haqida tushuncha.

  2. O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi haqida tushuncha.

Tuzuvchi: assistenti O`.N.Badalov

Download 10.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling