4-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: traktor va avtomobillarni yurish qismlari, boshqarish mexanizmlari, yordamchi va ish jihozlari


O‘rmalovchi zanjirli traktorning yurish qismi(13-rasm)


Download 102.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana27.10.2023
Hajmi102.57 Kb.
#1726431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-Amaliy mashg‘ulot Mavzu traktor va avtomobillarni yurish qism

O‘rmalovchi zanjirli traktorning yurish qismi(13-rasm) asosan, ikkala 
tomoniga joylashtirilgan ikkita o‘rmalovchi zanjirli yuritgich va ularning 
osmalaridan iborat. Har bir yuritgich etakchi yulduzcha 8, taranglovchi g‘ildirak 1, 
tayanch g‘ildiraklar 7, tutqich rolik 5 lar va ularning barchasini o‘rab turadigan 
o‘rmalovchi zanjir 3 dan iborat. Taranglovchi g‘ildirakning taranglovchi va 
amortizatsiya qiluvchi moslamasi 2 bor. 
 
13-rasm. O‘rmalovchi
zanjirli traktorning 
yurish qismi:
1-taranglovchi g‘ildirak; 
 2- taranglash moslamasi;
3- o‘rmalovchi zanjir; 
4-traktor ramasi; 
5- tutqichrolik; 6-karetka; 7- 
tayanch g‘ildirak; 8-etakchi 
yulduzcha. 
Etakchi yulduzcha dvigateldan kuch uzatish mexanizmlari orqali xarakatga 
kelib aylanganda, uning tishlari o‘rmalovchi zanjirining bo‘g‘imlariga yoki 
tishlariga birin-ketin ilinib, o‘rmalovchi zanjirni aylanishga majbur etadi va u o‘z 
navbatida traktorni ilgarilanma xarakatga keltiradi.
Traktor ramasi 4 tayanch g‘ildiraklar 7 orqali o‘rmalovchi zanjirning ichki 
sirtidagi izga tayanadi. Demak o‘rmalovchi zanjirli traktor er ustida yurmasdan, 
balki metal iz-yo‘l ustida xarakat qilinganligi sababli o‘zining yurishiga kam 
quvvat sarf etadi. O‘rmalovchi zanjirning erga tayanib turadigan yuzasining satxi 
katta bo‘lganligi uchun traktor og‘ir bo‘lishiga qaramay, uning erga tushadigan 
solishtirma og‘irligi g‘ildirakli traktorlarnikidan kam bo‘ladi. 
Ma’lumki, fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlarini kengayishi natijasida ular 
tomonidan yuqori unumli g‘ildirakli traktorlar, og‘irtexnikalar va kombaynlar sotib 
olinmoqda va ulardan foydalanish darajasi ortib bormoqda.Bu holat tuproqning 
zichlanish darajasini keskin oshishiga olib keladi. 
Tuproqda namlik darajasi me’yoridan ortiq bo‘lsa (14-rasm), shinalar tuproq 
bilan etarlicha ilashmaydi va g‘ildiraklar shataksiraydi.



Download 102.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling