4-amaliy mashg‘ulot


Matn muharrirlari imkoniyatlari


Download 462.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana04.04.2023
Hajmi462.66 Kb.
#1323525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-amaliy QXM

 
Matn muharrirlari imkoniyatlari 


Deyarli hamma matn muharrirlari quyidagi masalalarni hal qilishga yordam 
beradi:

matn terish;

xatolarni tuzatish;

matnni formatlash;

matnni fayl ko‘rinishida saqlash;

hujjatni chop etish va hk. 
Barcha matn muharrirlari bajaradigan amallar: 

ko‘rsatkich(kursor)ni harakatlantirish,

belgilarni matn ustidan yoki matn orasiga yozish rejimlari bilan 
ishlash,

matnning ajratilgan qismi bilan ishlash,

matnda so‘zlarni qidirish va kerak bo‘lsa almashtirish,

muharrir ma’lumotnomasi qisqacha yordam. 
 
Matn elementlarini ajratish 
Matnning ixtiyoriy qismini ajratish: sichqonchaning chap tugmasini bosgan 
holda ajratiladigan matn qismi ustidan harakatlantiriladi. 
Satrni ajratish: sichqoncha ko‘rsatkichini sahifaning chap hoshiyasiga (matn 
va sahifa chap chegaralari orasi) 
ko‘rinishga aylanguncha keltirish va 
ajratiladigan satr ro‘parasida chap tugmasini bir marta bosish. 
Bir nechta satrni ajratish: sichqoncha ko‘rsatkichini sahifaning chap 
hoshiyadagi ajratiladigan satrlar ro‘parasi bo‘ylab chap tugmasini bosgan holda 
harakatlantirish. 
Matnni to‘la ajratish: dastur menyusining Правка bo‘limidagi Выделить 
всё buyrug‘ini tanlsh yoki klaviaturada Ctrl+A kombinatsiyani ishlatish. 
Bitta so‘zni ajratish: so‘z ustida sichqonchaning DubleClick hodisasini 
ishlatish. 
 
Ajratilgan matn elementlari ustida bajariladigan amallar 
O‘chirish: klaviaturadan Delete tugmasini bosish. 
Bufer 
xotirasiga 
qirqib 
olish
klaviaturadan 
Ctrl+X 
tugmalar 
kombinatsiyasini bosish; “Стандартная” nomli uskunalar panelidan qaychi 
tasvirini tanlash; Правка menyusidan Вырезать buyrug‘ini tanlash. 


Bufer xotirasiga nusxasini olish: klaviaturadan Ctrl+С tugmalar 
kombinatsiyasini bosish. 
Qidirish: klaviaturadan Ctrl+F tugmalar kombinatsiyasini bosish; Правка 
menyusidan Найти buyrug‘ini tanlash. 
Almashtirish: klaviaturadan Ctrl+Н tugmalar kombinatsiyasini bosish; 
Правка menyusidan Заменить buyrug‘ini tanlash. 
Shriftini o‘zgartirish: “Форматирование” nomli uskunalar panelidan shrift 
nomini va o‘lchamini tanlash; Формат menyusidan Шрифт buyrug‘ini tanlash. 
Ro‘yxat shakliga keltirish: “Форматирование” nomli uskunalar panelidan 
raqamli yoki markerli ro‘yxat tasvirini tanlash; Формат menyusidan Список 
buyrug‘ini tanlash. 
Sinonimini aniqlash: klaviaturadan Shift+F7 tugmalar kombinatsiyasini 
bosish; Сервис menyusining Язык nomli ichki menyusidan Тезаурус buyrug‘ini 
tanlash. 
Abzas kattaliklarini o‘zgartirish: Формат menyusidan Абзац buyrug‘ini 
tanlash. 
Bu amallarning barchasini kontekst menyu yordamida ham amalga oshirish 
mumkin. 
MS Word matn protsessori yoki Microsoft Word matn muharriri Windows 
OS muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi 
amaliy dasturlardan biridir. 
MS Word har xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar, Web-sahifalar tayyorlashda 
qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blanklar va anketalar, maqolalar 
xamda risolalar xam tayyorlash mumkin. 
Wordda hujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko‘plab shablonlar 
tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. 
Word WYSIWYG (nimani ko‘rsang shuni olasan, ya’ni ekranda qanday 
ko‘rinsa, chop etilganda qog‘ozda xam shundayligicha ko‘rinadi) turidagi 
muharrirlar guruxiga kiradi. 
Odatda Word matnli fayllarni o‘zining shaxsiy ikkilik formatida .doc 
kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli versiyasi RTF format 
(Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va 
boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan ham qo‘llash uchun 
qabul qilingan. RTF formati o‘zining matnli tuzilmasi bo‘yicha kompyuter 
viruslarini tarqatish nuqtayi nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Hozirda DOC 
formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo‘lib xizmat 


qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi versiyalari fayllarni gipermatnli (.html yoki 
.htm) hamda PDF-formatlarda ham saqlash imkoniyatiga ega. 

Download 462.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling