4-amaliy mashg’ulot. Rus bolalar adabiyoti va uning yetakchi xususiyatlari Reja


Darsni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana07.12.2021
Hajmi0.49 Mb.
#179149
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-amaliy Latofat

Darsni mustahkamlash uchun savollar 

1. Shoirning ozodalikka bag‘ishlangan qanday she’rlarini bilasiz? 

2. „Suvarakxon“ asarining tarbiyaviy ahamiyati nimada? 



3. „Doktor Voyjonim“ asaridan siz o‘zingizga qanday xulosa 

chiqardingiz ? 

 

  Samuil Yakovlevich 

        Marshak 

             (1887 — 1964) 

 

Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotida Samuil Yakovle- 



vich  Marshakning  roli katta. U rus bolalar adabiyotida  kich- 

kintoylar uchun katta she’riyat  yaratib bergan ulkan  san’atkor, 

taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon 

muharrirdir. 

S. Y. Marshak 1887- yilda  Voronej shahrida tish texnigi 

oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak san’atkorda shoirlik iste’dodi  juda  erta 

uyg‘ondi.  „Òo‘rt-besh yoshlarimda, — deb eslaydi shoir, — 

she’rlar yoza boshladim. O‘n bir yoshlarimda, bir qancha poe- 

malar yaratdim. Goratsiyning „Odamlar“ini tarjima qildim“. 

S. Y. Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‘qishga 

kiradi. Bu yerda bo‘lajak  shoir o‘z zamonasining  yetuk san’at- 

korlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati 

shu yerda chechak otadi. 1906- yildan boshlab felyetonlari, she’r 

hamda  tarjimalari  bilan matbuotda  chiqa  boshlaydi. 

S. Y. Marshak 1912- yilda Angliyaga  jo‘naydi. London uni- 

versitetining san’at fakultetiga o‘qishga kiradi. Òa’til kunlari u 

mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha 

qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktabla- 

rida bo‘ladi. Ingliz xalq qo‘shiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi. 

Bu yerda Marshak  V. Bleyk, Robindranat Òagor va boshqalar- 

ning  she’r va poemalarini ingliz  tilidan  tarjima qiladi. 

1914- yilda Rossiyaga  qaytib kelgan Marshakning hayoti 

bolalar olami bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. U 1915 —22- 

yillarda  bolalar uylarida tarbiyachi, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 

Bu Marshakning bolalar shoiri bo‘lib kamol topishida katta rol 

o‘ynaydi. 

S. Y. Marshak 20- yillarda  o‘zining  she’r, ertak va poemalari 

bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. „Qa- 

yerda ovqatlanding, ey chumchuq“, „Ahmoq sichqoncha haqida 

ertak“, „Kecha va bugun“, „Sirk“ va boshqa shu kabi  mashhur 




asarlari o‘sha yillarda maydonga kelgan edi. 

1939- yilda  Marshakning „Petya nimadan qo‘rqar edi?“, 

„Korablcha“ singari mashhur  she’rlari bosilib chiqdi. 

Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini 

urush, bosqinchilarga qarshi kurash  mavzusi tashkil etdi. 

Ayniqsa, 1943- yilda yaratilgan  „O‘n ikki oy“ nomli  ertak- 

dramasi tez orada  millionlab yosh  kitobxonlar orasida  mashhur 

bo‘lib ketdi. 

„Har qanday  bolalar  adabiyotida ikki  yosh mavjud bo‘ladi, 

u olamga bolalar  nigohi bilan qaraydi, ammo  uni  kattalardek 

idrok qiladi, aql-tajribasiga  suyanib ish ko‘radi,“ — degan shoir 

bir umr bolalarni sevdi, ular  uchun  g‘oyaviy-badiiy yuksak 

asarlar  yaratish uchun  tinmay  ijodiy  ish olib bordi. 

S. Y. Marshakning nomini  olamga  yoygan, bolalar  shoiri 

sifatida  tanitgan  she’rlaridan  biri „Ahmoq sichqoncha haqida 

ertak“dir. 

Bu ertakda shoir bolalar hayoti  va xarakteriga  mos bo‘lgan 

qiziqarli  sujet  topa olgan. Kimki o‘ziga  ortiqcha  oro bersa, 

oqibatini o‘ylamay ko‘r-ko‘rona  ish tutsa, o‘zidan  kattalarning 

pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda ko‘p narsa  yutqazadi, o‘z 

baxtini  qo‘ldan  boy beradi,  degan  fikr  ertakning  asosiy  g‘oyaviy 

mazmunini tashkil etadi. 

Kichkintoylarning otaxon shoiri S. Y. Marshak bu asarda turli 

hayvon va jonivorlar misolida ularning yashash sharoitlari, 

tovushlari, qolaversa yemak ovqatlari bilan ham yosh kitobxonlarni 

oshna qiladi. 

S. Y. Marshak „Yong‘in“, „Pochta“, „Musobaqalar doskasi“ 

asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta 

hissa qo‘shdi. 

S. Y. Marshak yaratgan juda ko‘p qahramonlarni o‘zi shaxsan 

tanigan, bilgan yoki eshitgan bo‘ladi, ba’zan esa gazeta material- 

lari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, 

hayotiy prototi pi mavjud. Jumladan,  student V. Burskiy („No- 

ma’lum qahramon haqida qissa“), Igor Chkalov („Qahramonning 

o‘g‘li“), Katya Budanova („Katya Budanova“), Seryoja Smirnov 

(„Sizning kitobingizni qanday nashr qiladilar?“) va boshqalar 

shunday qahramonlar sirasiga kiradi. Shoir „Noma’lum qahra- 

mon haqida qissa“ poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks 

ettirish bilan 30- yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahra- 



mon qiyofasini yaratish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. 

S. Y. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi 

bir-biriga mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, 

jasorat ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy, 

kamtarin, o‘zlarining qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari, erish- 

gan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manmanlikka berilmas- 

liklarini, oddiy hayotiy detal — o‘t ichida qolgan bir qizchaning 

hayotini saqlab qolgan bola misolida tasvir etadi. Bola, mana, ko‘rib 

qo‘yinglar, men jasorat ko‘rsatdim, deya ko‘kragiga urib maqtanish 

o‘rniga, tezgina odamlar orasiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bu 

qahramonni keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa 

olmaydi. 

Hozir ham o‘quvchilar o‘rtasida maktab jihozlarini asrab- 

avaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir 

o‘zining „Stol kelgan qayerdan?“ degan she’rida maktab jihozlari 

o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaganligini, buning uchun katta- 

larning qanchadan qancha vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini 

tushuntirib beradi. 

„Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va 

bilimdoni,“ — deb yozgan edi M. Gorkiy. Bunday yuksak maq- 

tovga S. Y. Marshak halol mehnati, kichkintoylarni astoydil sevishi, 

ardoqlashi sababli erishdi. 




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling