O‘rmalovchi zanjirli traktorning yurish qismi(13-rasm) asosan, ikkala
tomoniga joylashtirilgan ikkita o‘rmalovchi zanjirli yuritgich va ularning
osmalaridan iborat. Har bir yuritgich etakchi yulduzcha 8, taranglovchi g‘ildirak 1,
tayanch g‘ildiraklar 7, tutqich rolik 5 lar va ularning barchasini o‘rab turadigan
o‘rmalovchi zanjir 3 dan iborat. Taranglovchi g‘ildirakning taranglovchi va
amortizatsiya qiluvchi moslamasi 2 bor.
13-rasm. O‘rmalovchi
zanjirli traktorning
yurish qismi:
1-taranglovchi g‘ildirak;
2- taranglash moslamasi;
3- o‘rmalovchi zanjir;
4-traktor ramasi;
5- tutqichrolik; 6-karetka; 7-
tayanch g‘ildirak; 8-etakchi
yulduzcha.
Etakchi yulduzcha dvigateldan kuch uzatish mexanizmlari orqali xarakatga
kelib aylanganda, uning tishlari o‘rmalovchi zanjirining bo‘g‘imlariga yoki
tishlariga birin-ketin ilinib, o‘rmalovchi zanjirni aylanishga majbur etadi va u o‘z
navbatida traktorni ilgarilanma xarakatga keltiradi.
Traktor ramasi 4 tayanch g‘ildiraklar 7 orqali o‘rmalovchi zanjirning ichki
sirtidagi izga tayanadi. Demak o‘rmalovchi zanjirli traktor er ustida yurmasdan,
balki metal iz-yo‘l ustida xarakat qilinganligi sababli o‘zining yurishiga kam
quvvat sarf etadi. O‘rmalovchi zanjirning erga tayanib turadigan yuzasining satxi
katta bo‘lganligi uchun traktor og‘ir bo‘lishiga qaramay, uning erga tushadigan
solishtirma og‘irligi g‘ildirakli traktorlarnikidan kam bo‘ladi.
Ma’lumki, fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlarini kengayishi natijasida ular
tomonidan yuqori unumli g‘ildirakli traktorlar, og‘irtexnikalar va kombaynlar sotib
olinmoqda va ulardan foydalanish darajasi ortib bormoqda.Bu holat tuproqning
zichlanish darajasini keskin oshishiga olib keladi.
Tuproqda namlik darajasi me’yoridan ortiq bo‘lsa (14-rasm), shinalar tuproq
bilan etarlicha ilashmaydi va g‘ildiraklar shataksiraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |